Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
 
X BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUXOLIF-
SOTSIALISTIK YO„NALISH MOHIYATI VA UNING 
TARIXIY TADBIRI 
10.1. A. Sen-Simon, SH. Fure va R. Ouen  
iqtisodiy qarashlari 
 
Fransiyada  burjua  inqilobidan  keyin  kapitalizm  yanada  tez 
rivojlandi.  Fransuz  mutafakkiri  Sen-Simon  jamiyat  oldida  doimiy 
ravishda  ko‗ndalang  bo‗lib  qolgan  yangi  muammolarga  birinchi  bo‗lib 
javob berishga urindi.  
A.K.Sen-Simon  Anri  Klod  de  Rebrua  Sen-Simon  (1760-1825-
yy.)  Fransiya  xayoliy  sotsializmining  namoyandasi  bo‗lib,  1789-1794-
yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan 
bo‗lib,  Sanoat  sistemasi  haqida‖,  ―Inson  haqidagi  fan  ocherklari‖, 
―Sanoat  yoki  siyosiy,  ma‘naviy  va  falsafiy  mulohazalar‖,  ―Yangi 
xristianlik‖  va  boshqa  shu  kabi  mashhur  asarlar  muallifi  hisoblanadi. 
Sen-Simon  maxsus  iqtisodiy  tadqiqotlarni  amalga  oshirmadi,  balki 
asosiy e‘tiborni ijtimoiy  muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat 
to‗g‗risidagi  umidini  aql-idrokka,  ma‘rifatga  bog‗ladi;  u  insonning  aql-
idrokini  tarixiy  jarayonning  to‗la  hokimi  va  rahbari  sifatida  bildi, 
jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo‗llarini tashviqot qilishni esa o‗z 
ta‘limoti amalga oshirilishining bosh vositasi, deb hisobladi. 
 Fransuz  ma‘rifatparvarlaridan  farq  qilib,  Sen-Simon  ishlab 
chiqarishdagi  inson  faoliyati,  mulkchilik  formalari  kabi  iqtisodiy 
faktorlarga  katta  baho  berdi.  U  ―Ilk  davr‖,  ―Qulchilik‖,  ―O‗rta  asrlar‖, 
―Hozirgi  davr‖  va  ―Oltin  asr‖larni  alohida  ajratib,  ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalarni  ko‗rsatib  o‗tdi.  ―Hozirgi  davr‖  (ya‘ni  XIX  asrning 
ikkinchi  yarmi)  o‗tish  davri,  deb  belgilanib,  ―...bu  davrda,  deb  yozadi 
Sen-Simon  olimlar,  tadbirkorlar  va  ishchilardan  iborat  sanoatchilar 


182 
shakllanadi,  ular  qirol  hukumati  bilan  birgalikda  odil  jamiyatni  barpo 
etishlari  kerak,  bu  esa  o‗z  navbatida  ―Oltin  asr‖ga  kirib  kelishni 
ta‘minlaydi.‖  Sen-Simon  o‗zining  tarixiy  konsepsiyasidan  kelib  chiqib, 
hozirgi  davrni  o‗rganib  borish  uchun  o‗tgan  davrga  nazar  tashlash 
kerakligini  aytib,  ―har  bir  alohida  olingan  davr  mulohazasida  juda 
yuzaki, hatto noto‗g‗ri qisqacha xulosalarlarni beradi, so‗nib borayotgan 
o‗tmish  qoldiqlari  tug‗ilib  kelayotgan  kelajak  bilan  qorishtirib 
yuboriladi‖,  deb  ko‗rsatadi.  Tarixiyligiga  qaramay  Sen-Simonning 
jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi idealistik edi, chunki uning asosini 
fan  taraqqiyoti,  ong  va  g‗oyalar  ravnaqi  tashkil  etardi.  Lekin  uning 
idealistik  tarixiy  konsepsiyasida  ayrim  materialistik  fikrlar  ham  yo‗q 
emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi 
burjuaziyaning  shakllanishiga  sabab  bo‗lganligini,  iqtisodiy  holat  esa, 
mulkchilikka  tobe  bo‗lgan,  o‗ziga  xos  ijtimoiy-tarixiy  formalarni 
vujudga keltirishini aytib o‗tadi 
.Sen-Simonning  bo‗lajak  adolatli  jamiyati  industrial  sistema,  deb 
nomlanib,  u  industrial  jamiyat  yirik  sanoat  ishlab  chiqarishi  bazasi 
asosida  rivojlanadi,  sanoat  -alohida  reja  asosida,  boshqaruv  esa  yagona 
industrial  markaz  orqali  amalga  oshiriladi,  deb  hisoblagan  edi.  Sanoat 
ishlab  chiqarishining  taraqqiyoti  va  mahsulotlarni  taqsimlash  olimlar 
tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo‗lgan sanoat kapitalistlari 
boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg‗ul bo‗ladilar, ishchilar esa ishlab 
chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarur. Sen-
Simon  yangi  ijtimoiy  tashkilotni  vujudga  keltirishda  ayniqsa  sanoatda 
anarxiyaga  (hokimiyatsizlikka)  yo‗l  qo‗yilmasligiga  va  reja  asosidagi 
markaziy  boshqaruvga  katta  e‘tibor  berishni  taklif  etadi.  Sen-Simon 
qarashlariga  ko‗ra  erkin  raqobatga  asoslangan  ijtimoiy  tuzim  bu  tugab 
borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o‗tish davridagina emas, 
balki  inqilobiy  harakatlardan  xoli  minch  va  tez  sur‘atlarda  ijtimoiy 
tenglikka asoslangan ―industrial jamiyat‖ga o‗tish davri hamdir.  


183 
Adolatli 
―industrial  jamiyat‖  qurilishi  haqidagi  o‗zining 
mulohazalarida  u  ilmu-fan  va  ilg‗or  nazariyalarga  yuqori  baho  berib, 
bo‗lg‗usi  yangiliklarni  tarixiy  muqarrar,  deb  hisoblaydi.  Shu  bilan  bir 
qatorda  Sen-Simon  o‗zining  ―industrial  jamiyat‖ida  boshqa  xayoliy 
sotsialistlar kabi qarama-qarshi sinflarning yo‗qolib ketishi va hokimiyat 
tomonidan  siyosiy  funksiyalarga  nisbatan  iqtisodiy  funksiyalarga  katta 
e‘tibor berilishini taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, 
xayoliy sotsializmning boshqa barcha vakillaridan farq qilib, Sen-Simon 
sotsializmda  xususiy  mulkchilik  bo‗lishini  inkor  etmaydi,  balki  aynan 
xususiy  mulkchilik  va  undan  foydalanishni  tartibga  soladigan  qonun 
zarurligini  ko‗rsatib  o‗tadi.  Shuningdek,  olim  o‗z  qarashlarida 
anarxiyaga  insonlarga  ziyon  yetkazuvchi  boshqaruv,  deb  qarab  uni 
tanqid  qiladi.  U  mavjud  o‗zgarishlar  tezlik  bilan  rivojlanib,  davlatning 
to‗liq  kamolotini  ta‘minlaydi,  insonlar  esa  erishishlari  mumkin  bo‗lgan 
tenglik  va  ayniqsa,  mo‗l-ko‗lchilikka  faqat  shu  ―industrial  jamiyat‖ 
yordamida  yetib  boradilar,  deydi.  Garchi  Sen-Simon  yangi  ijtimoiy 
tuzumning  haddan  tashqari  mujmal  manzarasini  tasvirlagan,  shu 
jamiyatga borishning noto‗g‗ri yo‗lini ko‗rsatgan bo‗lsa ham uning ba‘zi 
taxminlari  katta  kelajakka  molik  edi.  U  proletariatning  nazariyotchisi 
emas edi va shu sababli uning tarixiy rolini tushunmadi. Ayni vaqtda u 
ishchilar ahvolining naqadar og‗irligini ko‗rdi. ―Mening maqsadim,-deb 
yozgan  edi  u,  -Yevropadagina  emas,  butun  dunyoda  ham  shu  sinfning 
qismatini  yengillashtirishdan  iborat‖.  U  davlatni  ―odamlarni  boshqarish 
quroli‖dan  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish,  fan  va  san‘at  taraqqiyotini 
ta‘minlash,  ya‘ni  ―narsalarni  boshqarish  quroli‖ga  aylantirish,  tartib, 
osoyishtalikni  nazorat  qilishni  esa  jamoatchilikka  topshirish  kerak, 
degan  g‗oyani  ilgari  surdi.  Sen-Simonning  yangi  industrial  sistemasi 
sotsialistik  jamiyat  emas  edi,  chunki  unda  xususiy  mulkchilik,  kapital 
jamg‗arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi. Bu esa o‗z 
navbatida,  umumxalq  mehnatiga  asoslangan  rejali  keng  ishlab 
chiqarishni inkor etadi. Sen-Simon asarlarining asosi kapitalizmni tanqid 


184 
qilishdan iborat. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat, 
xalq  ommasining  qashshoqlashuvi  va  ishchilarning  ayanchli  ahvolda 
ekanligini kapitalizmning illati, deb hisoblaydi.  
Olim ishchilar, kapitalistlar va savdogarlarni bir sinf vakillari, deb 
ularni  industriallar,  deb  atadi.  Feodal  jamiyatining  hokim  sinflari 
bo‗lgan  dvoryanlar,  ruhoniylar  va  boshqa  amaldorlarni  esa  befoyda, 
keraksiz  sinflar,  deb  hisobladi.  Shuni  aytish  kerakki,  Sen-Simon 
kapitalizmni  ilmiy  ravishda  tanqid  qilmadi.  U  burjua  jamiyati 
bo‗ysunishi  zarur  bo‗lgan  iqtisodiy  qonunlarni  e‘tibordan  chetda 
qoldirdi.Sen-Simon  ta‘limotlarini  tashviqot  qilishda  uning  shogirdlari 
O.Rodrig,  V.Anfonten  va  O.Bazarlar  katta  rol  o‗ynadilar.  Ular  «Sen-
Simon  ta‘limoti»  kitobini  nashr  qildirib,  uning  nazariy  qarashlarini 
boyitdilar.  lekin  bu  olimlar  ham  burjua  jamiyatining  asosiy  sinflari  va 
ular  o‗rtasidagi  sinfiy  kurash  mohiyatini  to‗liq  tushunmadilar,  natijada 
XIX  asrning  30-yillariga  kelib,  Sen-Simon  maktabi  tor  doiraga  aylandi 
va tarqalib ketdi.  
Fransuz  xayoliy  sotsializmining  yana  bir  yirik  namoyandasi 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish