Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
Kassani tekshirishni boshlaganda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: 
*
tekshirilayotgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir (yoki shunga 


319 
vakolatli shaxslar) ishlashini; 
*
kassirning faqat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o’rindoshlik 
asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko’rsatishi; 
*
kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi; 
Kassani tekshirganda auditor quyidagi tartibga rioya qilishi lozim: 
kassani tekshirish, tekshirilayotgan korxona bosh buxgalteri va kassiri 
ishtirokida amalga oshiriladi, tekshirish paytida boshqa shaxslar qatnashishi 
mumkin emas; 
*
kassani tekshirish paytida barcha kassa muomalalari to’xtatiladi. Kassani 
tekshirish imkoni bo’lmay qolganda yoki bir nechta kassa bo’lganda ularning 
barchasi auditor tomonidan muhrlanib, kalitlar kassirda, muhr esa auditorda 
saqlanadi; 
*
kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlarni sanash auditor, kassir va bosh 
buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Pullar kassada taxtlangan (o’ramda) yoki 
tarqoq holda bo’lishdan qat’iy nazar, barchasi sanoqdan o’tkazilishi shart; 
*
sanash 
tugaganidan so’ng auditor tekshiruvda aniqlangan pul 
mablag’larining summasi haqida alohida (oraliq) dalolatnoma tuzadi (1ilova).
*
turli shaxslarning tilxatlari, to’liq rasmiylashtirilmagan kassa chiqim 
orderlari, vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o’xshash hujjatlar kassadagi 
naqd pul qoldig’iga qo’shilmaydi va auditor tomonidan isbotlovchi kassa hujjati 
sifatida qabul qilinmaydi. Shuningdek, kassadan naqd pul berish bo’yicha 
kimga, kimning topshirigi bilan, qachon, qaysi maqsadlar uchun qancha 
summada pul berilganligi ko’rsatiladi va shubxali hujjatlar aniqlanganida ham 
shunday qilinadi;
*
boshqa korxona, tashkilot va shaxslarning pullari hamda qiymatliklarini 
korxona kassasida saqlash man qilinganligi sababli, kassada saqlanayotgan 
barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshirilayotgan korxonaga 
tegishli deb hisoblanishi lozim; 
*
auditor kassada oshiqcha chiqqan pul yoki kamomadni tekshirish 


320 
dalolatnomasida ko’rsatadi va ayni paytda oshiqcha chiqish yoki kamomad 
sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim.
Auditor to’g’ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va 
unda tekshiruv paytida bo’lgan qoldiqni ko’rsatish uchun beradi. Tekshiruv 
paytida kassada ish haqi to’liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo’lsa, 
auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga 
qo’shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to’g’ri 
kelib, ko’p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo’lsa, bunday 
vedomostlar kassir hisobotiga qo’shilmasdan, dalolatnomada kassa hisobotiga 
kiritilmagan, qisman to’langan chiqim hujjatlari (to’lov vedomostlari) sifatida 
yozib qo’yilishi mumkin. Bu holda har bir to’lov vedomostida qaysi tartib raqami 
bo’yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko’rsatiladi. Ushbu yozuv 
kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar 
(aktsiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), YoMM talonlari, qat’iy 
hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo’llanmalari, aviachiptalar va 
boshqa qimmatli qog’ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada 
ko’rsatiladi.
Auditor kassadagi pul mablag’larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar 
(o’tda yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa 
eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o’rnatilganligi va uning 
ishlashi, kassani qo’riqlashning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to’landi» degan 
shtamplar bilan ta’minlanganligi ham tekshiriladi.
Butun tekshirilayotgan davrga tegishli barcha kassa hujjatlari yoppasiga 
tekshirilishi shart.
Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to’liq va o’z vaqtida 
kirim qilinganligini tekshirishda muomalalarni o’zaro taqqoslash usulini 
qo’llaydi. Bunda № 1-jurnal orderining vedomost tomonida 5010–«Milliy 
valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debeti bo’yicha aks ettirilgan 


321 
summalarni №2-jurnal orderda aks ettirilgan. 5110–«Hisob-kitob schyoti»ning 
kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to’g’ri kelishi shart.
To’g’ri kelmaslik hollari uchraganda summalar kassa kirim orderlari, bank 
ko’chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar koreshoklari bilan solishtiriladi, zarur 
hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi.
Agar bank ko’chirmalarida o’chirilgan, to’g’rilangan, shuningdek, qoldiqlar 
to’g’ri kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko’chirmani olish 
zarur.
Kassa muomalalarini tekshirishda kassa hisobotiga ilova qilingan 
hujjatlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3
a
shakl. «Kirim 
va 
chiqim 
kassa 
hujjatlarini 
ro’yxatga 
olish 
jurnali», 
ordersiz 
rasmiylashtiriladigan pul kirimi hujjatlari, KO-4 shakl «Kassa daftari», KO-5 
shakl «Kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish 
daftari», 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari», 5020-«Xorijiy valyutadagi 
pul mablag’lari», 5520-«Chek daftarchalari», 5610-«Pul ekvivalentlari», 5710-
«Yo’ldagi pul mablag’lari» va 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotlari 
yuritiladigan hisob registrlari (Jurnal-orderlar, vedomostlar, daftarlar, Bosh daftar, 
tegishli sanaga tuzilgan balanslar va boshqalar).
Bunda kassa hujjatlarini rasmiylashtirishga ham e’tibor berish zarur, xususan 
har bir hujjatda oluvchilar imzosi borligi; kirim hujjatlariga «olindi» degan, 
chiqim hujjatlariga esa «to’landi» degan shtamplar bosilganligi hamda ularning 
sanasi ko’rsatilganligi, shuningdek, ularda o’chirilgan va tuzatilgan izlar yo’qligi 
aniqlanishi lozim.
Amaliyotda kassaga doir suiste’mol qilishlar asosan ish haqi va hisobdor 
summalar bo’yicha ko’p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o’lik jonlar»ni kiritish, 
berilishi lozim bo’lgan jami summani oshirib ko’rsatish, kassa hisobotiga qayta 
qo’shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib, 
sanasini o’zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani 
ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi. Auditor bulardan 


322 
tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida quyidagilarga ham alohida 
e’tibor berishi lozim: 
*
tekshirilayotgan kassaning korxonada har chorakda to’satdan tekshirilishi; 
*
kassirning kassa hisobotlarini o’z vaqtida topshirishi; 
*
kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova 
qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to’g’risida bosh buxgalter yoki 
muovinining imzosi borligi; 
*
ish haqi berish, xizmat safari va xo’jalik sarflariga va boshqa maqsadlar 
uchun bankdan olingan pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi; 
*
kassa qoldiqlarining tekshirilayotgan korxona uchun bank tomonidan 
belgilangan limitga to’g’ri kelishi; 
*
berilmagan ish haqi summalari va realizatsiyadan tushgan nakd pul 
daromadlarining bankka o’z vaqtida topshirilishi; 
*
naqd pullarni begona shaxslarga ishonchnomasiz berish hollari va shunga 
o’xshashlar; 
*
to’lg’azilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzo 
qo’yilishi va cheklarni kassirga bankdan pul olish chog’ida mustaqil to’ldirish 
uchun berish hollari; 
*
chek daftarchasi bosh buxgalter seyfida saqlanishi o’rniga amaldagi 
tartibni buzib, kassirga berib qo’yilganligi; 
*
korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-3 
shakl) va «Kassa daftari» (KO-4 shakl)ning mavjudligi, daftarlarning barcha 
varaqlari raqamlanib, oxirgi betida varaqlar soni ko’rsatilganligi, ip o’tkazib 
boglanganligi hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanib 
muhrlanganligi; 
*
kassa orderlari va boshqa pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar va 
pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning haqiqiyligi;
*
kassa hujjatlariga maxsus shtamp bosilishi; 
*
pul mablag’lari, xarajatlar va boshqa balans schyotlariga olib borilib 


323 
hisobot taqdim etilmaydigan muomalalarning qonuniyligi; 
*
kassa muomalalariga oid schyotlar boglanishlari (korrespondentsiyalari) 
ning to’g’riligi; 
*
to’lanmagan summalarning o’z vaqtida deponentga o’tkazilishi va h. k.
Auditor bunday faktlar mavjud bo’lganda bu muomalalarning sababini, ular 
kimnning farmoyishi bilan amalga oshirilganligi va buning orqasida suiste’mol 
qilish berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim.
Kassa hujjatlarini tekshirish ayni paytda kassa va moliya intizomini tekshirish 
bo’lib ham hisoblanadi.

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish