Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

to„g„risida ma‟ruzalar» (1935) asarida iqtisodiy masalalarni madaniyat 
va  sotsiologiya  muammolari  bilan  o‗zaro  aloqada,  ammo  asosan 
psixologik  tahlil  asosida  tatqiq  etadi.  Siyosiy-iqtisodiy  institutlar 
to‗g‗risidagi  ta‘limot  sifatida  qaraladi.  Kapitalistik  ishlab  chiqarishni 
tartibga  solish  zarurligi,  Mitchell  ta‘limotining  bosh  g‗oyasi  bo‗lib 
hisoblanadi. 
Mitchell  institutsionalizmi  Veblen  nazariyasidan  birinchidan, 
tanqidiy  emasligi  bilan,  ikkinchidan,  uning  nazariyasi  abstrakt 
bo‗lmasdan  o‗sha  davrning  empirik  tadqiqoti  ekanligi  bilan  farq  qilar 
edi.  U  o‗z  asarlarida  inqirozsiz  «amaliy  sikl»  masalalariga  alohida 
e‘tibor  berib,  inqirozlarning  haqiqiy  sabablarini  bo‗yab  ko‗rsatishga 
uringan, pul muomalasi muammolarini diqqat markazida tutgan. Moliya 
va  pul  muomalasi  institutlar  insonlarning  moliyaviy  xulq-atvoridagi 
o‗zgarishlarni o‗rganadi. Uning fikricha tadbirkorlar jamiyat manfaatlari 
emas,  balki  o‗z  foydalarini  ko‗paytirish  uchun  harakat  qiladilar  va  bu 
axloqiy  harakat  oqlanadi,  mavjud  institutsiya  (davlat,  mulk  va 
boshqalar) bunga imkon beradi.  
Insoniy  jamiyat  rivoji  ayrim  individlar  taraqqiyoti  shaklida  emas, 
balki jamiyat a‘zolarining kollektiv aloqalarining takomillashuvi sifatida 
xarakterlanadi. 
Bu 
aloqalar 
takomillashuvi 
shu 
institutlarning 
evolyutsiyasi, davlat institutlarining rivoji hamda ularning iqtisodiyotga 
aralashuvi,  deb  qaraladi.  Kapitalizm  qarama-qarshiliklarini  yechishda 


234 
davlat  yo‗li  bilan  tartibga  solish  eng  qulay  vosita,  deb  qaraladi. 
Iqtisodiyotni o‗rganishda  matematika va statistikani keng qo‗llash yo‗li 
bilan Mitchell «kichik va katta sikllar» davomiyligini hisoblab chiqdi. U 
o‗zining  hisob-kitoblariga  asoslanib,  kapitalizmning  inqirozsiz 
rivojlanish modeli loyihasini yaratdi. Bu olimning tadqiqotlaridagi ijobiy 
tomonlar shundan iboratki, mamlakatlarning milliy xo‗jaliklari bo‗yicha 
boy  faktik  materiallar  to‗plandi,  ular  asosida  natural  va  qiymat 
ko‗rsatkichlarining rivojlanib boruvchi qatorlari yaratildiki, bu «dinamik 
qatorlar»  tahlili  nomini  oldi.  Bu  tahlil  asosida  olingan  jamlovchi 
ko‗rsatkich  va  indekslar  iqtisodiyotdagi  haqiqiy  ahvolni  aks  ettirgan  va 
kapitalistik  konyunkturani,  ayniqsa,  ishlab  chiqarishning  ayrim 
tarmoqlaridagi holatni baholashlda ulardan foydalanilgan.  
Bu yo‗nalish tarafdorlari sikllarni o‗zaro aloqador parametrlarning 
ta‘siri  oqibatida  vujudga  keladi  va  kapitalistik  ishlab  chiqarish 
dinamikasini  belgilaydi,  deb  qaraydilar.  Shu  sababli  ular  sikllarni 
tasodifiy  yagona  hodisa  emas,  balki  doimiy  kapitalizm  iqtisodiyotiga 
xos  xususiyat,  deb  hisoblaydilar.  Ular  tadqiqot  qilayotgan  omillar 
qatoriga  birinchilardan  bo‗lib  muomala  sohasi  ko‗rsatkichlarini 
qo‗yadilar, ya‘ni narxlar, aksiyalar kursi, pul muomalasi va boshqalar.  
Mitchell  tadqiqotlari  empirik  va  institutsional  uslublarning 
qorishmasidan  iborat.  U  iqtisodiy  siklning  amaldagi  modelini 
loyihalashtirishga muvaffaq bo‗la olmadi.  
U.  Mitchell  o‗z  ustozining  ilmiy  xizmatlari  va  unga  bo‗lgan 
cheksiz  hurmati  sifatida  «Veblen  ta‘limoti»  asarini  yaratdi,  unda 
ustozning  kitob  va  maqolalaridan  ko‗chirmalar  keltiriladi,  bu  kitob 
Mitchell vafotidan keyin nashr etilgan.  
Siklik  (davriy)  o‗zgarishlar  nazariyasiga  rus  olimi  N.D.Kondratev 
(1892-1938)  katta  hissa  qo‗shdi.  U  jahondagi  yetakchi  kapitalistik,  deb 
nomlangan  mamlakatlar  iqtisodiyotining  ko‗p  yillik  (100-150  yil) 
rivojlanishini tahlil etib, bu o‗zgarishlarning bir yildan kam (fasliy), 3,5 
yillik,  7-11  yillik  savdo-sanoat  va  50-60  yillik  katta  sikllarini  ajratib 


235 
berdi.  U  1929-yildagi  «Buyuk  depressiyani»  oldindan  (prognoz)  aytib 
bergan,  ammo  sovet  davrida  «kapitalizm  qachon  o‗ladi»  degan  savolga 
«kapitalizm  o‗lar,  ammo  qachonligini  ayta  olmayman»  deb  javob 
berganligi  uchun  qatag‗onga  uchragan  va  otilgan.  Bu  olimning  buyuk 
xizmatlari jahon iqtisodchilari tomonidan yuqori baholangan va amalda 
qo‗llanilmoqda. 
  

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish