Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

5. 
 
Mahsulot sotish auditi 
 
Sotuv hajmi va uning tarkibiy qismlarining auditi - ko’p jihatdan butun 
tekshiruvning sifatini belgilovchi muhim masalalardan biridir. 
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish auditining maqsadi - tayyor 
mahsulot to’liq kirim qilinganligini, sotishdan olingan tushum va sotilgan 
mahsulotning tannarxi to’g’ri hisoblanganligini aniqlashdan iborat. 
Tekshiruv jarayonida auditor quyidagi masalalarni hal etadi: 
- tayyor mahsulotni baholash bo’yicha usul asosli tanlab 
olinganligi va to’g’ri qo’llanilayotganini tasdiqlash; 
-
tayyor mahsulot to’liq kirim qilinayotganligini aniqlash; 
-
jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar hajmlarini tasdiqlash
-
jo’natilgan 
va 
sotilgan 
mahsulotlar 
tannarxini 
tasdiqlash. 
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha hisob yuritilishi 
holatini tekshirish bo’yicha ma’lumot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadm: 
tayyor mahsulotni omborda hisobga olish bo’yicha varaqalar, preyskurantlar, 
maheulotni etkazib berish to’g’risida shartnomalar, hisobvaraq-fakturalar, sotish 
bo’yicha daftarlar, tayyor mahsulotni berish to’g’risida yuk xatlari, xaridorlar 
ishonchnomalari, tushum kelib tushganligi to’g’risida dastlabki bank va kassa 
hujjatlari (to’lov talabnomalar, talabnoma-topshiriqnomalar, kirim kassa orderlari 
va boshqalar), 2010, 2810, 2910, 9010, 9110, 5010, 5110, 4010, 6310-sonli va 
boshqa hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari (ro’yxatnomalar, jurnal-orderlar, 
mashinogrammalar), Bosh kitob, "Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot" (2-sonli 
shakl) va boshqalar. 


312 
Daromadlar olish tsikliga taalluqli bo’lgan operatsiyalar quyidagi 
faoliyat ko’rsatish vaqtida amalga oshiriladi: 
-
buyurtmalarni qabul qilish; 
-
kreditlarni berish; 
-
mahsulotlar va xizmatlarni etkazib berish; 
-
xaridorlarga hisobvaraqlarni yozib berish; 
-
qarzlarni undirish (muddati o’tgan hisobvaraqlar); 
-
pul tushumlarini olish. 
Nazorat samaradorligini baholash uch bosqichdan iborat: a) na-zorat 
tizimini o’rganish; b) nazorat samaradorligini baholash; v) na-zorat muolajalarini 
tekshirish (testlashni o’tkazish). 
Ko’zdan kechirish bosqichida hujjatlashtirishni uch turdagi usulda amalga 
oshirish mumkin: og’zaki yoritish, ichki nazorat bo’yicha savolnoma va blok-
chizma. Ushbu bosqichda hujjatlarni tayyorlash uni yakunlanlash degani emas. 
Hujjatlarni tayyorlashda auditorlar tomonidan sharhlarni tayyorlashdan maqsad
 - 
nazorat tizimini o’rganish ekanligini unutmaslik lozim. 
Blok-chizmalar va savolnomalar - bu daromad olish tsikli bo’yicha, sotish, 
pul olish va debitorlik qarzlari bosqichlaridan iborat nazorat tizimining afzalroq 
elementlaridir. 
Ichki nazorat tizimi samaradorligi va mahsulotni ishlab chiqarish va sotish 
bo’yicha operatsiyalar hisobini dastlabki baholash uchun foydali vosita bo’lib 
maxsus savolnoma bo’yicha test savolnomalarini qo’llash hisoblanadi. 
Olingan javoblarni tahlil qilib bo’lib, auditor mahsulotni ishlab chiqarish va 
sotish jarayonini nazorat qilish
 
yo’nalishlarini aniqlashi va har bir yo’nalish 
bo’yicha eng ma’qul bo’lgan muolajalarni tanlab olishi, mahsulotni ishlab 
chiqarish va sotish operatsiyalar tsikllari bo’yicha auditorlik tekshiruvining 
dasturini tayyorlashi lozim.


313 
Avvalambor, auditor korxonada tayyor mahsulot qanday baholanishini 
aniqlashi kerak. Xozirgi kunda mahsulot baholashning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: 
- amaldagi (to’liq) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha; 
- ulgurji narxlar qat’tiy hisob narxlari sifatida qabul
 
qilingan sotishning ulgurji narxlari bo’yicha. Bunda farqlar 
alohida hisobvaravda hisobga olinadi; 
- rejali 
(me’yoriy) 
ishlab 
chiqarish 
tannarxi 
bo’yicha. 
Shuningdek, amaldagi ishlab chiqarish tannarxi farqlari rejali yoki 
me’yoriy narxlardan alohida hisoblanadi:
\
-QQS summasiga oshirilgan erkin sotish narxlari bo’yicha; 
- erkin bozor (sotuv) narxlari bo’yicha. 
Tayyor mahsulotni baholash bo’yicha tanlab olingan usul korxona hisob 
siyosatining elementi sifatida qayd etilishi, hisobvaraqlarning ishchi rejasida esa 
uning hisobga olish uchun tegishli hisobvaraqlar belgilanishi lozim. 
Tayyor 
mahsulotning 
to’liq 
kirim qilinganligi xom ashyo va 
materiallarning xarajati bo’yicha muqobil balans tuzish, tayyor mahsulotlarning 
chiqarilishini me’yoriy sarf-xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilash yo’llari 
bilan tekshirish mumkin. Ishlab chikarilgan mahsulot hajmlarini tekshirish uchun 
dastlabki hujjatlar va ishlab chiqarish hisobotlari, tugallanmagan ishlab chiqarish 
bo’yicha inventarlash dalolatnomalari, tahliliy va sintetik hisob registrlari 
ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda "Ombordagi tayyor mahsulot" 
hisobvarag’ining debetida hisobga olingan tayyor mahsulotning xaqmqiy ishlab 
chiqarilishi va omborga topshirilishi 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish