Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

Ushbu inventarizatsiya 
ro’yxatida qayd qilingan barcha moddiy boyliklarni komissiya mening 
ishtiroqimda aslidan tekshirdi va ro’yxatga kiritdi, bu borada inventarizatsiya 
komissiyasiga e’tirozim yo’q. Ro’yxatda qayd qilingan barcha boyliklar mening 
javobgarligimda saqlanmoqda» 
Auditor hisobot yilining oxirgi yoki yangi yilning dastlabki kunlarida 
tekshirilayotgan korxona xodimlari tomonidan o’tkazilayotgan inventarizatsiyada 
qatnashishi mumkin. Biroq, inventarizatsiya ma’lum bir sana oralig’ida 
o’tkazilgan bo’lsa, auditor inventarizatsiya o’tkazilgan paytdan hisobot 
sanasigacha o’tgan davrda zahiralarning kirimi va chiqimini ko’zdan kechirib 
chiqishi zarur. Bu holda nakladnoylar, schyot-fakturalar, bojxona deklaratsiyalari 
va shunga o’xshash hujjatlar hisob ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Ishlab chiqarish zahiralari bir necha omborlarda saqlanishi mumkin. Bu holda 
kamomadni yopish maqsadida zahiralarni bir ombordan ikkinchisga o’tkazib 
qo’yishning oldini olish uchun inventarizatsiyani barcha omborlarda bir vaqtning 
o’zida o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Agar qandaydir sabablarga ko’ra bunday 
qilishning imkoni bo’lmasa, auditor birinchi omborda inventarizatsiya boshlangan 
paytdan boshlab, u oxirgi omborda tugagunga qadar vaqt oralig’ida zahiralarning 
bo’linmalar (omborlar) o’rtasida biri-biriga o’tishini ko’zdan kechirib chiqishi 
zarur.
Agar barcha omborlarni bir vaqtning o’zida inventarizatsiyadan o’tkazish 
imkoni bo’lmasa, ularning hammasini muhrlab qo’yib, so’ngra birma-bir 
inventarizatsiya qilish va natijalarini rasmiylashtirish mumkin.
Inventarizatsiya o’tkazish chog’ida auditorda zahiralar to’g’risida dalil-
isbotlar olishda, texnologik jarayonlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan 
murakkabliklar yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun ayrim hollarda 
mutaxassislar maslahatiga zarurat seziladi.


284 
Shuningdek, zahiralarning miqdorini aniqlash bilan bog’liq dalil-isbotlarni 
olishda ham murakkabliklar vujudga kelishi mumkin. Ular quyidagi shart-
sharoitlardan kelib chiqadi: 
a) tanlash usulining qo’llanilishi. Ma’lumki, bitta tekshiruv doirasida barcha 
zahiralarni yoppasiga tekshirishning imkoni yo’q, ammo zahiralar to’g’risidagi 
hisob yozuvlari ularning haqiqatdagi qoldiqlariga yaqqol mos kelmagan hollarda 
barcha tovar-moddiy zahiralar tekshiruvdan o’tkazilishi zarur; 
b) auditorning zahiralar saqlanadigan barcha joylarda bir vaqtning o’zida 
ishtirok eta olmasligi; 
v) nazorat amallarining xususiyatlari - takroran hisobga olish, tasodifan yoki 
ataylab hisobga olinmagan qiymatliklar yo’qligiga ishonch hosil qilish zarur. 
Nazorat uchun o’tkazilgan tekshiruvlar qiymatliklarni jamlash to’g’ri amalga 
oshirilganligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi; 
g) inventarizatsiya qilinadigan qiymatliklarning xususiyatlari (masalan, 
fermalarda pichan g’arami, elevatordagi don uyumi va h. k. ). Bunday hollarda 
auditor maxsus o’lchash, baholash usullaridan foydalanib, bu vaqtda 
zahiralarning bir qismi o’lchanadi va so’ngra ularning umumiy miqdori 
aniqlanadi.
Bunday tekshiruv natijalarining to’g’riligi ularni buxgalteriya hisobi va ombor 
hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Ayrim turdagi zahiralar mavjudligini oddiy hisob-kitob yo’li bilan tekshirish 
mumkin emas. Masalan, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz kechadigan - qayta 
ishlash, sanoat ishlab chiqarishi kabilarda. Bunday holda auditor ichki nazorat 
amallariga tayanishi, hamda bunday moddiy qiymatliklarni inventarizatsiya qilish 
uchun mijoz ruxsati bilan ekspertlar jalb qilishi mumkin.
Ayrim hollarda bir qator sabablarga ko’ra inventarizatsiya o’tkazish imkoni 
bo’lmaydi. Masalan, audit o’tkazish uchun shartnoma tuzish paytiga, yil oxirida 
mijoz tomonidan inventarizatsiya o’tkazib qo’yilgan va uni takroran o’tkazishdan 
bosh tortsa yoki inventarizatsiya o’tkazish juda qimmat bo’lgan hollarda. Bu 


285 
holda auditor matematik metodlarni qo’llashi mumkin. Ular ma’lum darajadagi 
ehtimol bilan zahiralar miqdorini baholashga imkon beradi. Shunday holat yuzaga 
kelishi mumkinki, mijoz yoppasiga inventarizatsiya o’tkazishni istaydi, ammo 
auditorning iltimosiga ko’ra tovar-moddiy zahiralarning bir qismi inventarizatsiya 
qilinadi.
Inventarizatsiya ishlari yakunlanib, tegishli tarzda rasmiylashtirilgandan so’ng 
inventarizatsiya ma’lumotlari bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari taqqoslanib, 
tafovutlar aniqlanishi lozim. Bu ish taqqoslash qaydnomalari tuzish yo’li bilan 
amalga oshiriladi.
Agar inventarizatsiya natijasida mavjud boyliklar qoldiqlarining buxgalteriya 
hisobi ma’lumotlaridan farq qilishi aniqlansa, auditor rasmiylashtirilgan ro’yxatni 
taqqoslash qaydnomasi tuzish uchun buxgalteriyaga topshiradi.
Taqqoslash qaydnomalari faqat hisobga olish ma’lumotlaridan farq qilganligi 
aniqlangan moddiy boyliklar bo’yicha tuziladi. Ularni auditor, bosh buxgalter va 
moddiy javobgar shaxs imzolaydi. Agar kamomadlar yoki oshiqchaliklar 
aniqlansa, moddiy javobgar shaxs bu haqda yozma tushuntirish beradi. 
Boyliklarning tabiiy kamayishidan ortiq kamomadi aybdor hisobiga yoziladi, 
oshiqcha chiqqan boyliklar esa kirim qilinadi. Bir tekshiriladigan davr ichida bir 
moddiy javobgar shaxsga tegishli bir xil nomdagi moddiy boyliklar qayta xillash 
(navlarga ajratish) natijasida aniqlangan oshiqchaliklar va kamomadlarning 
o’zaro o’rnini qoplashga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Moddiy boyliklarning 
tabiiy kamayish me’yoridan ortiqcha kamomadlari va buzilishdan yo’qotishlari 
aniq aybdorlari noma’lum bo’lgan hollarda korxona daromadi hisobidan 
qoplanadi.
Taqqoslash qaydnomasini mazkur korxona buxgalteriyasi tuzsa ham auditor 
uning to’g’ri tuzilganligini va unda buxgalteriya xodimlari tomonidan qayd 
qilingan raqamlar buxgalteriya ma’lumotlariga mos kelish-kelmasligini tekshirib 
ko’rishi lozim.
Shuningdek, inventarizatsiyada aniqlangan, tovar moddiy zahiralar 


286 
kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa 
tortish masalalari ham o’rganiladi.
Moddiy 
boyliklarning 
but 
saqlanayotganligini 
tekshirishda 
moddiy 
boyliklarning to’liq kirim qilinganligini va chiqimga to’g’ri hisobdan 
o’chirilganligini aniqlash muhim o’rin egallaydi. Chunki ayrim hollarda ortiqcha 
xom ashyo hosil qilinib, undan noqonuniy maqsadlarda «chapga ketadigan» 
mahsulot ishlab chiqarishga yo’l ochib beriladi.
Odatda, moddiy boyliklarni kirim qilishni nazorat qilish mol etkazib 
beruvchilardan kelib tushgan hisob-kitob hujjatlarini tekshirish yo’li bilan amalga 
oshiriladi. Bunday hujjatlar jumlasiga to’lov talabnomalari, schyot-fakturalar, 
turli ilovalar (spetsifikatsiyalar, sertifikatlar, sifat yorliqlari va hokazo) qo’shib 
yuboriladigan tovar-transport yuk xat (nakladnoy)lari kiradi.
Korxonaga keltirilgan moddiy boyliklar tegishli omborxonaga o’z vaqtida 
kirim qilinishini yoki agar ular darhol tsexga beriladigan bo’lsa, omborxona 
orqali rasmiylashtirilib, bu haqda hujjatlarda qayd qilinadi.
Shunday qilib, bu holda omborxona xodimi moddiy boyliklarning mavjudligi 
va tsexga berilganligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, moddiy boyliklarni 
tekshirishda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: 
*
yo’ldagi moddiy boyliklar va fakturasiz jo’natilgan moddiy boyliklarni 
hisobga olish ishlari to’g’ri bajarilishini; balansda ko’rsatilgan, yo’ldagi moddiy 
boyliklar qoldiqlarining haqqoniyligi; 
*
10-«Materiallarning pul ifodasidagi harakati» qaydnomasining to’g’ri 
yuritilishini;zimmalarida moddiy boyliklar qoldiqlari hisobda turgan moddiy 
javobgar shaxslarning hammasi ham har oyda moddiy hisobotlarni topshirishini; 
aytilgan hisobotlar topshirilmay turib(moddiy javobgar shaxsning kasalligi yoki 
boshqa sabablarga ko’ra) korxona rahbarining alohida farmoyishi bo’yicha 
materiallar hisobdan chiqarilishini va hisobdan chiqarilgan materiallarning soni 
va qiymatiga keyin topshirilgan hisobot bo’yicha o’zgartirishlar qilinishi;moddiy 
boyliklar ishdan bo’shagan xodimlar hisobida turgan hollar borligini (agar bor 


287 
bo’lsa, buning sabablarini va aybdor shaxslardan ularning qiymatini undirish 
uchun qanday choralar ko’rilganligini );kelib tushgan(mol etkazib beruvchilardan 
va hokazo ) moddiy boyliklar hisob baholari bo’yicha qiymatining 6 yoki 7-jurnal 
orderlarda aks ettirilgan baholar bo’yicha qiymatiga mos kelishini; sarflangan va 
sotilgan materiallar hamda foydalanishga berilgan va ishga yaroqsizligi tufayli 
hisobdan chiqarilgan arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning eskirishi 
tegishli balans schyotlarida to’g’ri hisobga olinganligini; moddiy boyliklarning 
amaldagi tannarxini ularning hisob baholari bo’yicha qiymatidan farqi to’g’ri 
aniqlanganligini va hisobdan chiqarilganligini; hisob baholarini qo’llash qiyin 
bo’lgan inflyatsiya sharoitlarida moddiy boyliklarni baholash usuli borasida 
korxonada qanday hisob yuritish siyosati qo’llanilayotganligini; transport-
tayyorlov xarajatlarining tarkibi to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinayotganligi; 
moddiy boyliklarning harakatiga doir muomalalar 16-qaydnomada to’g’ri va 
to’liq aks ettirilganligini;jo’natilgan moddiy boyliklar uchun xaridorlar 
zimmasidagi qarzlarning haqqoniyligini; da’vo qilish muddati tugagan, to’lash 
muddati o’tkazib yuborilgan qarzlarning bor-yo’qligini;xaridorlar tomonidan 
qisman aktseptlangan yoki bankka to’liq summada to’lash rad qilingan, bankka 
inkassaga qo’yilgan schyotlar bor-yo’qligini, bunday hollarda qanday choralar 
ko’rilganligini; 
*
omborxona 
xo’jaligining ahvolini;moddiy boyliklarning saqlanish 
sharoitlarini; materiallar miqdor va sifat ko’rsatgichlari bo’yicha to’g’ri qabul 
qilinganligini;moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarni saqlash va 
hisobga olish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaning bajarilishini, ularni saqlash 
qoidalarining buzilish sabablarini; korxona omborxonasi hududidan moddiy 
boyliklarning transportda yoki transportsiz olib chiqib ketilishi ustidan 
nazoratning ta’minlanishini; omborxona binolarining texnik holatini; 
*
moddiy boyliklar biriktirib qo’yilgan xodimlar bilan to’liq moddiy 
javobgarlik to’g’risida yozma shartnoma tuzilganligini; moddiy boyliklarning 
omborxonadagi harakati to’g’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirilishini; 


288 
ishonchnomalarni berish va ulardan foydalanishga doir hisobotlar tuzish 
qoidalariga rioya qilinishini; 
*
moddiy boyliklarning ishlab chiqarishga to’g’ri hisobdan chiqarilishini; 
amaldagi me’yorlarning hozirgi zamon texnologiyasi va ishlab chiqarishning 
tashkil qilinish darajasiga muvofiqligini;materiallarni qayta ishlash uchun chetga 
berishning to’g’ri rasmiylashtirilishini; moddiy boyliklarni saqlash va tashishda 
tabiiy kamayish me’yorlariga muvofiq ularning kamomadi va yo’qolishlarini 
hisobdan chiqarishning asoslanganligi va boshqa shularga o’xshashlarni.
Tovar-moddiy zahiralarining to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida 
auditor mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shakllari va shartlarini, 
tanlangan baholash usulini, sotib olingan qiymatliklar bo’yicha QQSni qoplash 
tartibini hisobga olishi zarur.
Tovar-moddiy zahiralarining tushumi va kirim qilinishi mol etkazib 
beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (tovar-
transport nakladnoylari, schyot-fakturalar, qodoqlash (upakovka) yorliqlari, sifat 
guvohnomasi, qabul kvitantsiyasi va boshqalar) asosida tekshiriladi.
Omborxona kirim hujjatlarini mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi 
hujjatlari yoki materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari 
bilan solishtirish omborxonada sodir bo’lgan kirim muomalalarini tekshirishning 
umumiy usuli hisoblanadi.
Tezkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik 
tekshiruvning ob’ekti hisoblanadi. Masalan, kelgan yuklarni hisobga olish 
jurnalidan moddiy qiymatliklarning assortimenti va etkazib berish muddatlari 
to’g’risidagi ma’lumotlarni mol etkazib beruvchilar bo’yicha olish mumkin. 
Auditor bunday hisobning mijoz-korxonada qanday tashkil etilganligini 
o’rganadi. Xususan, har bir mol etkazib beruvchi bo’yicha shartnomada 
materiallarning etkazib berilish muddatlari va assortimenti ko’rsatilayotganligi, 
hamda haqiqatda olingan materiallarning assortimenti, olinish sanasi ko’rsatilgan 


289 
holda qabul qilinganligi tekshiriladi. Operativ hisobda keltirilgan axborotlarning 
ishonchliligini aniqlash uchun auditor ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilgan 
ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Kelayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol 
etkazib berish shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo’yicha 
auditor tekshirilayotgan davr ichida qanday mol etkazib berishlar amalga 
oshirilganligini aniqlashi mumkin.
Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga 
ega bo’lmagan tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo’lsa, auditor xarid 
dalolatnomalarining mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligiga e’tibor 
qaratadi. Xarid dalolatnomasida quyidagi majburiy rekvizitlar bo’lishi lozim: 
sotuvchining pasport ma’lumotlari, moddiy qiymatliklarning nomi, miqdori va 
qiymati.
Olingan moddiy boyliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yukni qabul 
qilib oluvchi shtampasi bosilgan mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi 
hujjatlari, kirim dalolatnomalari, kirim orderlari va yukni qabul qilish tartibiga 
ko’ra ayrim boshqa hujjatlar kiradi.
Sotib olingan moddiy boyliklarning to’g’ri baholanishi va to’liq kirim 
qilinishini tekshirishni boshlashda auditor moddiy boyliklarni hisobga oladigan 
vedomostlarda aks ettirilgan jami summalarning boshqa hisob registrlari 
ma’lumotlariga mosligini aniqlaydi.
Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda auditor mol 
etkazib beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol 
etkazib beruvchilardan kreditor qarzlarning haqqoniyligiga e’tibor qaratadi. 
Buning uchun u buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan 
schyotlar, shartnomalar va mol etkazib beruvchilarga to’langanlik to’g’risidagi 
pul hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtiradi.
Tovar-moddiy zahiralarining kirimiga doir muomalalarni hujjatlar bo’yicha 
tekshirish chog’ida qabul qilishning miqdor va sifat qoidalariga rioya qilinishi; 
qabul qilish dalolatnomalari, tijorat dalolatnomalari, qabul qilishda aniqlangan 


290 
tafovut dalolatnomalarining to’g’ri rasmiylashtirilishi; moddiy javobgar shaxslar 
hisobotlari va isbotlovchi hujjatlar reestrlarining buxgalteriyaga o’z vaqtida 
taqdim qilinishi aniqlanadi. Tafovutlar aniqlanganida hujjatlarni qarama-qarshi 
tekshiruvdan o’tkazish zarur.
Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda ichki hujjatlar 
mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari bilan solishtiriladi. 
Auditor olingan moddiy boyliklar sifati va miqdoridagi tafovutlarning 
dalolatnomalar bilan to’g’ri rasmiylashtirilganligi va mol etkazib beruvchilarga 
yoki transport tashkilotlariga (masalan, avtobaza, temir yo’l kompaniyasi) o’z 
vaqtida da’vo qo’zg’atilganligini o’rganadi. Ayrim hollarda bunday tafovutlar 
moddiy boyliklarni o’zlashtirish va kamomadni yashirish maqsadida qalbaki 
dalolatnomalarni rasmiylashtirish oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Zarur hollarda auditor moddiy boyliklarni kirim qilish uchun asos bo’lgan 
hujjatlarni ularning mol etkazib beruvchilarda saqlanayotgan nusxalari bilan 
solishtirib, qarama-qarshi tekshiruv ham o’tkazadi.
Korxonaga tegishli bo’lmagan, ammo uning ixtiyorida saqlanayotgan yoki 
ishlatilayotgan tovar-moddiy zahiralar shartnomalar shartlariga muvofiq, 
shartnomada ko’rsatilgan bahoda balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.
Ma’sul 
saqlash uchun qabul qilingan 
moddiy 
boyliklar, hamda 
buyurtmachining xom ashyosi sifatida qayta ishlashga qabul qilingan xom ashyo 
va materiallar korxonaning o’ziga tegishli ishlab chiqarish zahiralaridan alohida 
saqlanishi va hisobga olinishi lozim. Bunday moddiy boyliklar №21 BHMS ga 
muvofiq 002 - «Ma’sul saqlashga olingan tovar-moddiy boyliklar» va 003-
«Qayta ishlashga qabul qilingan materiallar» degan balansdan tashqari 
schyotlarda hisobga olinishi lozim.
Hujjatsiz 
(schyot-fakturasiz) 
olingan 
materiallarni 
tekshirish 
ayrim 
xususiyatlarga ega. Ular 6010 - «Mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) yoki 7010 - «Mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) schyoti bo’yicha 


291 
yuritiladigan hisob registrida har bir olingan materiallar bo’yicha alohida so’ngi 
kirim qilingan partiya bahosi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o’rniga 
«N» harfi (fakturlanmagan) qo’yiladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim 
qilishga doir yozuv hisobda qanday aks ettirilganligini aniqlashi zarur. Chunki, 
keyingi oyda mol etkazib beruvchilar hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu 
yozuvlar mol etkazib beruvchilarning hisob-kitob hujjatlariga asosan materiallarni 
haqiqiy sotib olish bahosi bo’yicha kirim qilish bilan bir vaqtning o’zida 
tuzatilishi (storno qilinishi) kerak.
Hujjatsiz mol olingan holatlar mavjud bo’lganida auditor quyidagilarni 
tekshiradi:
*
qabul 
qilish 
dalolatnomalarini 
tuzish 
tartibiga 
qanday 
rioya 
qilinayotganligi; 
*
hujjatlarsiz olingan moddiy boyliklarni kirim qilishning to’liqligi va 
to’g’riligi; 
*
baho belgilashning to’g’riligi; 
*
mol etkazib beruvchilarning qarama-qarshi hujjatlari kelib tushganda 
qilingan tuzatish (korrektirovka) larning to’g’riligi (buning uchun auditor 
qabul qilish dalolatnomalaridagi yozuvlarni keyinchalik olingan mol etkazib 
beruvchilar hujjatlarining ma’lumotlari bilan solishtirishi zarur).
Agar mijoz-korxona hisobida yo’lda kelayotgan ya’ni puli to’langan, lekin 
hali oy oxirigacha kelib tushmagan moddiy boyliklar mavjud bo’lsa, u holda 
auditor bunday moddiy boyliklar qiymatini buxgalteriya hisobi va balansda aks 
ettirishning ishonchliligini tasdiqlashi uchun ular keyinchalik olinganligi va puli 
to’langanligi yoki balans tuzilayotgan sanaga kreditor qarzlar tarkibiga 
kiritilganligiga ishonch hosil qilishi zarur.
Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida auditor 
olinayotgan moddiy boyliklar bo’yicha QQSning hisobda aks ettirilishini ham 
tekshiradi.


292 
№4 –«Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSda tovar-moddiy zahiralarini 
sotib olish xarajatlarining taxminiy tarkibi keltirilgan. Ularga, xususan, 
materiallarni tayyorlash va tashib keltirish, import bojxona to’lovlari va 
yig’imlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minotchi va vositachi 
tashkilotlarga to’langan komission to’lovlar, soliqlar (korxona keyinchalik 
qaytarib oladigan soliqlardan tashqari, masalan, qo’shilgan qiymat solig’i kabi), 
hamda tayyorlov-transport, xizmat ko’rsatish va zahiralarni sotib olish bilan 
bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar kiradi. Savdo diskontlari, chegirmalar 
va shunga o’xshash summalar tovar - moddiy zahiralarni sotib olish xarajatlarini 
aniqlashda chegirib tashlanadi. 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida 
yoxud 1000 (1010-1090) – «Materiallarni hisobga oladigan schyotlar»da 
aniqlanib, hisobdan o’chirilgan transport-tayyorlov sarflari yoki hisob 
baholaridan chetga chiqishlarni tekshirishda transport tashkiloti yoki vositachi 
tashkilot to’lovga taqdim qiladigan schyot, tovar-moddiy zahiralar kirim 
qilinganidan so’ng kechikib olingan holatlarga e’tibor qaratilishi kerak. Bunday 
holda transport sarflari materiallarni kirim qilishda ularning haqiqiy tannarxiga 
qo’shilishi mumkin emas.
Korxonaning omborxona-tayyorlov apparatini saqlash uchun qilingan sarflari, 
uning hisob siyosatida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq tayyorlangan materiallar 
tannarxiga qo’shilishi mumkin. Bunday sarflar, odatda, hisobot oyining oxirida 
taqsimlanadi.
Amaldagi qoidalarga muvofiq moddiy boyliklar hisob va hisobotda haqiqiy 
tannarxi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Haqiqiy tannarx ularni sotib olish uchun 
qilingan sarflar (transport - tayyorlov xarajatlari), ushbu resurslarni etkazib 
beruvchi tomonidan taqdim qilingan qarz hisobiga sotib olganlik uchun 
to’lanadigan foizlarni ham qo’shgan holda aniqlanadi. Shuningdek, tashqi 
iqtisodiy va boshqa tashkilotlarga to’langan xizmat haqlari, ustama haqlari, 
bojxona to’lovlari, chet tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan saqlash, 


293 
yuklash-tushirish va tashish xarajatlari (QQS siz) ham haqiqiy tannarxga 
qo’shiladi.
Agar ishlab chiqarish zahiralari hisob baholari bo’yicha hisobga olinsa, ushbu 
baholar va sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi o’rtasidagi farqlarni 
tovar-moddiy zahiralarning turlari o’rtasida taqsimlash ishlari audit ob’ekti bo’lib 
hisoblanadi.
Korxona faoliyatining moliyaviy ko’rsatkichlari ishlab chiqarish zahiralarini 
baholash usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog’liq. Tovar-moddiy zahiralar 
yil davomida har xil baholarda sotib olinganligi sababli, ularning to’g’ri 
baholanganligini aniqlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab 
chiqarish zahiralarining yakuniy qiymatini maxsus baholash usullari yordamida 
tartibga solish mumkin. Tekshiruv usuli korxonada tovar-moddiy zahiralarni 
hisobdan o’chirishning qaysi uslubi (har xil moddiy boyliklar uchun ular xilma-
xil bo’lishlari mumkin) qo’llanilishiga bog’liq.
№4 - «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSga muvofiq, ishlab chiqarishga 
xarajat qilinadigan moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxini aniqlash chog’ida 
ishlab chiqarish zahiralarini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish 
tavsiya qilinadi: 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish