P.J.Prudon g„oyalari
Fransuz publitsisti, mayda ishlab chiqarish nazariyotchisi Per Jozef
Prudon (1809-1865) kambag‗al kosib oilasida tug‗ilgan. Moddiy
jihatdan nochorligi sababli kollejdagi o‗qishni tugatmagan, sherik
hamkorining mablag‗i hisobiga kichik bir bosmaxonani ishlatib, zo‗r
berib o‗z ma‘lumotini oshirish bilan shug‗ullangan. Ilmu-fanni
o‗rganishni avvalo, muhtojlikdan qutulish usuli, deb bilgan.
P.Prudon 1838-yilda Bezanson akademiyasi tomonidan kam
ta‘minlangan yosh olimlarga ajratilgan uch yillik stipendiyani olib
Parijga ko‗chib o‗tdi. Parijda u J.B.Sey, S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen-
173
Simon, Sh.Fure va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari bilan yaqindan
tanishdi. 1840-yilda P.Prudonning «Mulkchilik nima?» nomli mashhur
asari e‘lon qilindi. Ushbu asarda kapitalizmni tanqid bosh mavzu
bo‗lsada, hali olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 1846-yilda
P.Prudonning «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki qoshshoqlik falsafasi»
nomli yana bir asari e‘lon qilindi. Asarda olim kapitalizmni isloh
qilishning amaliy dasturini ishlab chiqishga, siyosiy kurashning
behudaligini asoslashga urindi. 1848-yilda nashrdan chiqqan «Ijtimoiy
masalalarning hal etilishi» nomli yangi asarida olim har qanday
inqilobiy chiqishlarni keskin qoralaydi.
P. J. Prudon Xalq banklari konsepsiyasini e‘lon qilib, xalqni
ijtimoiy islohotlarga chorlaydi. P.Prudon siyosiy iqtisodni «aql-
zakovatning abadiy qonunlari» to‗g‗risidagi fan, deb biladi. P.Prudon va
S.Sismondi nazariy qarashlarida biz juda yaqinlik va o‗xshashlik
hollarini uchratishimiz mumkin. Ayniqsa, ularning uslubiyotlarida bu
holat quyidagicha aks etadi:
Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib,
boshqarish mumkin bo‗lgan raqobatni topib tashkil etish.
Ikkinchidan, xo‗jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy
ko‗rsatkich va manbalarni asosiy, deb hisoblamasdan, balki mehribonlik,
axloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalarni, shuningdek,
inson hayotining eng oliy ne‘mati tenglik va tinchlikni asosiy, deb
hisoblash.
Uchinchidan, ko‗p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda
iqtisodiy hodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub
qilib olinib, unga alohida e‘tibor berildi.
P.Prudon o‗zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib
chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko‗p
masalalar xususidagi fikrlarni bayon etadi. Mehnat taqsimoti, tovarning
xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish
kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o‗zining eng muhim
asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....» da avvalgi mehnat
taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning
ko‗payishiga
imkon
bersa,
ikkinchi
tomondan
qashshoqlikka,
174
kambag‗allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda,
mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va
zararli xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o‗rinda
ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari
yondashuv sezilib turadi. Prudon tovarning xususiyatini ham mana
shunday pozitsiyalardan turib «tadqiq» qiladi. Uning fikricha
qiymatning abadiy g‗oyasi mavjud, bu g‗oya iste‘mol qiymati talab va
kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati esa taklif va mo‗l-ko‗lchilik bilan
belgilanadi. Talab bilan taklif o‗rtasidagi kurashda tovarning qiymati
yoki narxi belgilanishini ta‘kidlaydi.
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g‗ayriilmiy
pozisiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini
oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning
yoppasiga ko‗tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib borar
emish.
P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini
tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa, deb talqin
etib, butun kapitalning harakatini uning protsent keltiradigan qismi
harakatidan iborat, deb talqin etadi. Ssuda kapitalining harakatini Prudon
qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o‗rtasidagi bitim, deb hisobladi.
Prudonning nazariy sistemasida protsent mehnatni ekspluatatsiya
qilishning asosiy shakli tarzida namoyon bo‗ladi. Shu bilan birga u
protsent bilan yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmi
o‗rtasidagi o‗zaro aloqani tushunmaydi.
P.Prudon o‗zining «belgilangan qiymat» nazariyasini butun
iqtisodiy bilimi negizi, deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o‗zib
ketish
pinhona
istagigina
emas,
shu
bilan
birga
ijtimoiy
o‗zgartirishlarning yo‗llarini belgilash istagi ham namoyon bo‗ldi. Tovar
ishlab chiqarishini Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy
mustaqilligining cho‗qqisi, deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi
bo‗lgan Prudon bozor mexanizmining ba‘zi bir salbiy jihatlarini:
mollarning qalashib ketishini, nomunosiblikni, xonavayron bo‗lish va
shu kabilarni tan oladi. Prudon asosiy iqtisodiy ziddiyatlarni
«qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste‘mol va ayirboshlash qiymati
175
g‗oyalaridan iborat, deb biladi. «Belgilangan yoki sun‘iy» qiymat
murosaga keltiruvchi timsol bo‗lib ko‗rinadi. Bunday qiymat
ayirboshlashda vujudga keladi. U tovarning ijtimoiy boylik tarkibiga
bemalol kirib borishini bildiradi.
Binobarin tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini
bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo‗yib
qo‗yish, yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul
o‗rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni
«belgilangan» qiymatga ega bo‗lgan dastlabki tovarlar, deb ataydi.
P.Prudon daromad to‗g‗risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda
daromadning asosiy manbayi deb qabul qilingan mehnat, kapital va
yerning mazmunini ko‗rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha ishlab
chiqarish jarayonining o‗zi har uchala elementning ishga tushurilishi
natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o‗zi hech narsa ishlab
chiqarmasdan o‗z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o‗z mehnati
natijasida hosil bo‗lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi
sifatida olishni adolatsizlik, deb baholaydi. P.Prudonning takror ishlab
chiqarish nazariyasi uning daromadlar to‗g‗risidagi fikrlari asosida
rivojlantiriladi.
Takror
ishlab
chiqarish
jarayoni,
olimning
fikricha
hamjamiyatdagi ishlab chiqarish va iste‘molning muvozanati asosida
bo‗ladi. Lekin amaliyotda mulkchilarning ishlamay qo‗yganligi bu
prinsipning buzilishiga va natijada J.B.Sey ko‗rsatib o‗tgan «iqtisodiy
qonunning» ham buzilishiga olib kelmoqda.
P. Prudon ijtimoiy masalalarni hal qilishi zarur bo‗lgan
kapitalizmni isloh qilish loyihalarini o‗zining ko‗pgina asarlarida e‘lon
qiladi. Ushbu asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan
birga inqilobiy chiqishlar haqidagi har qanday fikrni inkor etadi.
Olimning islohotchilik g‗oyalarining ayrimlari S.Sismondi qarashlariga
o‗xshash bo‗lib, ular quyidagilarda o‗z aksini topdi:
• «uchinchi shaxslar» ya‘ni dehqonlar, hunarmandlar va mayda
kustar ishlab chiqaruvchilarning jamiyatdagi o‗rniga rahimdillik bilan
xayrixohlik bildirish;
176
• «mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni» iqtisodiyotdagi
yetakchilik o‗rnini e‘tirof etish bilan ularning shart-sharoitlari,
ta‘limotlarida to‗liq tenglikka erishish;
• ijtimoiy adolat tamoyillariga mos ravishda jamiyat
manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng
daromad berish;
• kapital va daromadlar bir kishi qo‗li ostida konsentratsiya
qilinishiga va ayniqsa, mehnatni ekspluatatsiya qilishga yo‗l qo‗ymaslik.
Bundan tashqari faqat P.Prudon islohotchiligiga xos quyidagi g‗oyalarni
alohida ajratib ko‗rsatishimiz mumkin:
• pulning (muomalada) haraktini bekor qilib, uning o‗rniga ishchi
pullarni muomalaga kiritish;
• foizni yo‗q qilish hisobiga foizsiz kreditlarni tashkil qilish;
• xalq banklarini tashkil etish;
• islohotlar amalga oshirish jarayonining xotimasi sifatida
hukumatni bekor qilish.
Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon Xalq bankiga katta umid
bog‗laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3
xil o‗ziga xoslik bilan farq qilar edi:
Birinchidan, undagi metall pullar dastlabki bonlar chiqarilishi
sababli pulga va tijorat voqealariga almashtirish yo‗li bilan sekin-asta
muomaladan chiqarilar edi.
Ikkinchidan, foizni birdaniga yo‗q qilmasdan, balki yuqori qayd
qilingan bosqichni amalga oshirishni 2%dan eng kam daraja-0,25%ga
tushirish hamda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi.
Uchinchidan Xalq banki kapitalni o‗ziga jalb qilmay, balki
aksincha kapital bilan yuzaga keladi.
P.Prudonning hukumatni bekor qilish g‗oyasi islohotlarni amalga
oshirish davrida sinflarning umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o‗z
mehnatining haqiqiy haqini oladigan sinfning yuzaga kelishi o‗z
navbatida, hukumat faoliyatini keraksiz qilib qo‗yadi (anarxizm
g‗oyasi).
Prudon kapitalizmni isloh qilish loyihasida mayda tovar ishlab
chiqaruvchining o‗z moli sotilishiga kafolat olish, mayda do‗kondorning
177
foizsiz kredit olish to‗g‗risidagi asriy orzusini, burjua ziyolisining
kapitalizm sharoitida mutlaq mehnat erkinligi, qiymat qonuni asosida
tenglik imkoniyati to‗g‗risidagi xomxayollarini ifodalagan edi.
Prudonning «sotsializm»i tovar bilan pul o‗rtasidagi aloqani
soxtalashtirishga asoslangan. Shu loyihaning muallifi xususiy ishlab
chiqarishni tovarni saqlab qolishga, ammo pulni ayirboshlashni,
ayirboshlash qiymatini bekor qilishga intilgan edi.
Prudon va prudonizm o‗z davrida ishchilar harakatiga jiddiy xatar
solganligi sababli proletar ta‘limotining asoschilari Prudonning mayda
ishlab chiqarish reformizmiga (islohotchiligiga) qarshi murosasiz
kurashdilar. Uni proletariatga dushman va revolyutsion harakatga xalaqit
beruvchi bir oqim, deb fosh qildilar. Bu kurashni K.Marks XIX asrning
40-yillari o‗rtalaridayoq «Falsafa qashshoqligi» asarini tayyorlashdan
boshladi va marksizm rivojining keyingi davrlarida ham shu kurash
davom etdi.
Prudon falsafada Gegeldan, siyosiy iqtisodda esa A.Smit bilan
D.Rikardodan yuqori ko‗tarila olmadi. Uning ijtimoiy dasturlarida
mafkuraviy yo‗nalishni fosh qilishda alohida vazifalar kelib chiqdi.
Prudonizm mayda ishlab chiqarish muhitiga va uning puch xayollariga
tayanib, uzluksiz ravishda o‗zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |