Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


egalari  va  tutgan  o„rinlari,  so„ngra  nihoyatda  zarur  narsalar  bo„lgan



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

egalari  va  tutgan  o„rinlari,  so„ngra  nihoyatda  zarur  narsalar  bo„lgan 
oziq-ovqatlar,  ekiladigan  yerlar,  saroy  va  shaxsiy  uylar  miqdori 
hisobga olinishi zarur”. Forobiy Platonning: “Taqsimot juda qiyin ish, 
lekin  juda  zarur  ishdir”,  –  degan  fikrini  alohida  ko‗rsatib  o‗tadi.  Biz 
bundan 
Forobiy 
taqsimot 
muammosining 
qiyinligini,  uni  to‗g‗ri  hal  etish  jamiyat  hayotida 
muhim 
ahamiyatga 
ega 
ekanligini 
yaxshi 
tushunganligini ko‗ramiz.  
Abu  Rayhon  Beruniy  Muhammad  ibn 
Ahmad - XI asrning qomusiy olimi, 
Beruniy juda 
yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar 
-
  astronomiya,  matematika,  geodeziya,  geografiya 
  
Abu Rayhon Beruniy 
Muhammad ibn 
Ahmad
 


52 
va mineralogiya bo‗lgan. 
Beruniyning  matematikaga  va  fanning  boshqa  sohalariga  qo‗shgan 
hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asarlaridan ham ko‗rish mumkin. 
Ulardan  eng  yiriklari  ―Hindiston‖,  ―Qadimiy  xalqlardan  qolgan 
yodgorliklar‖,  ―Qonuni  Mas‘udiy‖,  ―Geodeziya‖,  ―Mineralogiya‖  va 
―Astronomiya‖.  Qolganlarini  quyidagicha  taqsimlash  mumkin: 
matematikaga  doirlari  -22  ta;  astronomik  asboblar  haqida  -10  ta; 
astrologiklari -21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va 
boshqalar)  -38  ta;  turli  tillardan  tarjima  asarlar  -21  ta.  Beruniyning  bu 
asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. 
995-yilgacha  u  astronomiya,  geografiya,  geodeziyaning  amaliy 
masalalarini hal etish
 bilan birga yer va osmon globusini yasadi hamda 
astronomiyaga  oid  bir  necha  kitoblar  yozdi.  Olimning  ana  shunday 
asarlaridan  biri  ―Geodeziya―  1025-yilda  yozib  tugatilgan.  Bu  asar 
―Shaharlar  orasidagi  masofalarni  aniqlash  uchun  joylarning 
chegaralarini  belgilash―ga  doir.  Kitobning  4-bobi  oxirida  Beruniy  yer 
aylanasining kattaligini o‗lchash haqida fikr yuritgan. 
Qadimdan insonlar yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar 
va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Miloddan avval
 
o‗tgan Pifagor, Arastu, Arximed kabi buyuk olimlar yer dumaloq va shar
 
shaklida, 
degan 
fikrni 
aytganlar. 
Bag‗dodda 
tashkil 
topgan 
―Donishmandlik uyi‖ nomli o‗sha davrning fanlar akademiyasida O‗rta 
Osiyolik  olimlardan  Xorazmiy,  Farg‗oniy,  Habash  Xasib,  Marvaridiy 
kabi  olimlar  turli  sohalarda  ish  olib  borganlar.  Beruniy  ham  shu 
―Donishmandlik uyi‖ning a‘zosi bo‗lib, u yerda 7 yil ishlagan. Olimning 
muhim asarlaridan biri ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar― uning 
Jo‗rjon  saroyida  xizmat  qilgan  davrida  yaratiladi.  1000-yili  tugallagan 
bu  asar  muallifning  ko‗p  qirrali  olim  ekanini  namoyish  etdi  va  unga 
katta shuhrat keltirdi. 
Muallifning 
ilmiy 
adabiyotlarda 
qisqacha 
―Geodeziya‖deb 
yuritiladigan  ―Turar  joylar  orasidagi  masofani  tekshirish  uchun 


53 
joylarning  oxirgi  chegaralarini  aniqlash‖  nomli  astronomiya  va 
geografiyaga 
bag‗ishlangan 
asari 
1025-yilda 
yozib 
tugatildi. 
Beruniyning  ―Munajjimlik  san‘atidan  boshlang‗ich  tushunchalar‖  asari 
ham  1029-yilda  G‗aznada  yoziladi. 
Oradan  bir  yil  o‗tgandan  so‗ng  u 
o‗zining ―Hindiston‖ nomi bilan tanilgan ―Hindlarning aqlga sig‗adigan 
va  sig‗maydigan  ta‘limotlarini  aniqlash‖  kitobini  yakunlaydi.  Bunda 
Beruniy hozirgi Amerika qit‘asining mavjudligini Kolumbdan bir necha 
asr  avval  ilmiy  asoslab  bergan.  Olim  yashagan  davrdagi  munosabatlar, 
ishlab  chiqarishning  yuksalganligi,  savdo-sotiqning  rivojlanishi, 
sug‗orish  inshootlarining  ishga  tushirilishi  ana  shu  davr  uchun  xos  edi. 
Shu  asosda  Beruniyda  kishilik  ehtiyojlarining  paydo  bo‗lishi  va  uni 
qondirish  asoslari,  mehnat  va  hunarga  munosabatlari  uyg‗unlashib 
ketadi.  Uning  fikriga  ko‗ra,  kishilar  o‗z  zaruriy  ehtiyojlarini  qondirish 
uchun  uyushgan  holda  yashash  va  ishlashga  majburdirlar.  Ehtiyojlar 
turli-tuman va ko‗p bo‗lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy 
va  shaharlar  yaratishga  intiladilar,  deb  hisoblaydi.  Shuningdek,  u 
davlatning  paydo  bo‗lishini  ham  ehtiyoj  tufayli,  deb  o‗ylagan.  Eng 
muhim  g‗oya  shuki,  barcha  qimmatli  narsalar  inson  mehnati  bilan 
yaratiladi  va  insonning  qadr-qimmati  uning  avlod-ajdodlarining  kim 
bo‗lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan 
belgilanadi.  Har  bir  davrning  urf-odatlari  o‗ziga  xos  bo‗ladi  va  inson 
ahli ularga rioya qilmog‗i darkor, aks holda nizom va bir xillik yo‗qolsa, 
tartib  ham  yo‗q  bo‗ladi,  deb  uqtiradi  buyuk  donishmand.  Olimning 
fikrlariga  tayanib  shunday  muhim  qisqacha  xulosalar  chiqarish 
mumkinki, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo 
halol  mehnati  bilan  ulug‗lanadi,  kishilik  jamiyatining  asl  ibtidosi  ham 
mehnatdandir.  
Beruniy  qayd  etishicha,  bilimlarni  egallamoq  va  hunar  o‗rganmoq 
uchun  mehnat  qilish  zarur,  bu  esa  doim  davom  etadigan  va 
takomillashib  boradigan  jarayondir.  U  mehnatni  turlarga  ajratib, 
ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini 


54 
ko‗rsatib  berdi.  Binokor,  ko‗mir  qazuvchi,  hunarmand,  fan  sohiblari 
mehnatini  og‗ir  mehnat,  deb  biladi.  Ilm,  ma‘rifat  zahmatkashlari 
mehnatiga  ta‘rif  berish,  ilm  olish,  o‗qish  eng  kerakli  mehnat  ekanligini 
isbotlaydi.  Shunga  ko‗ra  olimlarning  mehnatini  qadrlash  turli  ilmlar 
ko‗payishiga  olib  keladi.  Olim  jamiyatning  asosini  moddiy  ne‘matlar 
uchun bo‗lgan harakatlarda, mehnatda, deb biladi.  
Mehnatkashlarning  xohish-irodasiga  qarshi,  ularni  majburlab 
ishlatishga  qarshi  bo‗lgan,  chunki  bunday  mehnat  samarasi  pastdir. 
Meros  bo‗lib  avloddan  avlodga  o‗tib  keladigan  hunarlar  yuqori 
baholangan.  
Beruniy og‗ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya‘ni konda ishlovchilar, 
yer  ostida  gavhar  qidiruvchilar,  dehqonlar  to‗g‗risida,  ularga  berilishi 
kerak  bo‗lgan  imtiyozlar  va  ish  haqi  haqida  «Minerologiya»  asarida 
keng  mulohaza  yuritadi.  Ayniqsa,  ochiq  va  yer  ostidagi  kon  ishlariga 
alohida e‘tibor beriladi, yer osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini 
olish  uchun),  yer  osti  suvlarini  chiqarib  tashlash,  olingan  rudani 
yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya 
etiladi.  Kon  atrofida  konchilar  qishlog‗ini  barpo  etish  zarurligi 
ko‗rsatiladi.  
Yer  osti  boyliklarini  qazib  olish  ishlari  katta  jismoniy  mehnat, 
ixtirochilik,  aqliy  mehnat  va  bilim  sarflashni  talab  etadi.  Bu  murakkab 
va  og‗ir  ishlarni  bajarish  maxsus  maktab,  ularda  ta‘lim-tarbiya  berish 
asosida  yo‗lga  qo‗yilmog‗i  kerak,  deydi  olim.  Xuddi  shu  o‗rinda 
Beruniy  ilm  ahllari,  olimlar,  tarbiyachilarning  mehnati  jamiyat  uchun 
naqadar  kerakli  va  zarurligini  alohida  uqtiradi.  Beruniy  ustalarning 
ahvoli,  shogirdlarning  faoliyati,  ish  haqlari  borasida  ham  qimmatli 
g‗oyalarni  ilgari  suradi,  ish  haqi  miqdori  samaradorlik  bilan  bevosita 
bog‗lanadi. 
  Olimning  yozishicha:  «Basrada  billurdan  idish-tovoq  va  boshqa 
narsalar  yasaydilar.  Ish  joyida  belgilab-o‗lchab  beruvchi  usta  bo‗lib, 
uning oldida billurning  mayda va katta bo‗lakchalari to‗plangan. U ana 


55 
shulardan  chiroyli  va  keraklisini  olib,  undan  eng  chiroyli  va  yaxshi 
buyum  yasashni  o‗ylab  o‗lchab,  belgilab  chiqadi.  Shundan  keyin  uni 
yasovchi  hunarmandga  beradi,  bu  birinchi  usta  aytganidek  qilib 
buyumlarni yasay boshlaydi.  
Olim  shu  yerda  mehnat  taqsimoti  va  uning  ahamiyatini  ko‗rsatadi. 
Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan 
rag‗banlantirib  turish  foydali  ekanligi  alohida  ta‘kidlanadi.  Bu  aslini 
olganda  manfaatdorlik  tamoyilining  xuddi  o‗zidir.  Uningcha  ayniqsa, 
yerga  ishlov berib, rizq-ro‗z  yaratuvchilarga  mehribon bo‗lish kerakligi 
ko‗rsatiladi. Ana shu g‗amxo‗rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi 
va  yer  hosildor  bo‗ladi,  moddiy  ne‘matlar  yaratiladi,  ishlovchi  va 
jamiyat  manfaatlari  bab-baravar  himoya  qilinadi  (bu  fikr  XVIII  asrda 
Adam Smit tomonidan to‗laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne‘matlar esa 
tiriklik  asosi.  Ana  shunday  qilinganda  hokimiyat  ham  mustahkam 
bo‗ladi,  deydi  olim  (bu  yerda  davlatning  iqtisodiyot  bilan  munosabati 
masalasi ko‗tariladi).  
Agar  kishilar  to‗q  bo‗lsa,  davlat  ham  kuchlidir.  Hukmdorlarning 
vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o‗rtasida haqiqatni, kuchli 
bilan  kuchsiz  o‗rtasida  tenglikni  o‗rnatishdan  iboratdir,  deb  uqtiradi 
olim. Mehnatning ixtiyoriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o‗rtasida xulq-
atvor,  hurmat-e‘tibor  uchun  muhim  va  zarurdir.  Bozor  iqtisodiyotining 
eng zarur tamoyillaridan biri – tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi 
ilgari surilgan. 
Beruniy o‗gitlaridan: 
Har bir yangi narsada lazzat bor.
 
Ne‘matning qadri u yo‗qolgandagina bilinadi. 
Asalarilar  ham  o‗z  jinsidan  bo‗laturib  ishlamay,  uyadagi  asalni 
bekorga yeb yotadiganlarini o‗ldirib tashlaydilar.
 
Ikkala da‘vogar rozi bo‗lishibdi-yu, qozi rozi bo‗lmabdi.
 
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‗am-g‗ussa 
bo‗lmaydi.
 


56 
Haddan  ortiq  g‗azab  vahshiylik  keltiradi  va  bevaqt  qilingan  lutf 
obro‗ni ketkazadi.
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish