Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

Birinchidan,
ichki audit faoliyati bilan bugungi kunda foydalanish 
imkoniyati belgilangan. Shuningdek, etarlicha baholanmagan manbalardan biri 
hisoblanib, uning to’g’ri ishlatilishi korxona samaradorligini oshirishi mumkin. 
Ikkinchidan,
AQSh va G’arbiy Evropadagi bir qator yirik korporativ 
boshqaruvdagi korxonalar tashqi audit faoliyati bo’yicha jiddiy kamchiliklarga 
ega ekanligi, uning natijasida hatto eng yirik firmalarning ham bankrotlik 
holatlari kuzatilgan.
Uchinchidan,
kompaniyada yaxshi korporativ boshqaruvning, uning 
ajralmas bo’g’ini sifatida ichki auditning mavjudligi, investor va kreditor uchun 
ijobiy belgi bo’lib, kompaniyaning investitsiyasini o’ziga jalb etish imkoniyatini 
oshiradi.
Avvalambor, 
bunga 
xususiy 
mulk 
egalari 
va 
menejmentning 
kompaniyadagi aktivlarining salmoqli ravishda tejalishiga olib keladigan biznes 
jarayonning tizimini boshqarish va tashkil etishni tartibga solish hoxishi ham 
kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, ichki auditning mavjudligi xususiy mulk boshqaruvchilari 
uchun zarurdir. Sababi, ular firmadagi ish yurituvidan bevosita uzoqlashadilar, 
boshqaruv funtsiyalarini professional menejerlar qo’liga berishadi. Va oxir oqibat 
kapitalning xalqaro bozorlarga qisqa yoki o’rtacha muddatlarda chiqish rejalarini 
yaratish zarurligini uqtiradi. Xususan, eng katta fond birjalarining qonun-
qoidalari kompaniyada ichki auditning mavjudligi talab etiladi va ularni qimmatli 
qog’ozlar bozoriga chiqish uchun zarur bo’lib, ularga shart sharoit yaratib beradi.
Xususan, mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishga katta 
e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.09.2006 y. N 
PQ-475 son «Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab aktivlarining 
balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ko’proq bo’lgan korxonalarda kuzatuvchi 
kengashlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit 
xizmatlari tashkil etildi. Bu esa o’z navbatida yirik korxonalar va aktsiyadorlik 


170 
jamiyatlarining moliyaviy xo’jalik faoliyatini, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
o’z vaqtida va me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishida, ichki nazoratni 
kuchayishiga, korxonaning bankrotlik holatidan qutqarishga xizmat qiladi.
Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215 sonli 
Qaroriga 2-ilova “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom” ishlab 
chiqilgan bo’lib, unda umumiy qoidalar, ichki audit xizmatining asosiy vazifalari 
va funktsiyalari, ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari, ichki audit 
xizmatiga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining mustaqilligi va uni 
o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan talablar, ichki 
audit xizmatining javobgarligi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra;
Ichki audit
deb korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy 
bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga; ta’sis 
hujjatlariga va ichki hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib 
borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishni to’liqliligi va 
ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning 
belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarining saqlanishi hamda korporativ 
boshqarish tamoyillari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining 
(ichki audit xizmati) faoliyati.
1
Ichki audit xizmati
- korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil 
etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi. 
Ichki audit faoliyati mamlakatimizga 2007 yildan boshlab joriy etilgan 
bo’lsada, uning mazmun mohiyati iqtisodchi olimlarimiz tomonidan ilgariroq 
o’rganilgan. Ya’ni ichki audit tushunchasi va mohiyati yuzasidan bir qancha 
iqtisodchi olimlar o’z fikr mulohazalarini ilmiy izlanishlarida bildirib o’tgan.
AQShdagi ichki auditorlar institutining ta’rifiga ko’ra 
ichki audit

iqtisodiy sub’ektda shakllantirilgan, uning mulkdorlari manfaatlarini himoya 
1
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori bo’yicha “Korxonalardagi ichki audit xizmati 
to’g’risida NIZOM”


171 
qiladigan va uning ichki hujjatlari tizimini tartibga soladigan, buxgalteriya hisobi 
yuritish o’rnatilgan tartibining bajarilishi ustidan nazorat tizimini yaratish va 
ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishining mustahkamlaydigan tizimdir.
Ichki audit
deb korxonaning kuzatuv kengashiga bo’ysunadigan, ularni 
doimo axborot bilan ta’minlab turadigan, moliyaviy hisobotlar ustidan doimiy 
nazorat olib boradigan, korxonaning boshqarishda qabul qilinadigan iqtisodiy 
qarorlar chiqarishda o’z hissasini qo’shadigan faoliyatga aytiladi.
Ichki audit xizmati deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ijroiya organi, 
vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlari va 
boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda 
ma’lumotlarning to’liq hamda to’g’ri aks ettirilishi ta’minlanishini, xo’jalik 
operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga 
rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish 
yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va 
bu borada monitoring olib borish orqali xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ijroiya 
organi, vakolatxonalari va filiallari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
Ichki audit xizmati o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan NIZOMga muvofiq 
amalga oshiradi.
Mustaqillik- ushbu holatda ichki audit tashkiliy mazmunga ega bo’lib, 
bunda kompaniyaning ijro organiga ichki audit xizmatining bo’ysinish darajasi 
bilan aniqlanadi.
Ob’ektivlik deganda – ichki auditor korxonaning faoliyatini baholash va 
qarorlar qabul qilishda xolisligi tushuniladi. 
Tashkilot faoliyatini rivojlantirish, ta’kidlab o’tish kerakki, tashkilot 
ishidagi kamchiliklar va tavakkalchilikni ko’ra bilish va baholash, tizim va 
jarayonlarni samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar berish. 


172 
Ichki audit xizmatining maqsadi tashqi auditorlik faoliyatidan farqli 
o’laroq, ular korxonaning moliyaviy xo’jalik faoliyatini doimiy nazorat qilish 
maqsadida oldiga bir qancha maqsadlarni qo’yadi: 
-
Aktivlar holatining nazorati;

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish