Tayanch tushunchalar Merkantilizm – muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning
rivojlanishiga bo‗lgan qarashlar tizimi.
Real boylik – «o‗lik pullar» yig‗indisi emas, balki yangi pullarni,
ya‘ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullar.
«Pul balansi» – tashqi savdoni ma‘muriy yo‗l bilan qattiq tartibga
solish asosida mamlakatning pul boyligini ko‗paytirish.
Ijobiy saldo – Eksport va import o‗rtasidagi farq, ya‘ni mamlakat
boyligining o‗sishi.
Muhokama uchun savollar
1. Merkantilistlarning iqtisodiy g‗oyalarini tushuntiring.
2. Iqtisodiyotni tahlil qilishning merkantilistik va sxolast
yondashuvlarini solishtiring va qiyoslang.
3. Nima uchun statistik ma‘lumotlarning ishlatilishi har qanday
ilmiy soha uchun muhim hisoblanishini tushuntiring.
4. Nima uchun XVI asr davomida birdaniga bir necha iqtosodchilar
pulning miqdoriy nazariyasini rivojlantira boshlashdi?