Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

 

2.Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish 

  

 Ushbu  xarajatlar  guruhi  iqtisodiy  mazmuniga  ko’ra  mahsulot  (ish,  xizmat)lar 

tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi: 

1.

 



Ishlab  chiqarish  moddiy  xarajatlari  (qaytariladigan  chiqindilar  qiymati 

chegirilib tashlangan holda); 

2.

 

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari; 



3.

 

Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari; 




 

 

292 



4.

 

Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 



eskirishi; 

5.

 



Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.  

 Shuning  uchun  auditor  har  bir  xarajat  elementi  tarkibining  «Nizom»ga 

muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim.  

«Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari»elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan 

mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish 

va  xizmatlarni  ko’rsatish)da  zarur  tarkibiy  qism  hisoblangan,  chetdan  sotib 

olingan  xom-ashyo  va  materiallar,  butlovchi  buyumlar  va  yarim  tayyor 

mahsulotlar,  ish  va  xizmatlar  hamda  Nizomda  belgilangan  boshqa  xarajatlar 

kiradi. (1. 1. 1-1. 1. 10 bandlar) 

Auditor  qaytarib  olinadigan  chiqindilar  qiymati  va  idish  hamda  o’rash 

materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin 

bo’lgan  narxda  baholanib,  mahsulot  tannarxiga  kiritiladigan  moddiy  resurslar 

xarajatlaridan  chegirib  tashlanganligini  aniqlashi  zarur.  (1.  1.  11-band). 

Shuningdek, mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati 

ularni  sotib  olish  narxidan,  shu  jumladan  barter  kelishuvlarida,  qo’shimcha 

narx(ustama)dan,  ta’minlovchi,  tashqi  iqtisodiy  tashkilotlarga  to’lanadigan 

vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan 

brokerlik xizmatlari bilan birga, bojlar va yig’imlardan , yuklash-tushirish hamda 

tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan 

saqlash  va  etkazib  berishga  haq  to’lashdan  kelib  chiqib  shakllanishini  ham 

nazarda tutishi zarur(1. 1. 12-band).  

Bulardan  tashqari  auditor  mahsulot(ish,  xizmat)lar  tannarxiga  olib  borilgan 

moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Tovar-

moddiy  zahiralar»nomli  BHMSga  muvofiq  har  bir  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt 

materiallarni  baholash  usullaridan  (FIFO,  AVECO)birini  tanlaydi  va  hisob 

yuritish siyosatida aks ettiradi.  




 

 

293 



Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari. Bu element 

bo’yicha xarajatlar ro’yxati «Xarajatlar tarkibi . . . to’g’risidagi Nizom»da batafsil 

berilgan.  

Mahsulot  (ish,  xizmat)  lar  tannarxining  mazkur  elementini  tekshirishda 

aniqlanadigan asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga 

rioya  qilmaslikdir.  Auditor  ish  haqi  hisoblashga  doir  dastlabki  hujjatlar  (ish 

vaqtini  hisobga  olish  tabeli,  ishbay  ishlar  uchun  naryadlar,  hisoblashuv-to’lov 

vedomostlari)ni  tekshirish  chog’ida  boshqa  faoliyat  turlari  (qurilish,  madaniy-

maishiy  va  sh.  o’)da  band  bo’lgan  xodimlarning  mehnatiga  haq  to’lash 

xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilish 

faktlarini  aniqlashi  kerak.  Bunga  6710-«Mehnat  haqi  bo’yicha  xodimlar  bilan 

hisob-kitoblar»va  6720-«Deponentlangan  mehnat  haqi»  schyotlarining  krediti 

bo’yicha  ma’lumotlarning  ishlab  chiqarishga  olib  borilgan  qismini,  yig’ma 

mehnat  haqi  vedomostining  uni  hisoblash  qismi  bo’yicha  jami  ko’rsatkichlari 

bilan  solishtirish  orqali  erishiladi.  Qoidaga  ko’ra,  yig’ma  vedomostning  jami 

ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oladigan schyotlarning debeti 

bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim.  

«Ishlab  chiqarishga  taalluqli  ijtimoiy  sug’urta  ajratmalari».  Bu  elementga 

byudjetdan  tashqari  majburiy  fondlarga  qonunchilik  bilan  belgilangan 

me’yorlarga  muvofiq  ajratiladigan  to’lovlar  kiradi.  Masalan,  mehnat  haqi 

fondidan sug’urta fondiga majburiy ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, 

ixtiyoriy  tibbiy  sug’urta  va  sug’urtaning  boshqa  turlariga  ajratmalar,  bandlik 

xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday ajratmalarning mahsulot (ish, 

xizmat) lar tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan tashqari fondlarga 

to’lanadigan  badallarni  hisoblab  chiqarish  manbalarining  mehnat  haqi  fondining 

o’zini  hisoblab  chiqarish  manbasiga  bevosita  bog’liq  ekanligiga  e’tibor  berish 

zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash 

manbasi  ham  shunday  bo’ladi,  bu  esa  yoxud  tannarx,  yoxud  korxonaning  o’z 

xususiy  mablag’lari  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  tekshiruv  jarayonida  auditor 

asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan ishlovchiga bergan 20000 so’mlik moddiy 




 

 

294 



rag’batlantirish  summasi  hamda  shu  summaga  nisbatan  hisoblangan  byudjetdan 

tashqari  fondlarga  to’lovlar  summalari(ijtimoiy  sug’urta  fondiga  37,  3%-  7460 

so’m,  bandlik  xizmatiga  1,  5%  -  300  so’m)  ham  mahsulot  tannarxiga  olib 

borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 20000 s , Dt 2010 Kt 6510 - 7460 so’m, Dt 2010 Kt 

6520  -  300  so’m).  Auditor  ushbu  xo’jalik  muomalalari  bo’yicha  tuzilgan 

schyotlar korrespondentsiyasini noto’g’ri deb topib, jami 27760 so’mga mahsulot 

tannarxi  asossiz  oshirilgan  va  natijada  soliqqa  tortiladigan  baza  shu  summaga 

kamaytirilganligini isbotladi.  

Moddiy rag’batlantirish summasi ( 20000 s) va u bo’yicha hisoblangan barcha 

ajratmalar  (7760  s)  mahsulot  tannarxiga  qo’shilmasdan,  korxonaning  o’z 

mablag’lari  ya’ni  moddiy  rag’batlantirish  uchun  ajratilgan  fond  hisobidan 

qoplanishi kerak.  

Ishlab  chiqarish  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  asosiy  vositalar  va  nomoddiy 

aktivlar  eskirishi.  Ushbu  element  bo’yicha  xarajatlar  tarkibiga  asosiy  ishlab 

chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham 

qo’shgan  holda  dastlabki  (tiklash)  qiymatiga  nisbatan  belgilangan  tartibda 

tasdiqlangan  me’yorlar,  jadallashtirilgan  amortizatsiyani  ham  qo’shib, 

hisoblangan amortizatsiya ajratmalari (hisoblangan eskirish) summalari kiradi.  

Ta’kidlash  joiz-ki,  №5  -«Asosiy  vositalar»nomli  BHMSga  muvofiq  asosiy 

vositalarga amortizatsiya hisoblashning quyidagi usullari tavsiya qilinadi: 




Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish