7-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug’ullanishi mumkin
hamda u:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa
qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
auditorlik tekshiruvi o’tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin
buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini
beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim
etishi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektning so’roviga binoan auditorlik tekshiruvini
o’tkazish bo’yicha qonun hujjatlarining talablari to’g’risidagi, auditorning
e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to’g’risidagi axborotni
taqdim etishi;
auditorlik
tekshiruvini
amalga
oshirishda
olingan
axborotning
maxfiyligiga rioya etishi;
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi
buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida
kamida besh yil saqlanishini ta’minlashi;
(7-moddaning birinchi qismi ettinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o’tishlarini
ta’minlashi;
auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning
respublika jamoat birlashmasi so’roviga ko’ra axborot taqdim etishi.
(7-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-sonli
Qonuni
asosida ettinchi—
to’qqizinchi xatboshilar bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda)
399
xo’jalik yurituvchi sub’ektga uning mansabdor shaxslari va boshqa
xodimlari zarar etkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda
bu haqda xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma’lum
qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda
auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda qatnashchilarning (aktsiyadorlarning) umumiy yig’ilishi
chaqirilishini talab qilishi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to’g’risida»gi Qonunining
72-moddasi
hamda «Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida»gi Qonunining
33-moddasiga
qarang.
(7-moddaning birinchi qismi o’ninchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuni
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta’minlashi shart.
(7-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli
Qonuniga
asosan o’n birinchi
xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |