Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

2.Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish 
 
Boshqa auditor - asosiy auditor tomonidan tekshiriladigan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotiga kiritiladigan bo’linmaning moliyaviy 
axborotini tekshiradigan va mazkur axborotga doir hisobotni tuzganlik uchun 
javobgar bo’ladigan auditor; 
asosiy auditor - moliyaviy hisobot boshqa auditor tomonidan tekshirilgan 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning bir yoki undan ortiq bo’linmalari bo’yicha 
moliyaviy axborotni o’z ichiga olgan hollarda, xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
moliyaviy hisoboti bo’yicha auditorlik xulosasini tuzganlik uchun javobgar 
bo’ladigan auditor; 
bo’linma - faoliyati to’g’risidagi moliyaviy axborot asosiy auditor 
tomonidan tekshiriladigan moliyaviy hisobotga kiritiladigan bo’lim, filial, shu’ba 
korxonasi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ekt. 
Quyidagi omillar ta’siri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati 
tug’iladi: 
asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan 
bo’linma moliyaviy axborotining hajmi; 
asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi; 


142 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib 
ko’rsatishlar xatari. 
Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni 
rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy 
bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor: 
taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi; 
boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil 
qilishi; 
bo’linma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor 
bilan suhbat o’tkazishi kerak. 
Asosiy auditor o’zining boshqa auditor bilimdonligiga tegishli xulosalari 
haqida ma’lumotnoma tuzadi, unga oid ma’lumotlar bilan birga u ish hujjatlariga 
qo’shiladi. 
Asosiy auditor boshqa auditorni quyidagilardan xabardor qiladi: 
a) auditorlik tekshiruvi chog’ida uning mustaqilligi haqida va bu haqda 
yozma majburiyat oladi; 
b) boshqa auditor hisobotini tuzish hamda auditorlik tekshiruvi chog’ida 
ularning harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha tegishli taomillarni o’tkazish 
tartibi haqida. Asosiy auditor boshqa auditorni alohida e’tibor talab etiladigan 
masalalar, shuningdek auditorlik tekshiruvi vaqtining tugashi haqida xabardor 
qilishi lozim.
Asosiy auditor quyidagi taomillarni bajarishi shart: 
a) boshqa auditor bilan qo’llaniladigan auditorlik taomillarini muhokama 
qilish; 
b) boshqa auditorning reja va dasturini ko’rib chiqish va tasdiqlash; 
v) boshqa auditorning ish hujjatlarini ko’rib chiqish; 
g) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) ma’muriyati bilan 
boshqa auditor tekshiruvi natijalarining muhokamasida ishtirok etish; 


143 
d) xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotini 
qo’shimcha tekshiruvdan o’tkazish yo’li bilan boshqa auditor ishining sifatini 
nazorat qilish. 
Boshqa auditor asosiy auditorga ma’lum bo’lgan hamda boshqa auditor 
tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy axborotni to’g’rilash va oshkor etishni 
talab etadigan boshqa bo’linmalarning bitim hamda operatsiyalariga taalluqli 
so’rovlar qilishi mumkin. 
Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) 
moliyaviy axboroti tekshiruvining borishi haqida asosiy auditorni muntazam 
xabardor qilib turadi. 
Asosiy auditorga boshqa auditorning so’rovnomasi yozma shaklda bayon 
etilishi, sana qo’yilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim.
So’rovnomada asosiy auditor boshqa auditorga javob qaytarishi kerak 
bo’lgan muddat ko’rsatiladi. 
Asosiy auditor boshqa auditordan so’rovnoma olgan taqdirda boshqa 
auditorning so’rovnomasida ko’rsatilgan muddatni hisobga olgan holda yozma 
shaklda javob yo’llashi lozim.
Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bo’lishi lozim.
Asosiy auditorning maktubiga sana qo’yilishi va boshqa auditorga tilxat 
orqali berilishi lozim.
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi 
auditorlik hisobotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) 
moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa auditorning hisobotiga kiritilgan axborotlar 
ham qo’shiladi. 
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi 
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini boshqa auditor ham imzolaydi. 
Boshqa auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) 
moliyaviy hisobotiga taalluqli o’z hisobotining haqiqiyligi uchun javobgar 
bo’ladi. 


144 
Agar asosiy auditor boshqa auditorning ishidan foydalanib bo’lmaydi degan 
xulosaga kelgan bo’lsa, asosiy auditorning o’zi esa boshqa auditor tomonidan 
tekshirilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy 
hisobotiga taalluqli qo’shimcha taomillarni bajara olmasa, u auditorlik tekshiruvi 
hajmining cheklanganligi tufayli belgilangan tartibda auditorlik xulosasini 
tuzishdan voz kechadi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish