329
*
bankda ochilgan har bir hisob-kitob schyoti bo’yicha
sintetik hisob
registrining yuritilishi, yig’ma registr tuzilishi;
*
hisob-kitob schyotidagi pul mablag’lari harakatiga doir muomalalarning
sintetik hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishi; har bir bank ko’chirmasi
ma’lumotlarining hisob registrlariga yozib borilishi;
*
bank ko’chirmasi va hisob registrlaridagi summalar tengligi.
Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar haqini to’lash
hisobiga xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan o’tkazilgan pul mablag’larining
to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida 5110-«Hisob-kitob schyoti»ning debeti
bo’yicha yozuvlar 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
bo’yicha hisob registrlarining kredit oborotlari taqqoslanishi zarur.
Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridan kredit ko’rinishida olingan
pul mablag’larining kirimi, pul mablag’larining boshqa hisob-kitob schyotlaridan
qabul qilinishi 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari», 6820-«Qisqa
muddatli
qarzlar», 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari», 7820-«Uzoq muddatli qarzlar»,
5510-«Akkreditivlar», 5520-«Chek daftarchalari», 5530-«Boshqa maxsus
schyotlar», hamda bank ko’chirmalari va ularga ilova qilingan hujjatlar bo’yicha
buxgalteriya hisobi registrlarining yozuvlari qarama-qarshi solishtirish yo’li bilan
tekshiriladi.
Bank kassasiga topshiriladigan naqd pul mablag’larining to’liq kirim
qilinishini tekshirishga auditor alohida e’tibor qaratishi lozim. Buning uchun bank
ko’chirmalari, ularga ilova qilingan hujjatlar bilan 5010-«Milliy valyutadagi pul
mablag’lari» schyotining krediti bo’yicha yuritiladigan hisob registri
ma’lumotlari qarama-qarshi tekshiriladi.
Pul mablag’laridan qanchalik haqqoniy va asosli foydalanishni aniqlash
uchun, ularning mol etkazib beruvchilardan qarzlarni
qoplashga hisob-kitob
schyotidan o’tkazilishini, 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga
to’lanadigan schyotlar» schyoti bo’yicha hisob-kitob muomalalarini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazish bo’limida tahlil qilish kerak.
330
5110 Hisob-kitob schyoti»ning krediti va 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»,
2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari»,
2720-«Boshqa ishlab chiqarishlar» va boshqa xarajat schyotlarining debeti
bo’yicha muomalalar sinchiklab tekshirilishi kerak. Chunki, mazkur holatlarda
bajarilmagan ishlar va ko’rsatilmagan xizmatlar uchun pul o’tkazish yashiringan
bo’lishi mumkin.
Bankdagi hisob-kitob schyotidan pul mablag’larining hisobdan o’chirilishini
tasdiqlovchi
dastlabki hujjatlarni, xarajatlarni hisobga oladigan schyotlar bilan
bog’liqlikda batafsil tekshirish va tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlariga qilingan
sarflarni, ijtimoiy-madaniy xizmatlar uchun to’lash va boshqa xarajatlarni
hisobdan o’chirishga doir xatolar aniqlashga yordam beradi.
Bunday xatolar
moliyaviy natijalarning buzib ko’rsatilishiga va soliq bilan bog’liq noxush
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bankdagi hisob-kitob schyotidan hisobdan o’chirilgan naqd pul summalari
(bank ko’chirmasi va unga ilova qilingan hujjatlar, 5110-schyotning kredit
oboroti yuritiladigan registr bo’yicha) va naqd pul mablag’larining
kassaga
kirimini (kassir hisoboti va 5010-schyot debet oboroti yuritiladigan registr
bo’yicha) tekshirish hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni auditorlik
tekshiruvdan o’tkazishda qarama-qarshi tekshiruv bo’lib hisoblanadi. Bunda
auditor tomonidan quyidagilar aniqlanishi lozim:
*
hisob-kitob schyotidan naqd pul mablag’ini hisobdan o’chirish muomalasi
aks ettirilgan bank ko’chirmasiga kassa kirim orderi kvitantsiyasi ilova
qilinganligi va uning to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
*
5110-«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oboroti (2-jurnal-order) va 5010-
«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debet oboroti (1-jurnal-
orderning vedomost tomoni) bo’yicha sintetik hisob
registrlari yozuvlarining
tengligi tekshiriladi.
Hisob-kitob schyotiga doir muomalalarni tekshirish chog’ida aniqlangan
kamchiliklarni auditor ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi va auditorlik
331
tekshiruvining mazkur bo’limi bo’yicha tuziladigan oraliq dalolatnoma bilan
rasmiylashtiradi hamda unga asosan auditorlik hisobotida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: