Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

to’liqlik –
barcha muomalalarning buxgalteriya hisobotida aks ettirilganligi
hisobga olinmay qolgan hisob-kitoblar yo’qligi; 
mavjudlik
– balans tuzish sanasiga ichki hisob-kitoblar (mehnat haqi, 
hisobdor summalar va boshqalar) bo’yicha majburiyatlar mavjudligi va ushbu 
majburiyat summalarning katta-kichikligi; 
huquq va majburiyatlar 
– ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlar 
summalari to’g’riligi uchta (shaklan, qonuniylik va haqqoniylik) mezonlaridan 
kelib chiqqan holda; 
baholashlar 
– ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning me’yoriy 
hujjatlarga muvofiq ravishda baholanganligi; 
aniqligi 
– mehnat haqi va undan ushlanadigan summalar, xizmat safari 
bo’yicha xarajatlar summasi va boshqalarning to’g’ri hisoblanganligi, 


341 
buxgalterlik hisoboti ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob registrlaridagi 
ma’lumotlarga mosligi;
 
hisob davrining cheklanganligi
– ichki hisob-kitoblarga doir barcha 
majburiyatlar qachon vujudga kelgan bo’lsa, aynan mana shu hisob davrida aks 
ettirilganligi; 
taqdim etish va bayon qilish –
ichki hisob-kitoblarga doir majburiyatlarning 
barchasi hisob va hisobotga oid me’yoriy hujjatlarga muvofiq bayon qilingan, 
turkumlangan va taqdim qilinganligi.
Qo’yilgan maqsadga erishish uchun auditorlik tekshiruvida quyidagi vazifalar 
hal etilishi lozim.
 
Ichki hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar 
Auditning vazifalari 
Ichki hisob-kitoblar muomalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish 
bo’yicha savollar
1. Ichki hisob-kitoblarga doir 
muomalalarni hisobga olish va 
ichki nazorat samaradorligining 
holatini baholash
Mehnat haqi to’lash va hisobdor summalarni berishni belgilovchi 
hujjatlarning mavjudligi va tahlili. 
Kadrlar, ish vaqti va ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) 
hisobini hujjatlashtirishning tashkil etilishini baholash. 
Haq to’lash va ish haqidan ushlanadigan summalar turlarining 
klassifikatori (turkumlagichi) mavjudligi. 
Ish haqi va hisobdor summalar berilishi ustidan nazorat. 
Hisobot ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob registrlari 
ma’lumotlariga mosligi. 
2. Xodimlar bilan mehnat haqi 
bo’yicha 
hisob-kitoblar 
to’g’risidagi hisob va hisobot 
ma’lumotlarining ishonchliligini 
tekshirish. 
Haq turlari bo’yicha ish haqi hisoblashning to’g’riligi. 
Ish haqidan ushlanadigan summalar to’g’riligi. 
Ish haqi xarajatlarini tannarx tarkibiga qo’shishning asosliligi. 
Ish haqi hisoblash va undan ushlanadigan summalarni buxgalteriya 
hisobi registrlarida aks ettirish. 
Soliqqa tortish maqsadida jami daromadni hisobga olishning 
to’g’riligi. 
3. Davlat byudjetidan tashqa-ri 
fondlar, ijtimoiy sug’ur-ta va 
ta’minot fondlari bi-lan hisob-
Byudjetdan tashqari ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlariga 
to’lovlarni hisoblash bazasini aniqlashning to’g’riligi. 
Ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlari bilan hisob-kitoblarni hisobda 


342 
kitoblarni 
hisob-lashning 
to’g’riligi
aks ettirishning to’g’riligi. 
4. Hisobdor shaxslar bilan hisob- 
kitoblarga doir hisob va hisobot 
ma’lumotlarining ishonchliligini 
tekshirish. 
Hisobdor shaxslarga bo’nak berishning asoslanganligi. 
Bo’nak hisobotlarining o’z vaqtida taqdim etilishi. 
Hisobdor summalarni ishlatishning hujjatlar bilan asoslanganligi. 
Hisobdor summalarni xarajatlar tarkibiga qo’shishning asosliligi. 
Soliqqa tortishning to’g’riligi. 
Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni buxgalteriya hisobida aks 
ettirishning to’g’riligi. 
5. 
Xodimlar 
bilan 
boshqa 
muomalalar 
bo’yicha 
hisob-
kitoblar to’g’risidagi hisob va 
hisobot 
ma’lumotlarning 
ishonchliligini tekishirish. 
Kreditga sotilgan tovarlar uchun hisob-kitoblarni hisobga olishning 
to’g’riligi. 
Qarz berishning qonuniyligi va asosliligi. 
Berilgan qarzlar bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olishning 
to’g’riligi. 
Kamomad va o’g’irliklarning ayibdor shaxslar zimmasiga to’liq olib 
borilishi. 
Moddiy zararni qoplashga doir hisob-kitoblarni hisobga olishning 
to’g’riligi. 
6. 
Ichki 
hisob-kitob 
muomalalarini 
tekshirish 
natijalari 
bo’yicha 
umumiy 
xulosa
Tekshiruv bo’yicha ishchi hujjatlar materiallarini umumlashtirish va 
tahlil qilish. 
Xatolarning katta- kichikligini (jiddiyligini) aniqlash. 
Xatolarning hisobot ishonchliligiga ta’sirini aniqlash. 
Auditor tekshiruv chog’ida hisobot ko’rsatkichlarida jiddiy hatolar yo’qligiga 
etarli darajada ishonch hosil qilishi lozim. Dalil-isbotlarni to’plash uchun har xil 
manbalardan shakllanadigan axborot bazasidan foydalaniladi. Auditor tekshiruvni 
boshlashdan oldin ichki hisob-kitoblarni tekshirish uchun zarur bo’lgan me’yoriy 
hujjatlar paketi, sintetik va analitik hisob registrlari va boshlang’ich hujjatlarni 
komplektlaydi.
Ichki hisob-kitob muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa 
tortish bo’yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi Me’yoriy hujjatlar paketi 
auditor tomonidan mijoz-korxona faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan 
holda shakllantiriladi.
Ichki hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo’yicha 


343 
sintetik va analitik hisob registrlari korxonada qo’llaniladigan hisob shakliga 
(jurnal-order, memorial-order, jadval-avtomatlashtirilgan va b.) bog’liq. Masalan, 
buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida yuritiladigan korxonalarda 7-ASK, 8-
ASK 
va 
10-ASK 
jurnal-orderlar, 
jadval-avtomatlashtirilgan 
(yoki 
kompyuterlashtirilgan) shaklida – 4210-«Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’nak», 
6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan 
hisob-kitoblar», 6720-«Deponentlangan mehnat haqi», 4220-«Xizmat safari 
uchun berilgan bo’naklar», 4230-«Umum xo’jalik xarajatlari uchun berilgan 
bo’naklar», 4290-«Xodimlarga berilgan boshqa bo’naklar», 6870-»Hisobdor 
shaxslardan qarzlar», 4710- «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning 
qarzlari», 4720-«Berilgan qarzar bo’yicha xodimlarning qarzlari», 4730-«Moddiy 
zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» va 4790-»Xodimlarning boshqa 
qarzlari» schyotlari bo’yicha debet va kredit oborotining mashinagrammalari 
tekshiriladi.
Dastlabki hujjatlar ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirishda asosiy 
ma’lumot manbaasi hisoblanadi. Jumladan, xodimlar va yollangan shaxslar bilan 
hisob-kitoblarni tekshirishda: ishga qabul qilish va boshqa ishga o’tkazish 
to’g’risidagi, ta’tilga chiqarish to’g’risidagi, mehnat shartnomasini to’xtatish 
to’g’risidagi buyruqlar; kontraktlar, mehnat shartnomalari; shtatlar jadvali; 
shaxsiy kartochkalar(T-2sh); ish vaqtini hisobga olish tabeli(T-13sh); mehnatga 
layoqatsizlik varaqasi; hisoblashuv-to’lov vedomosti(T-49sh); hisob-kitob 
vedomosti (T-51sh); to’lov vedomosti (T-53sh); shaxsiy hisob varaq (T-54sh); 
ijro varaqalari; daromad va daromad solig’ini hisobga olish bo’yicha soliq 
kartochkasi;
-
ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir hisob-kitoblarni tekshirishda: 
«Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi mablag’lari bo’yicha hisob-kitoblar 
vedomosti» (F. 4-ISJ), «Ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi ma’lumotlari», 
«Sug’urta qildiruvchiga xabarnoma», «Ijtimoy sug’urta jamg’armasiga 
o’tkazilgan badallar hisobidan pensiya va nafaqalarni to’lash bo’yicha 


344 
vedomost»; 
-hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni tekshirishda: bo’nak (avans) 
hisoboti; xizmat safari guvohnomasi; xizmat safariga boruvchi va keluvchi 
xodimlarni ro’yxatga olish daftari; 4220-«Xizmat safari uchun berilgan 
bo’naklar», 4230-«Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar» va 6970 –
«Hisobdor shaxslardan qarzlar» schyotlari bo’yicha inventarizatsiya ro’yxatlari; 
-Xodimlar bilan boshqa muomalalar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirishda: 
kreditga sotilgan tovarlar uchun topshiriqnoma-majburiyat; qarz shartnomasi; 
moddiy zararni qoplash to’g’risidagi buyruq (farmoyish); sud qarori; ijro 
varaqalari; to’lov topshiriqlari; kassa kirim orderlari.
Dastlabki hujjatlarni tekshirishda auditor dastlabki hujjatlarning belgilangan 
tartibda tasdiqlangan namunaviy shakllaridan foydalanilganligini ham aniqlashi 
zarur.
Ichki hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ushbu 
muomalalarni hisobga olish va ichki nazoratning ahvolini oldindan baholashni 
nazarda tutadi.
Bunda xodimlarni ishga yollash va ishdan bo’shatishda qonunchilikka rioya 
qilinishini, ro’yxatdagi hisob va nazorat xodimlariga xizmat vazifalarini, ish 
vaqtini va bajariladigan ishlarni taqsimlash holati; mehnatga haq to’lash, 
mukofotlash va moddiy yordam to’g’risidagi nizomlarga rioya qilinish va 
boshqalarni aniqlaydi.
Auditor ichki nazoratning holatini o’rganganidan so’ng («a’lo», «yaxshi», 
«o’rta») ichki hisob-kitob muomalalarini tekshirish uchun tanlash hajmini 
aniqlaydi.
Korxonaning tashqi hisob-kitob muomalalari mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilar, xaridorlar va buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan, 
mustaqil balansga ajralib chiqqan bo’linmalar, shu’ba va tobe korxonalar bilan, 
ssudalar bo’yicha banklar soliqlar va boshqa yig’imlar bo’yicha byudjet bilan 
hamda byudjetdan tashqari tashkilotlar bilan shuningdek, da’volar bo’yicha 


345 
hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi.
Korxonaning to’lov layoqati, moliyaviy ahvoli va investitsion muhiti ko’p 
jihatdan ushbu hisob-kitoblarning holatiga bog’liq. Tashqi hisob-kitoblarning 
ahvoli to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlarining aniqligiga ishonch hosil qilish 
barcha hisobot talabgorlari uchun zarurdir. Shu boisdan, auditor tashqi hisob-
kitob muomalalarining holatini maxsus puxta tekshiruvdan o’tkazishi lozim.
Tashqi hisob-kitob muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishdan 
maqsad tashqi hisob-kitoblarga doir majburiyatlarni (debitor va kreditor 
qarzlarni) aks ettiradigan buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligi, 
hamda qo’llanilayotgan hisob yuritish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga 
muvofiqligi to’g’risida xulosa shakllantirishdan iborat.
Tashqi hisob-kitoblar auditida hal etiladigan vazifalar 
Auditning vazifalari
«Tashqi hisob-kitob muomalalari auditi» bo’limining tekshiruv dasturi 
bo’yicha savollar
Tashqi 
hisob-kitob 
muomalalarini hisobga olish 
va nazorat qilishning holatini 
tekshirish
Tashqi hisob-kitob muomalalari bo’yicha qarzdorlikni inventarizatsiya 
qilish materiallarining mavjudligi va tahlili. 
Debitor va kreditor qarzlar vujudga kelishining hujjatlar bilan 
asoslanganligi va qonuniyligi, ularni qaytarishning realligi. 
Shubhali hisob-kitoblarni va talab qilinmagan qarzdorlikni aniqlash
Buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarining sintetik va analitik hisob 
ma’lumotlariga mosligi
Mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilar 
bilan 
hisob-
kitoblarning 
to’g’riligi 
va 
to’liqligini tekshirish
Olingan moddiy qiymatlik (ish, xizmat)lar uchun hisoblashishlar 
bo’yicha dastlabki hujjatlar va shartnomalar 
mavjudligi va 
rasmiylashtirilishining to’g’riligi. 
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining shartnomalar va hisob 
registrlariga mosligi. 
Hisob registrlaridagi schyotlarda mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilar bilan hisob-kitoblarni aks ettirishning to’liqligi va 
to’g’riligi. 
Hisob-kitoblarning 
o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi va 
qarzdorliklarning realligi. 
Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha 
kreditor qarzdorliklarni hisobdan o’chirish tartibiga rioya qilinishi
Xaridorlar va buyurtmachilar Xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar uchun dastlabki 


346 
bilan hisob-kitoblarni hisobga 
olishning 
to’g’riligini 
tekshirish
hujjatlar va shartnomalar mavjudligi va rasmiylashtirilishining 
to’g’riligi. 
Dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining shartnomalar va hisob 
registrlariga mosligi. 
Xaridorlar 
va 
buyurtmachilar 
bilan 
hisob-kitoblarni 
hisob 
registrlaridagi schyotlarda aks ettirishning to’liqligi va to’g’riligi. 
Olingan bo’naklarning asoslanganligi va to’g’ri rasmiylashtirilishi. 
Hisob-kitoblarning o’z vaqtidaligi, xaridorlar va buyurtmachilar 
qarzlarining realligi va ta’minlanganligi. 
Xaridorlar va buyurtmachilarning debitor qarzlarini hisobdan o’chirish 
tartibiga rioya qilinishini tekshirish 
Da’volar bo’yicha hisob-
kitoblarni 
hisobga 
olishni 
tekshirish
Da’volar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilishining o’z vaqtidaligi, 
asoslanganligi va to’g’riligi. 
Da’volarni hisobda aks ettirishning to’liqligi va to’g’riligi. 
Da’volar bo’yicha qarzdorliklarning realligi
Boshqa 
debitorlar 
va 
kreditorlar bilan hisob-ki-
toblarni hisobga olishning 
to’liqligi va to’g’riligi
Deponentlangan ish haqini hisobga olishning o’z vaqtidaligi, 
asoslanganligi va to’g’riligi. 
Ijro varaqalari bo’yicha ish haqidan ushlangan summalarning 
asoslanganligi va to’g’riligi, ularni oluvchilarga o’tkazib berishning 
to’liqligi va to’g’riligi. 
Transport tashkilotlari bilan va notijorat tavsifdagi muomalalar 
bo’yicha turli tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning to’g’riligi va o’z 
vaqtidaligi. 
Balans tuzish sanasiga turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-
kitoblar bo’yicha qarzdorliklar haqqoniyligi. 
Mas’uliyati 
cheklangan 
jamiyatlar ta’sis shartnomasi 
bo’yicha 
hisob-kitoblarni 
hisobga olishning to’liqligi va 
to’g’riligini tekshirish
Ta’sis shartnomalarining mavjudligi va to’g’ri tuzilganligi. 
Ta’sis shartnomasi bo’yicha hisob yuritishning qonuniyligi va bu 
shartnoma bo’yicha muomalalarning hujjatlar bilan asoslanganligi. 
Ta’sis shartnomasi doirasida xo’jalik faoliyatini soliqqa tortish va 
mulklarni alohida hisobga olishning to’g’riligi
Shartnoma ishtirokchilari o’rtasida foydaning taqsimlanishi. 
Tashqi 
hisob-kitob 
muomalalarini 
auditorlik 
tekshiruvidan 
o’tkazish 
natijalarini umumlashtirish
Hisob-kitoblar ahvolining korxona to’lov layoqatiga ta’sirini baholash. 
Aniqlangan xatolarning jiddiylik darjasini va ularning hisobotlar 
ishonchliligiga ta’sirini baholash. 


347 
Qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun har xil usullar va axborot manbalaridan 
foydalanib, isbot-dalillarga ega bo’lish zarur. Tashqi hisob-kitob muomalalarini 
tekshirish chog’ida auditor quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalanadi:
tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish va soliqqa tortish masalalarini 
tartibga soladigan, asosiy me’yoriy hujjatlar; 
*
hisob siyosati to’g’risidagi buyruq; 
*
buxgalteriya hisobotlari; 
*
korxonada tuzilgan, tashqi hisob-kitob muomalalarining sintetik va analitik 
hisobi registrlari; 
*
tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan dastlabki hujjatlar.
Korxonaning hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruq bo’yicha auditor 
quyidagilar bilan tanishadi: 

tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda qo’llaniladigan ishchi 
schyotlar rejasi; 

buxgalteriya 
hisobining 
shakli 
va 
korxonada 
tuziladigan 
hisob 
registrlarining ro’yxati; 

tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan 
dastlabki hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi); 

tashqi hisob-kitob muomalalari rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolash 
huquqi berilgan shaxslar ro’yxati; 

tashqi hisob-kitob muomalalarini inventarizatsiya qilish.
Auditor buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktividagi II-«Joriy aktivlar» 
bo’limi ma’lumotlar

an «Debitor qarzlar» moddasi va passividagi II - 
«Majburiyatlar» bo’limi ma’lumotlaridan «Kreditor qarzlar» moddasi bo’yicha 
qarzdorliklarning ahvolini aniqlaydi.
«Debitor va kreditor qarzlarning holati to’g’risida ma’lumotnoma» (2
a
-
shakl)ga muvofiq uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzdorliklarning hisobot 
davri boshiga va oxiriga bo’lgan holati va harakati («muddati o’tib ketganlari» 
ajratib ko’rsatilgan holda) aks ettiriladi.


348 
Tekshiruv 
o’tkazish 
jarayonida 
buxgalteriya 
hisobining 
korxonada 
qo’llaniladigan shaklidan kelib chiqqan holda har xil sintetik va analitik hisob 
registrlari taqdim qilinishi mumkin. Tekshiruv uchun zarur bo’lgan hisob 
registrlarining ro’yxati hisob yuritish siyosati to’g’risidagi buyruqda belgilangan 
bo’lishi mumkin.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklini qo’llaydigan korxona va 
tashkilotlarda tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishda «Buxgalteriya 
hisobining jurnal-order shaklini qo’llash bo’yicha uslubiy tavsiyalar»ga muvofiq 
№6, 8 va 11- jurnal-orderlar ishlatiladi.
Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda 3110-3190, 4010, 4020, 
4110, 4120, 4210, 4310, 4320, 4410, 4510, 4550, 4610, 6410, 6450, 6310, 6320, 
6390, 6510, 6530, 6810-6890, 6520 schyotlar bo’yicha debet va kredit oborotlar 
hamda qoldiqlarining bosmadan chiqarilgan varagi, analitik vedomostlar va Bosh 
daftar (oborot-qoldiqli vedomost), realizatsiyaga doir reestrlar va daftarlardan 
foydalaniladi.
Shuningdek, auditor tashqi hisob-kitob muomalalarini rasmiylashtirish va aks 
ettirish bo’yicha dastlabki hujjatlarni talab qilib olishi zarur. Masalan, 
shartnomalar (oldi-sotti, etkazib berish, komissiya, pullik xizmat, pudrat va 
hokazo), nakladnoylar, tovar-transport nakladnoylari, schyotlar, schyot-fakturalar, 
jo’natuvchi hujjatlar, bajarilgan ishlar dalolatnomasi, bank hujjatlari (bank 
ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari, cheklar reestri), kassa hujjatlari (kassa 
chiqim orderlari va kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari), avizolar, xaridorlar, 
mol etkazib beruvchilar va boshqa debitor hamda kreditorlar bilan hisob-
kitoblarni inventarizatsiya qilish dalolatnomasi (inv-17 shakl).
Tashqi hisob-kitob muomalalari ustidan o’rnatilgan ichki nazoratni baholash 
uchun auditor quyidagilarni aniqlaydi: 
*
hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish tartibi, muddatlari va natijalari; 
*
hujjatlar aylanish grafigining mavjudligi va unga rioya qilinishini nazorat 
qilish; 


349 
*
to’lovlar va hisob-kitoblar holati hamda boshqalar ustidan nazorat qilish 
shakllari, muddatlari va ijrochilari.
«Debitor va kreditor qarzlarning holati to’g’risidagi ma’lumotnoma» (2
a
-
shakl) ma’lumotlariga muvofiq muddati o’tgan debitor va kreditor qarzlar 
miqdori, debitor qarzlarning moliyaviy natija hisobiga hisobdan o’chirilishi, 
shuningdek eng katta miqdordagi qarzdor debitor-tashkilotlar ro’yxati aniqlanadi. 
Tekshiruv jarayonida ushbu ma’lumotlarning haqqoniyligini isbotlash va muddati 
o’tib ketgan debitor qarzlarni undirish imkoniyatini aniqlash zarur.
Analitik va sintetik hisob registrlari ma’lumotlariga muvofiq auditor 
quyidagilarni aniqlaydi: 
*
hisob-kitob munosabatlari va ularning soni; 
*
qo’llaniladigan to’lov shakllari (naqd pulsiz, naqd pullik, o’zaro qarz 
surishish yo’li bilan, bevosita tovar yoki mahsulot almashish yo’li bilan); 
*
analitik hisobni yuritish tartibi (hisob-kitob turlari, ishtirokchilari, vujudga 
kelish muddatlari va shunga o’xshash); 
*
nostandart buxgalteriya yozuvlari.
Hisob-kitob munosabatlarining ishtirokchilari ko’p va to’lovlar shakllari 
xilma-xil bo’lganida auditorlik risk kuchayib, buni mazkur soha bo’yicha tanlab 
tekshiriladigan hisob-kitob shakllari va to’lov turlarini aniqlashda e’tiborga olish 
lozim.
Tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga olishning ahvolini baholash hisob-
kitoblarning turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bevosita tekshirish buxgalteriya 
balansi, Bosh daftar 3110-3190, 4010, 4020, 4110, 4120, 4310, 4320, 4390, 4510, 
4550, 4610, 6010, 6020, 6110, 6120, 6410, 6450, 6310, 6320, 6390, 6510, 6520, 
6530, 6810-6890 schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob registrlari 
ma’lumotlarining mosligini aniqlashdan boshlanadi.
Tekshiruv chog’ida quyidagi qoidalarga rioya qilinishiga e’tibor beriladi: 
*
hisob-kitob schyotlari saldolarining balansda yoyiq holda aks ettirilishi; 
*
shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratilgan debitor qarzlar rezerv 


350 
hisobidan kamaytirilishi lozim.
Ayni vaqtda tegishli hisob-kitob schyotlari bo’yicha analitik hisob 
ma’lumotlariga asosan debitor qarzlarning «muddati o’tganlari» ajratib 
ko’rsatilgan holda uzoq muddatli va qisqa muddatli qarzlarga guruhlanishining 
to’g’riligi tekshiriladi. Hisobot tuzish talablaridan kelib chiqqan holda qaytarish 
muddati bir yildan oshiq qarzlar uzoq muddatli qarzlar qatoriga kiradi.
Aniqlangan nomuvofiqliklar bo’yicha tafovutlarning katta-kichikligi, tavsifi 
va vujudga kelish sabablari aniqlanadi.
Qarzdorliklarning 
haqqoniyligini 
aniqlash 
uchun 
inventarizatsiya 
ma’lumotlari hisob-kitoblarning har bir turi bo’yicha tahlil qilinadi. Hisob-kitob 
muomalalarini inventarizatsiya qilish ma’lumotlari bo’lmaganda yoki, agar 
inventarizatsiya ma’lumotlari shubhali bo’lsa, auditorlar vaziyat taqozosiga ko’ra 
yoppasiga yoki tanlab inventarizatsiya o’tkazadilar.
Qarzdorliklarning haqqoniyligi har bir hisob-kitob turi bo’yicha debitor va 
kreditor qarzlar qoldiqlari summalarining tegishli hujjatlar bilan asoslanganligini 
tekshirish yo’li bilan ham aniqlanadi. Tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanmagan 
qarzdorlik summalari noreal qarzlar qatoriga o’tkaziladi. Qarzlarni vujudga kelish 
muddatlari bo’yicha tahlil qilishda aniqlangan, muddati o’tib ketgan qarzdorlik 
summalari ham noreal qarzlar qatoriga qo’shiladi.
Noreal qarzlar aniqlanganida auditor ularning vujudga kelish sabablari, 
aybdor shaxslari va tegishli balans moddalari ishonchliligiga ta’sirini aniqlaydi.
Tashqi hisob-kitob muomalalari bo’yicha qoldiqlarni tasdiqlashda shubhali 
qarzlarning mavjudligi aniqlanadi. №21 - BHMSga muvofiq shartnomada 
belgilangan muddatda (agar bunday muddat belgilanmagan bo’lsa - buning uchun 
normal zarur vaqt davomida) undirib olinmagan va tegishli kafolat bilan 
ta’minlanmagan debitor qarzlar shubhali qarzlar deb tan olinadi. Shubhali qarzlar 
mavjud bo’lgan holatlar aniqlanganida shubhali qarzlar bo’yicha rezerv yaratish 
faktlari va ularning to’g’riligi tekshiriladi.
Buning uchun 4910-«Shubhali qarzdar bo’yicha rezervlar» schyoti 


351 
ma’lumotlarining haqqoniyligi aniqlanadi.
Tashqi hisob-kitob muomalalarini hisobga oladigan schyotlar bo’yicha 
qoldiqlar to’g’riligi dastlabki tasdiqlanganidan so’ng hisob-kitob schyotlari 
bo’yicha oborotlar ishonchliligi tekshiriladi.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish