Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/210
Sana27.01.2022
Hajmi2,15 Mb.
#412519
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   210
Bog'liq
@mustaqilishlar Audit 2014 (Sh.Fayziyev)

Mualliflik  huquqlari

  bu  fan,  adabiyot  yoki  san’at  asarlarini  nashr  qilish, 

ommaviy ijro etish yoki boshqacha tarzda foydalanish uchun maxsus beriladigan 

huquqdir. Muallifga shaxsan mulkiy va mulkiy bo’lmagan huquqlar biriktiriladi. 




 

 

239 



Muallifning hayotligida yoki o’limidan so’ng begona qilinmaydigan yoki boshqa 

birovga o’tkazilmaydigan mualliflik huquqi muhim nomulkiy huquq hisoblanadi.  

Mualliflik  mulkiy  huquqi  asarlardan  foydalanish  va  boshqa  shaxslarga 

o’tkazish,  shuningdek,  avloddan-avlodga  o’tkazishda  unga  tegishli  maxsus 

huquqqa asoslanadi.  

Mualliflik  huquqi  fan,  adabiyot  yoki  san’at  asarlarining  yaratilishi  bilan 

vujudga keladi va uni himoyalash sud orqali amalga oshiriladi.  

Shunday  qilib,  sanoat,  intellektual  mulklar  auditining  boshqa  aktivlar 

auditidan farq qiluvchi tavsiflovchi xususiyatlari ob’ektlarni ekspertiza qilish va 

ulardan  kelib  chiqadigan  huquqlarni  tahlil  qilishdan  iboratdir.  Shuning  uchun 

ushbu  ob’ektlar  auditida  bu  ob’ektlarga  egalik  huquqini  tasdiqlovchi  hujjatlarni 

texnik tahlil qilish zarur. Buning uchun sanoat va intellektual mulk ob’ektlaridan 

foydalanishni  yuridik  rasmiylashtirish  va  huquqiy  muhofaza  qilish  sohasida 

ishlaydigan,  patent  bilan  ishonch  bildirilgan  mutaxassislarni  konsul’tant  sifatida 

jalb etish kerak.  

Avval  aytib  o’tilganidek,  bulardan  tashqari,  nomoddiy  aktivlarga  er 

uchastkalari va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ilmiy-tadqiqot va tajriba - 

konstruktorlik  ishlari  uchun  qilingan  uzoq  muddatli  xarajatlar  va  firmaning 

amaliy  shuhrati  (mavqeyi)  kiradi.  Er  uchastkalari  va  boshqa  tabiiy  resurslardan 

foydalanish  huquqlari  ular  egalarining  tegishli  ravishda  xo’jalik  faoliyati  uchun 

yoki  boshqa  maqsadda  foydalanishga  alohida  huquqqa  egaligini  nazarda  tutadi. 

Shuni  nazarda  tutish  kerakki,  erdan  foydalanish  huquqiga  egalik  mazkur  er 

uchastkasining  mulk  qilib  olinishini  bildirmaydi.  Korxona  ushbu  erdan  sotish 

huquqiga ega bo’lmasdan foydalanishi mumkin.  

Ilmiy  tadqiqot  va  tajriba  -  konstruktorlik  ishlanmalari  u  yoki  bu  muayyan 

amaliy  maqsad  yoki  qo’llash  sohasiga  tegishli  bo’lmasdan  butkul  bilimlarni 

oshirishga  ko’maklashadigan,  asosan  ilmiy  -  tadqiqotlar  natijasida  olingan 

bilimlardan  foydalanish  uchun  yo’naltirilgan  amaliy  tadqiqotlar:  muayyan 

buyumlar  yoki  jarayonlar  sifatini  yaxshilash,  joriy  qilish  uchun  o’tkaziladigan 

tajriba - konstruktorlik ishlari.  




 

 

240 



Nomoddiy aktivlar haqidagi ma’lumotlarni balansda aks ettirish borasida har 

xil  mamlakatlarda  turlicha  yondoshuvlar  mavjud,  shuningdek  bir  xil 

iqtisodchilarning o’zlarida bu mablag’larga nisbatan qarama-qarshi tushunchalar 

uchraydi.  Milliy  va  xalqaro  standartlarda  ko’rsatilishicha,  u  yoki  bu  birliklarni 

balans aktiviga qo’shish shunday hollarda bo’lish mumkinki, agar u to’g’risidagi 

ma’lumotlar  ishonchli  va  uning  pulda  baholanishi  asoslangan  bo’lsa,  agar  shu 

birlikdan iqtisodiy resurslar yoki iqtisodiy foyda olish ehtimoli mavjud bo’lsa.  


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish