104
4. Asosiy vositalarni qayta baholash
5. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi:
6. Materiallarni sotib olish va tayyorlashni hisobga olish tartibi:
7. Ishlab chiqarishga berilgan materiallarni hisobdan o’chirish usullari:
har bir birligining tannarxi bo’yicha.
o’rtacha tannarx bo’yicha (AVECO).
moddiy ishlab chiqarish zahiralarining birinchi sotib olingan tannarxi bo’yicha
navbati bilan (FIFO)
8. Tovarlarni tayyorlash va omborga tashib keltirish sarflarini hisobga olish:
tovarlarni tayyorlash va tashib keltirish xarajatlari muomala sarflari tarkibida (9411
saqlash va tashish xarajatlari schyoti) «Transport xarajatlari» moddasi bo’yicha;
ombordagi tovarlar qoldigiga to’g’ri keladigan muomala sarflarining summasi
transport xarajatlarining o’rtacha foizi bo’yicha
9. Xarajatlarni va muomala sarflarini hisobga olish uslubi:
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini shakllantiradigan xarajatlarni hisobga olish
(2010, 2310, 2510) balans schyotlarida amalga oshiriladi.
to’liq bo’lmagan ishlab chiqarish tannarxi.
10. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash va hisobdan o’chirish tartibi.
11. Kelgusi davr xarajatlarini hisobdan o’chirish tartibi:
bir tekisda;
mahsulot hajmiga mutanosib ravishda.
12. Boshqaruv va tijorat sarflarini tan olish tartibi:
hisobot yilida ular to’liq tan olinadi.
sotilgan va sotilmagan tovarlar (mahsulotlar) o’rtasida taqsimlanadi.
13. Kelgusi davr sarflari va to’lovlari uchun rezervlar yaratish tartibi.
14. Foydani taqsimlash va ishlatishni hisobga olish variantlari:
korxona maxsus maqsadlar uchun mo’ljallangan fondlar tashkil qilmaydi.
sof foyda fondlarga taqsimlanadi.
Debitor va kreditor qarzlarni hisobdan o’chirish tartibi:
III. Hisob siyosatining soliqqa tortishga doir jihatlari.
1. Korxonada daromadni tan olish tartibi:
pul mablag’larining korxona hisob-kitob schyotiga yoki kassasiga kelish me’yoriga
qarab (kassa usuli)
haqiqatan mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va xaridorlarga hisob-kitob hujjatlarini
taqdim qilish me’yoriga qarab (hisoblash usuli)
2. Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)ga tortiladigan tovarlarni sotishda ishlatiladigan
moddiy resurslar bo’yicha QQSni alohida hisobga olish tartibi.
3. QQSni hisoblash uchun xarajatlarni alohida (ajratib) hisobga olish tartibi
IV. Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish) bilan tanishish tartibi:
105
Bunday tartibda test sinovi o’tkazish auditorga eng avvalo, hisob siyosatining
qaysi jihatlari to’liq yoritilmagan-ligi va qamrab olinmaganligi to’g’risida xulosa
qilishga yordam beradi.
Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobining u yoki bu usullarini
mustaqil ishlab chiqadigan bo’lsa, u holda auditor ularning buxgalteriya hisobiga
oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoida va talablarga mos kelishini tek-shirishi
lozim.
Hisob siyosatida ko’rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari xo’jalik
yurituvchi sub’ektning barcha tarkibiy bo’linmalarida qo’llaniladi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini
tasdiqlovchi auditorlik xulosasi hisob siyosati to’g’risidagi axborotlarga ham bir
xilda taalluqli bo’lishi lozim. Buxgalteriya hisobotiga berilgan tushuntirishlarning
korxonadagi haqiqatan foydalanilayotgan buxgalteriya hisobini yuritish usullariga
nomuvofiqligi aniqlanganida auditorlik hisobotining xotima qismida maxsus
izohlar berilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: