Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

16-BOB.

 

 TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR AUDITI 

 

      1. Auditning maqsadi, vazifalari, ma’lumot manbalari va o’tkazish 

tartibi  

Tovar-moddiy  zahiralarini  auditorlik  tekshiruvidan  o’tkazishning  maqsadi-

ularning  saqlanishi,  tejamli  va  oqilona  ishlatilishi,  hisobga  olishning  to’g’ri 

tashkil  etilishini  aniqlashdan  iborat.  Shuningdek,  hisobot  ko’rsatkichlarining 

ishonchliligini  va  tovar-moddiy  zahiralar  bilan  bog’liq  muomalalar  hisobi  va 

soliqqa  tortish  uslubining  O’zbekiston  Respublikasida  amal  qilayotgan 

qonunchilik  hamda  me’yoriy  hujjatlarga  muvofiqligini  aniqlash  lozim.  Ushbu 

maqsadga  muomalalar  mohiyatini,  hamda  nazorat  tuzulmasi  va  buxgalteriya 

hisobi  tizimini  tekshiruvdan  o’tkazish  va  risklarni  baholash  orqali  erishiladi. 

Zahiralarni  tekshirish,  ular  hajmi  katta  bo’lgan  korxonalarda  auditning  asosiy 

qismi deb qaraladi.  

Tovar-moddiy  zahiralar  bo’yicha  hisobot  ko’rsatkichlarining  haqqoniyligini 

tekshirishda  boshqa  audit  ob’ektlaridagi  kabi,  dastavval,  balansning  «Ishlab 

chiqarish  zahiralari»(120-satr),  «Tugallanmagan  ishlab  chiqarish  (130-satr)», 

«Tayyor  mahsulot»(140-satr),  «Sotish  uchun  olingan  tovarlar»(150-satr)  degan 

moddalari,  Bosh  daftar,  jurnal-orderlar  va  boshqa  hisob  registrlari  orasidagi 

tenglikni  aniqlash  zarur.  Shu  bilan  birga,  sintetik  va  analitik  hisob 

ma’lumotlarining  muvofiqligiga  ishonch  hosil  qilishi  muhimdir.  Moddiy 

boyliklarni  ishlab  chiqarish  xarajatlariga  olib  borish  va  ularning  baholarini 

tekshirish, ishlab chiqarishga sarflash me’yorlari va boshqalarni tekshirish zarur. 

Mol  etkazib beruvchilar  va  pudratchilarga  da’vo  qo’zg’atishning o’z  vaqtidaligi 

va to’g’riligi hamda yo’ldagi (korxonaga etib kelmagan) materiallar qoldig’ining 

haqqoniyligini ham tekshirish kerak.  

Yo’ldagi  moddiy  boyliklarni  tekshirishning  vazifalari:  yo’ldagi  moddiy 

boyliklar  sifatida  hisobda  turgan  har  bir  jo’natishning  asosliligini  aniqlash, 

yuklarni  etkazib  berishi  muddatlarining  o’tib  ketmaganligini  aniqlash,  xo’jalik 

tomonidan yuklarni qidiruv choralarining ko’rilishini aniqlash, bosh buxgalter va 



 

 

266 



ta’minot xodimlari tomonidan yo’ldagi moddiy boyliklarni hisobga olish ustidan 

nazorat  o’rnatilishi  kabilarini  aniqlashdan  iborat.  Bulardan  tashqari  hisob 

ma’lumotlarining haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga mos kelishi va tovar 

mahsulotlar  ishlab  chiqarish  to’g’risidagi  hisobotlarda  qo’shib  yozish  faktlari 

aniqlanadi.  

Tekshiruv jarayonida auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: 

*

 

 zahiralarning haqiqatda mavjudligi; 



*

 

 zahiralar  bilan  bog’liq  barcha  muomalalarning  buxgalteriya  hisobi 



schyotlarida to’liq va to’g’ri aks ettirilganligi; 

*

 



 barcha  zahiralar  korxona  mulki  ekanligi  ya’ni  ularga  mulkiy  huquq 

mavjudligi, qarz sifatida aks ettirilgan summalar esa majburiyat ekanligi; 

*

 

 zahiralarni va ular bilan bog’liq majburiyatlarni baholashning to’g’riligi; 



*

 

 tovar-moddiy  zahiralarni  hisobga  olish  tamoyillari  to’g’ri  tanlanilganligi 



va qo’llanilishining to’g’riligi.  

Tovar-moddiy  zahiralarni  tekshirishda  quyidagi  ma’lumot  manbalaridan 

foydalaniladi: 

 



Moddiy  boyliklarni  qabul  qilish,  hisobga  olish,  saqlash  va  berishga 

aloqador me’yoriy hujjatlar.  

 

Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq.  



 

Tovar  -  moddiy  zahiralar  bilan  bog’liq  muomalalarni  rasmiylashtirishga 



doir dastlabki hujjatlar.  

 



Tashkiliy-huquqiy hujjatlar va materiallar.  

 



Tovar-moddiy  zahiralarni  hisobga  olishga  doir  buxgalteriya  hisobi 

registrlari va buxgalteriya hisobotlari.  

Auditor  tekshiruvga  kirishish  chog’ida  tekshiruvning  ushbu  sohasi  bo’yicha 

tanlangan  hisob  yuritish  usullari  va  uslublari  to’g’risida  axborotga  ega  bo’lishi 

lozim. №4-«Tovar-moddiy zahira-lar» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti 

talablariga  muvofiq  korxonaning  hisob  yuritish  siyosati  to’g’risidagi  buyrug’ida 




 

 

267 



tovar-moddiy boyliklarni hisobga olishning uslubiy jihatlari, xususan quyidagilar 

haqidagi axborotlar aks ettirilishi lozim: 

*

 

 asosiy vositalar bilan inventar va xo’jalik ashyolari o’rtasidagi chegaralar; 



*

 

tovar-moddiy boyliklarni sotib olish (tayyorlash)ni hisobga olish; 



*

 

 tovar-moddiy  boyliklarni  ularning  turlari  bo’yicha  hisobdan  o’chirish 



chog’ida baholash usullari.  

Mijoz-korxona rahbariyati, u yoki bu hisob yuritish tamoili moliyaviy natijaga 

ta’sir  qilishini  bilsada,  hisob  siyosatiga  kiritilgan  ma’lumotlarning  zarurligiga 

ko’p  hollarda  etarli  ahamiyat  bermaydi.  Mana  shuning  oqibatida  har  xil 

qoidabuzarliklar  kelib  chiqadi.  Ulardan  eng  ko’p  tarqalgani  tanlangan  hisob 

yuritish  usullariga  yoki  ularni  qo’llashda  izchillikka  rioya  qilinmasligi 

hisoblanadi.  

Tovar-moddiy  zahiralarni  hisobga  olishda  qo’llaniladigan  dastlabki  hujjatlar 

shakllari  korxonadagi  moddiy  qiymatliklarning  turlari  va  guruhlariga  bog’liq. 

Qo’llaniladigan  dastlabki  hujjatlarda  barcha  zarur  rekvizitlar  bo’lishi  shart. 

Bunday  dastlabki  hujjatlarga  quyidagilar  kiradi:  moddiy  qiymatliklarni  olish 

uchun  ishonchnomalar,  kirim  orderlari,  materiallar,  inventar  va  xo’jalik 

ashyolarini  kirimga  olish  va  hisobdan  o’chirish  dalolatnomalari,  limit-zabor 

kartalari,  talabnoma-nakladnoylar,  tovar-transport  nakladnoylari,  ombor  hisobi 

kartochkalari yoki daftari.  

Tashkiliy-huquqiy  hujjatlar  va  boshqa  ma’lumot  manbalariga  quyidagilar 

kiradi: 

*

 



 korxona  rahbarining  buyrug’i  (yoki  farmoyishi)  direktor  kengashi 

majlisining  bayonnomalari,  ta’sischilar  va  boshqa  komissiyalar  yig’ilish 

qarorlari.  Agar  korxona  ustav  kapitalining  miqdorini  shakllantirish  yoki 

o’zgartirish chog’ida ulush sifatida materiallar, inventar va xo’jalik ashyolari, 

tovarlar  qo’shilgan  bo’lsa,  shuningdek  agar  dividendlar  yoki  daromadlar 

moddiy qiymatliklar bilan to’lansa ushbu hujjatlarni o’rganish auditor uchun 

o’ta muhim ahamiyat kasb etadi; 

*

 



 korxonada o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlari o’tgan yillardagi hisobotlari; 


 

 

268 



*

 

 tovarlar,  materiallar,  xom  ashyolar  va  hokazolarni  etkazib  berish 



shartnomalari; 

*

 



 moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomalar.  

Auditorning  korxona  xodimlari  bilan  rahbariyat  tarkibidagi,  buxgalteriya 

hisobi  va  ichki  nazorat  tizimidagi  o’zgarishlar  to’g’risidagi  suhbatlari  tekshiruv 

uchun  zarur  qo’shimcha  axborotlar  berishi  mumkin.  Bunday  o’zgarishlarning 

natijalari ishchi hujjatlarda rasmiylashtirilgan bo’lishi lozim.  

Tovar-moddiy 

zahiralar 

bilan 


bog’liq 

muomalalarni 

tekshirishda 

foydalaniladigan  axborotlar  korxonaning  buxgalteriya  hisobotlari  va  hisob 

registrlarida  aks  ettiriladi.  Bulardan  «Buxgalteriya  balansi»  (1-shakl)da  -  tovar-

moddiy  zahiralar  to’g’risidagi  ma’lumotlar  balans  aktivining  II-«Aylanma 

mablag’lar» bo’limida joylashgan «Ishlab chiqarish zahiralari»moddasi (120 satr) 

va  «tugallanmagan  ishlab  chiqarish»  (130-satr)  moddalarining  ma’lumotlari 

tekshiriladi.  

Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir buxgalteriya registrlari xilma-

xil bo’lishi mumkin. Ular korxonada qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakli 

va  usullariga,  hamda  mavjud  tovar-moddiy  zahiralarning  turlari  va  guruhlariga 

bog’liq. Ammo, har qanday holatda ham auditor 1010-1090, 1080, 1510 va 1610 

schyotlar  bo’yicha  analitik  va  sintetik  hisob  registrlarini,    qoldiq  vedomostlari, 

omborxona  hisobi  kartochkalari,  daftarlar,  inventarizatsiya  materiallarini  hamda 

tugallanmagan  ishlab  chiqarishlar  (2010,  2110,  2310-schetlar)  bo’yicha  hisob 

registrlarini tahlil qilib chiqishi lozim.  

 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish