Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g„oyalari



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
14.4. F.Xayek va uning ijtimoiy-iqtisodiy g„oyalari 
 
Fridrix  fon  Xayek  (1899–1992-y.)  neoliberalizmning  otasi 
hisoblanadi.  U  juda  ko‗p  iqtisodiy  va  ijtimoiy-falsafiy  mazmundagi 
asarlar  muallifi.  “Baholar  va  ishlab  chiqarish”  (1929),  “Pul 
nazariyasi  va  iqtisodiy  sikl”  (1933),  “Foyda,  foiz  va  investitsiyalar” 
(1939), “Kapitalning sof nazariyasi” (1941), “Qullikka yo„l” (1944), 
“Erkinlik  konstitutsiyasi”  (1960),  “Sof  pullar”  (1976),  “Erkin 
kishilarning  siyosiy  tuzumi”  (1973-1979)  va  boshqalar  shular 
jumlasidandir. 
Inson  erkinligining  ustunligini  F.Xayek  bosh  tamoyil  sifatida 
ko‗rsatadi. Erkinlik bu davlat tomonidan har qanday majbur qilishning 
bo‗lmasligi. F.Xayek fikriga ko‗ra davlat  maorifni tashkil qilish bilan 
ham,  ijtimoiy  sug‗urtani  tashkil  qilish  bilan  ham,  kvartira  haqi 
stavkasini tartiblash bilan ham shug‗ullanmasligi kerak, bunday xatti-
harakatlar  ―ma‘muriy  despotizm‖dan  boshqa  hech  narsa  emas; 
davlatni  pul  emissiyasini  amalga  oshirishdagi  monopol  huquqidan 
ham mahrum etish kerak; davlatga ishonib topshirish mumkin bo‗lgan 


264 
maksimum  narsa  bu  qarilik  pensiyalarini,  ishsizlik  bo‗yicha 
nafaqalarni to‗lash.  
F.Xayek ―o‗z-o‗zidan bo‗ladigan tartib‖ konsepsiyasini qattiq turib 
himoya qildi. Unga ko‗ra zamonaviy jamiyatni tavsiflovchi uning barcha 
elementlari  yig‗indisi hech vaqt inson tomonidan ongli ravishda tashkil 
etilishi  mumkin emas  (chunki uning bilimi, ongi cheklangan), aksincha 
ular  o‗z-o‗zidan  yuz  beradigan  tartib  doirasida  rivojlanib  boradi.  ―Biz 
hodisalar  o‗rtasidagi  aloqani  muayyan  darajada  tushunishimiz  mumkin, 
lekin  ularni  boshqara  olmaymiz‖,  -  deb  yozadi  F.Xayek.  Ijtimoiy  tartib 
ongli xatti-harakat natijasi bo‗lishi mumkin emas. Jamiyatda o‗rnatilgan 
tartib o‗z-o‗zidan bo‗ladigan xatti-harakat natijasidir. 
F.Xayek  makroiqtisodiy  tahlilga  salbiy  munosabatda  bo‗lgan. 
Uningcha  mikroiqtisodiy  jarayonlarni  tadqiq  qilish  bir  butun 
iqtisodiyotning  amal  qilishini  tushuntirib  berish  uchun  zarur  va  yetarli 
hisoblanadi. 
Alohida 
xo‗jalik 
subyektlari 
xatti-harakatining 
muvofiqlashuvi  muammosi  axborot  yordamida  hal  etilib  turiladi. 
Axborot  bozor  bahosi  mexanizmi  orqali  kelib  tushadi,  u  xo‗jalik 
ishtirokchilariga ustunlik beradi. 
Bozorning samaradorligi shunda ko‗rinadiki, unda aniq axborotlar 
yetarli  va  ular  tez  tarqaladi.  Natijada  ideal  emas,  lekin  shunga  yaqin 
muvozanat  o‗rnatiladi.  F.Xayek  sotsializmni  tanqid  qiluvchilardan  biri 
sifatida to‗liq va operativ axborotga ega bo‗lmagan markaziy rejalashtirish 
bozor iqtisodiyotiga o‗xshab samarali amal qila olmasligini ko‗rsatib berdi. 
Baholarning  bir  markazdan  o‗rnatilishi,  ularning  ustidan  nazorat  qilib 
turilishi,  F.Xayekning  fikri  bo‗yicha  axborotning  buzilishiga,  noto‗g‗ri 
tarqalishiga  olib  keladi.  Baho  talab  va  taklifni  to‗g‗ri  aks  ettirmaydi, 
mahsulotlarga  bo‗lgan  talab  to‗g‗risida  ishlab  chiqaruvchi  aniq  tasavvurga 
ega bo‗lmaydi. 
F.Xayek  bo‗yicha  pul  emissiyasiga  bo‗lgan  davlat  monopoliyasi 
erkin  jamiyat  uchun  zararli,  negaki  hukumat  bunday  monopoliya 
yordamida  o‗z  fuqarolari  hisobiga  davlat  muammolarini  yechishga 


265 
urinadi  (masalan,  davlat  qarzi  muammosi,  davlat  xarajatlarining 
ko‗payib  ketishi  va  b.).  U  davlat  emissiyasini  xususiy  emission 
banklarning  erkin  raqobati  bilan  almashtirishni  taklif  qiladi.  Xususiy 
valyutalarni  chiqarayotgan  banklar  o‗rtasidagi  erkin  raqobat  natijasida 
odamlar  kundalik  hayotda  foydalanish  qo‗l  keladigan  ancha  barqaror 
valyutani tanlash imkoniyatiga ega bo‗ladilar. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish