Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Boylik  va  pul  nazariyalari.  Merkantilistlardan  farqli  ravishda, 
U.Petti  fikri  bo‗yicha  nafaqat  qimmatli  metall  va  toshlar  hamda  pul 
boylik hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va 
hatto  uy  jihozlari  ham  boylikni  tashkil  etadi.  Bu  masala  bo‗yicha  o‗z 
fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan «Mehnat – boylikning 
otasi, yer esa uning onasi» degan iborani ishlatdi.  
Mamlakat boyligini ko‗paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi o‗rniga 
pul  jarimasini  joriy  etish  zarurligini,  pul  to‗lashga  «qurbi  yetmagan 
o‗g‗rilarni»  esa  «qullikka»  mahkum  etishni,  ishlashga  majbur  qilishni 


105 
tavsiya  etadi.  Bu  merkantilistlarga  qarama-qarshi  tarzda  boylik,  eng 
avvalo,  mehnat  bilan  yaratilishini  bildiradi,  ya‘ni  xo‗jalik  hayotidagi 
pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi.  
 
U.Petti  bu  fikrni  rivojlantirib,  chetga  pul  chiqarishni  taqiqlash 
bema‘ni  narsa  ekanligini  ko‗rsatib  o‗tadi.  Davlatning  bunday  xatti-
harakati, uning fikricha  mamlakatga chetdan tovar keltirishni  man etish 
bilan  bir  narsadir.  U.Petti  bu  fikrlari  bilan  o‗zini  pulning  miqdoriy 
nazariyasi  tarafdori  ekanligini  ko‗rsatdi  va  muomala  uchun  zarur 
bo‗lgan pul miqdori to‗g‗risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish 
etdi.  Ammo  uning  iqtisodiyotdagi  pulning  vazifasini  yuzaki 
tushunganligi  aniq  ko‗rinadi.  Bir  tomondan,  pulning  miqdoriy 
nazariyasi,  haqiqatdan  ham  «pul  o‗z-o‗zidan  boylik  mazmunini 
anglatmasligini»  ko‗rsatdi,  ikkinchi  tomondan  esa  –  U.Petti  va  undan 
keyingi  boshqa  klassik  iqtisodiy  nazariya  mualliflari,  M.Blaug  so‗zi 
bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e‘tiborni pulning 
muomala  vositasi  sifatidagi  vazifasiga  qaratgan  holda,  tovar  va  pul 
bozorlari  o‗rtasidagi  o‗zaro  bog‗liqlikni  keltirib  chiqaruvchi  pulning 
qimmatni  saqlash  vositasi  sifatidagi  funksiyasini  inkor  etdi.  Shuning 
uchun merkantilizmga nisbatan to‗g‗ri tanqidlari bilan birga U.Pettining 
bu  borada  noto‗g‗ri  tushunchalari  ham  bo‗lgan.  Masalan,  u  savdo  va 
savdo  kapitalining  milliy  boylik  yaratishdagi  ishtirokini  inkor  etdi  va 
hatto,  savdogarlar  sonini  ancha  kamaytirishni  qattiq  turib  ma‘qulladi. 
U.Petti 
savdogarlarni 
davlatning 
«qonini» 
taqsimlash 
bilan 
shug‗ullanuvchi  «o‗yinchilar»ga  o‗xshatadi.  U  «qon»  deganda  qishloq 
xo‗jaligi va sanoat mahsulotlarini nazarda tutadi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish