Daromadlar nazariyasi. Ishchilarning daromadlari, pul kapitali va
yer egalarining daromadlari to‗g‗risida U.Petti aytib o‗tgan qoidalar
keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining nazariy izlanishlari
uchun asos bo‗lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi
ish haqini mehnatning bahosi, deb hisobladi va uning darajasini
ishchining yashashi uchun zarur bo‗lgan vositalar minimumi bilan
ifodaladi. U.Petti, har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko„payishi
uchun» kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy
jihatdan isbotlab bermoqchi bo‗ldi: agar ishchiga ko‗rsatilgan
minimumdan ikki baravar ko‗p haq to‗lansa, u chog‗da ishchi ikki marta
kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy
berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to‗g‗risidagi mazkur qoidasi
«klassik maktabning» ko‗pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining
asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin D.Rikardo va T.Maltus
ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab, uni ishchining va
uning oilasining yashashi uchun zarur bo‗lgan vositalar minimumi bilan
bog‗lab tushuntirganlar.
Tadbirkorlar va yer egalari daromadlari U.Petti o‗zi umum-
lashtirgan tushuncha – ―renta‖ sifatida tavsiflanadi. U masalan,
dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga
ketgan xarajatlar o‗rtasidagi farqni renta, deb atagan (ya‘ni tuproq
107
unumdorligiga bog‗liq bo‗lgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda
foizining
kelib
chiqish
mohiyatini
ko‗rib
chiqqach,
U.Petti
soddalashtirib, bu ko‗rsatkich ―ssudaga beriladigan pulga sotib olinishi
mumkin bo‗lgan muayyan yer maydonidan olinadigan rentaga teng‖,
deb atadi.
Yana bir joyda yer uchastkasining bozorga uzoq-yaqin
joylashishidan kelib chiqadigan renta shakli ko‗rsatib beriladi. Aholi
yashash joylariga yaqin joylashgan yer uchastkalaridan nafaqat yuqori
renta olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday
unumdor, lekin aholi turar joylaridan ancha uzoq bo‗lgan yerlarga
nisbatan ko‗p bo‗ladi.
Shu bilan U.Petti yer bahosini aniqlash bilan bog‗liq bo‗lgan
muammoni yechib berishga uringan. Lekin bu yerda ham olim mazkur
muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, yerning bahosi bir
yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo‗lishi kerak. Ammo u bu
miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya‘ni yerning bahosini
keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko‗paytirish mumkin bo‗lgan
sonni topa olmadi.
Shu bilan birga uning yer bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan
ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o‗rtasidagi o‗zaro
bog‗liqlik g‗oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o‗ynadi.
Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o‗tadi. Ma‘lum ma‘noda xuddi
shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi.
Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi
mumkin bo‗lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo‗lgan pul
summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer
egasi o‗z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul
summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o‗sha summadan ko‗pini ham
ololmaydi, negaki bunday summani to‗lashga rozi bo‗lgan kapitalistga
birdaniga juda ko‗p yer uchastkalari taklif qilinadi.
Uilyam Petti hayoti davomida faqatgina bitta asarini chop ettirgan,
biroq o‗limidan so‗ng 10 yil davomida qolgan 4 ta kitobi ham nashr
etilgan. Bu kitoblar ko‗proq traktatlar bo‗lib, izchil tuzilmaga rioya
108
qilinmagan
edi.
Petti
to‗quvchilar
oilasida
tug‗ilgan
bo‗lib,
kambag‗allikni boshidan kechirgan yorqin olim edi, u 15 yoshigacha
navigatsiya, geometriya, arifmetika, lotin, grek, fransuz tillarini o‗rganib
bo‗lgan edi. Uilyam Petti dengizchi, fizik, kashfiyotchi va eng muhimi
iqtisodiy o‗zgaruvchanlik o‗lchovi mavzusini yoqlagan birinchi
iqtisodchi sifatida faoliyat ko‗rsatib, hayoti so‗nggida nihoyatda boyib
ketgan. Uning iqtisodiy qaydlari umumiy traktatlar emas edi, ular
Uilyamning amaliy qiziqishlari natijasi edi, jumladan ular soliq siyosati,
pul va o‗lchov masalalariga bag‗ishlangan edi.
Pettining Siyosiy Arifmetikasi 1676-yilda yozilgan bo‗lsa- da,
1690 – yilga qadar chop etilmagan. U siyosiy arifmetika metodologiyasi
yangilik kiritayotganini anglab yetgan edi.
Buni amalga oshirish uchun biroz noan‟anaviy usuldan foydalanaman.
Nisbiy va absolyut so„zlarni, intellektual ta‟kidlarni ishlatishdan ko„ra
men… son, og„irlik va o„lchovlar orqali tushuntiraman, sezgilarga ta‟sir
qiluvchi ta‟kidlarnigina ishlatish va faqat shunday sabablarni o„rganish
tabiiy asoslarga ega
12
.
U hayoti davomidagi va undan oldingi falsafiy o‗zgarishlardan
chuqur ta‘sirlangan. Aristotel va sxolastlar o‗z tahlillarini faqatgina so‗z
orqali ifoda etardilar, lekin Dekart, Gobbs va Bekonlar ilmiy fanga
induksiya, empiritsizm va matematikani olib kirdilar.
U. Petty ijtimoiy voqealarni o‗lchashda statistik usullarni
qo‗llashni ochiqchasiga ma‘qullagan birinchi olim bo‗lgan bo‗lsa kerak.
U aholi sonini, milliy daromadni, eksportni, importni va xalqning asosiy
jamg‗arilgan kapitalini o‗lchashga harakat qilgan. Uning uslubi haddan
tashqari xom bo‗lib, Adam Smitning siyosiy arifmetikadan kam
foydalanganligini ko‗rsatar edi.
U. Petti o‗z tahlili va siyosiy xulosalaridan oddiy merkantilist
bo‗lib ko‗rinsa ham, keyinchalik uning xulosalari iqtisodiy nazariya va
ijtimoiy fanlarning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi.
12
Sir William Petty, The Economic Writings, 2 vols., ed. C. H. Hill (London: Cambridge University Press, 1899), I,
244-b.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |