Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

omillarining  xalqaro  taqsimoti»  nazariyasi  (modeli)  tipik  hisoblanadi. 
Ularning fikricha har bir mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari 
bilan bir xil ta‘minlanmaganligi, demak har bir omilning turlicha bahoga 
egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan harakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda 
mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko‗p) bo‗lsa, uning narxi 
kapital  va  yerga  nisbatan  past  baholanadi;  kapital  mo‗l  bo‗lgan 
mamlakatda  u  boshqa  ikki  ishlab  chiqarish  omiliga  nisbatan  arzon 
bo‗ladi.  Har  bir  mamlakat  o‗zining  ustunligini  realizatsiya  qilishga 
intiladi,  jahon  bozoriga  ishlab  chiqarish  omili  nisbatan  arzon  bo‗lgan 
yo‗l  bilan  tayyorlangan  tovarlar  ko‗proq  chiqariladi.  Bunday  ishlab 
chiqarish  ixtisoslashuvi  shunga  olib  keladiki,  barcha  davlatlar  o‗ziga 
qulay va foydali bo‗lgan xo‗jalik tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit 
bo‗lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning 
chiqimlarini  mutlaqlashtiradi  va  xalqaro  ixtisoslashuvning  yagona 
mezoniga  asoslanadi.  Shu  sababli  jahon  savdosi  uyg‗un  (garmonik) 
jarayon, deb qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to‗la hisobga 
olinmaydi,  masalan,  o‗z  davrida  mustamlaka  egasi  (metropoliya)  bilan 
koloniyalar  o‗rtasidagi  munosabatlarni  hech  ham  uyg‗un,  deb 
bo‗lmaydi.  Iqtisodi  yuksak  davlat  bilan  qoloq  mamlakatlar  o‗rtasidagi 
aloqalarda  ham  garmoniya  bo‗lishi  amri  mahol.  Lekin  kelajakda  ideal 
shakl sifatida bu hodisa ro‗y berishi mumkin.  


293 
60-yillarda  texnologik  xarakterdagi  yangi  xalqaro  mehnat 
taqsimoti konsepsiyalari paydo bo‗ldi. Bular orasida eng yaxshi ma‘lum 
bo‗lgani  «tovarning  hayotiylik  sikli»  nazariyasidir.  Uning  mualliflari 
amerikalik  iqtisodiyotchilar  G.Xofbauer,  R.Vernon,  M.Pozner  va 
boshqalar  hisoblanadi.  Uning  asosini  qayta  ishlash  sanoatidagi  xalqaro 
mehnat  taqsimoti  tashkil  etadi.  Sanoatda  paydo  bo‗ladigan  texnologik 
jihatdan har bir yangi mahsulot kirish, eksponent o‗sish, sekinlashuv va 
tugash siklini o‗tadiki, bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, 
kamolot  va  eskirish  jarayoniga  to‗g‗ri  keladi  (jami  5  stadiya).  Ishlab 
chiqarishni  joriy  etish  fazasida  yangi  mahsulotni  tayyorlash  asosan 
yuqori  rivojlangan  ilmiy-texnik  bazaga  va  bozorda  shu  mahsulotning 
raqobatbardoshlig‗ini sinovchi sharoitning  mavjudligiga bog‗liq. O‗sish 
va  kengayish  fazasi  uchun  industrial  bazaning  quvvati  bilan 
belgilanadigan  mahsulotni  ommaviy  ravishda  ishlab  chiqarishni  tashkil 
etish xarakterlidir. Yetuklik, kamolot fazasida mahsulot ishlab chiqarish 
soddalashib,  ommaviy  tus  oladi.  So‗nggi  (eskirish)  fazasi  mazkur 
mahsulot  o‗rnini  qoplovchi  yangi  takomillashgan  mahsulotning  paydo 
bo‗lishi bilan bevosita bog‗liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab 
ham  keskin  kamayadi.  Shunday  texnologik  jarayon  mavjud  namunaviy 
mamlakat  sifatida  AQSh  misol  qilib  keltiriladi.  Xalqaro  mehnat 
taqsimotining rivoji esa boshqa mamlakatlarning Amerika iqtisodiyotiga 
texnologik qaramligi asosida shakllanishi tasavvur etiladi.  
Ilmiy  -  texnik  progressiya  bilan  bog‗liq  iqtisodiy  qarashlar  ingliz 
iqtisodchisi  Jon  Xiks  (1904-1989)  tomonidan  ilgari  surilgan.  Uning 
modeli  bo‗yicha  texnika  prgressi  neytral,  mehnatni  iqtisod  qiluvchi  va 
kapitalni  iqtisod  qiluvchi  guruhlarga  bo‗linadi.  Texnika  progressi 
oqibatida ishlab chiqarish va iste‘mol xalqaro savdoga neytral, ijobiy va 
salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.  
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish