Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


G„OYALAR    16.1. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojiga oid



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

G„OYALAR 
 
16.1. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojiga oid 
ta‟limotlarning xususiyatlari 
 
Hozirgacha  biz  asosan  ayrim  mamlakatlardagi  milliy  iqtisodiyot, 
iqtisodiy  jarayonlar  to‗g‗risida  fikr  yuritdik.  Ammo  iqtisodiyotga  xos 
bo‗lgan  muhim  bir  xususiyat  shuki,  u  chegara  bilmaydi,  baynalmilal 
xarakterga  ega.  Agar  bu  masalaga  tarixan  yondashilsa,  iqtisodiyotning, 
xo‗jaliklarning  yaqinlashuv  jarayoni  ilgaridan  ma‘lum.  Masalan, 
eramizdan avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo‗li bilan Xitoy, Yaponiya, 
Koreya  mollari  Hindiston,  Eron,  O‗rta  Osiyo  orqali  Vizantiya  va 
Italiyaga  olib  kelingan,  u  yerdan  sotib  olingan  mollar  boshqa 
mamlakatlarga  olib  borilgan.  Tarixiy  faktlarga  murojaat  etilsa,  har  bir 
karvonda ko‗p sonli odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar 
bo‗lgan, yo‗l bir necha oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo‗li XIV-
XV asrlarda Amir Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng 
rivojlandi.  
Jahon  bozorining  vujudga  kelishi  ko‗pincha  XV  asr  oxiri  va  XVI 
asr boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk 
geografik  kashfiyotlar  tufayli  Amerika  qit‘asi,  ko‗plab  yangi  orol  va 
mamlakatlar  ochildi.  Ular  bilan  dengiz  orqali  iqtisodiy  aloqa  kuchaydi, 
mustamlakachilik 
tizimi 
vujudga 
keldi. 
Iqtisodiyotning 
baynalmilallashuv  jarayoni  doim  rivojlanishda  bo‗ldi  va  ayniqsa, 
ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  bu  jarayon  mazmun  jihatdan  tobora 
chuqurlashib, hududi kengayib bormoqda. Jahon xo‗jaligi, uning paydo 
bo‗lishi,  rivojlanishi  va  takomillashuv  qonuniyatlari,  tamoyillari  doim 
olim va mutaxassislarning diqqat markazida bo‗lgan 


290 
Hozirgi  davrda  dunyoda  200  dan  ortiq  mamlakat  mavjud  bo‗lsa, 
ularning  tabiiy  iqlimiy  sharoitlari  nihoyatda  turli-tuman.  Ularning 
aholisi,  xo‗jalik  faoliyati,  turmush  tarzi  ham  xilma-xildir.  Tarixiy, 
an‘anaviy sharoit taqozosi tufayli har bir mamlakatda o‗ziga xos xo‗jalik 
faoliyati,  mahsulot  turlari  yuzaga  kelgan.  Masalan,  bizga  yaxshi  tanish 
bo‗lgan  kartoshka,  makkajo‗xori,  pomidor,  tamaki  Amerika  kashf 
etilgandan  keyin  bizga  olib  kelindi  va  rivojlandi.  Xuddi  shunday  yo‗l 
bilan  o‗zaro  bog‗lanish,  savdo-sotiq,  madaniy  aloqalar  kuchayib 
bormoqda.  Ayniqsa,  xalqaro  savdo  munosabatlari  bu  borada  yetakchi 
o‗rinni  egallaydi  va  iqtisodiy  ta‘limotlarda  ham  bu  sohada  muhim 
yutuqlar  mavjud.  Xalqaro  iqtisodiy  integratsiya  dastlab  savdo  sohasida 
keng tus olgan.  
Xalqaro  savdo  rivojlanishi  jarayonlari  iqtisodiyoti  allaqachon 
milliy  davlatlar  doirasidan  chiqqan  va  bu  borada  bir  qancha  iqtisodiy 
ta‘limotlar  ham  mavjud.  Ular  klassik,  neoklassik  va  neokeynschilik 
nazariyalarida  o‗z  aksini  topgan.  Ayniqsa,  XIX-XX  asrlardagi 
iqtisodchilar  A.Smit,  D.Rikardo,  R.Torrens,  J.S.Mill,  A.Marshall 
(yuqorida  ular  bilan  tanishganmiz)  J.Vayner,  G.Xaberler,  G.Jonson, 
P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod qildilar.  
A.Smit  tomonidan  mutloq  afzallik  prinsipi  ishlab  chiqilgan,  unga  ko‗ra 
eng kam xarajat talab etuvchi tovarlar ishlab chiqarish va eksport qilish 
samaralidir va aksincha.  
Klassik  iqtisodiy  maktab  vakili  D.Rikardo  birinchilardan  bo‗lib 
mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit 
fikri),  balki  xalqaro  ko‗lamda  ham  obyektiv  zarurat  ekanligini  isbotlab 
berdi.Olimning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir 
davlat  o‗ziga  kerakli  barcha  narsani  (tovarlarni)  ishlab  chiqarishi 
mumkin,  ammo  bu  iqtisodiy  jihatdan  qanchalik  to‗g‗ri,  degan  savol 
tug‗iladi. Unga javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat ma‘lum bir 
mahsulotlarni  ishlab  chiqarishda  ixtisoslashadi  va  nisbiy  afzallikka
ustunlikka ega bo‗ladi. Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat 


291 
vino ishlab chiqarish samaraliroqdir,  chunki sarf-xarajatlar  miqdori eng 
kam bo‗lgan sohani rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, 
an‘analar, tarixiy tajriba, yer, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti 
va  boshqalar  hisobga  olinishi  kerak.  Masalan,  musulmon  davlatlarida 
cho‗chqachilikni rivojlantirish haqida so‗z ham bo‗lishi mumkin emas.  
Solishtirma  xarajatlar  prinsipi  ham  barcha  mamlakatlarga  ham 
tegishlidir  va  qaysi  mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  eksport  qilish 
muammosi  hal  etilganda  hisobga  olinishi  shart.  Shu  sababli  ayrim 
davlatlarda u yoki bu soha «mustaqilligi» uchun kurash e‘lon qilinganda 
bu omil albatta, yaxshi o‗rganib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.  
Neoklassik,  ya‘ni  «sof»  iqtisodiyotni  targ‗ib  etuvchilar  xalqaro 
mehnat  taqsimotining  rivoji  va  savdo  sharoitlarining  o‗zgarishi 
sabablarini  aniqlashni  bosh  vazifa  qilib  qo‗yganlar,  ammo  ular  savdo 
almashuvida  pul  mexanizmi  yo‗lini  inkor  etadilar.  R.Harrot,  F.Maxlup, 
K.Kurihara  kabi  neokeynschilik  tarafdorlari  esa  xalqaro  savdoning  pul 
mexanizmiga  alohida  e‘tibor  beradilar,  shu  bilan  bir  vaqtda  xalqaro 
mehnat  taqsimoti,  baynalmilal  qiymat,  baholar  nisbati  deyarli  e‘tiborga 
olinmaydi.  
«Sof»  ta‘limot  tarafdorlari  fikricha  jahon  bozorida  «mukammal 
raqobat»  mavjud;  barcha  kontragentlar  xalqaro  savdoda  bir  xil 
imkoniyatlarga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi 
o‗zini-o‗zi  tartibga  solish  prinsipi  bor.  Eksport  va  import  baholari 
nisbatini tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda «savdo sharoitlari» 
industrial  davlatlar  ziyoniga  va  agrar  mamlakatlar  foydasiga 
o‗zgarmoqda,  deb  o‗ylamoqdalar  va  buni  yer  unumdorligining  pasayib 
borishi,  degan  qonun  bilan  bog‗lamoqdalar.  Ular  tovar  eksporti  va 
importining  fizik  hajmlari  o‗sishini  hisobga  olmagan  holda  xalqaro 
savdo  rivoji  tendensiyalari  agrar  xomashyo  yo‗nalishidagi  davlatlar 
iqtisodiyoti  tashqi  savdo  pozitsiyalari  yaxshilashuviga  olib  kelmoqda, 
demoqdalar.  Xalqaro  savdoning  neokeynschilik  ta‘limoti  vakillari 
fikricha har bir mamlakat ichki bozorda ko‗proq tovar ishlab chiqarishga 


292 
intilgani  sababli  mehnat  va  kapital  bilan  bandlikning  to‗la  emasligi 
tufayli ko‗proq eksport qilishga va kamroq import qilishga intiladi. Shu 
sababli  ham  xalqaro  savdo  o‗zini-o‗zi  tartibga  soluvchi  jarayon  bo‗la 
olmaydi, 
aksincha 
tovar 
eksporti 
kapital 
chiqarish 
bilan 
rag‗batlantirilishi  kerak,  import  esa  proteksionistik  choralar  bilan 
cheklanishi  zarur.  Bu  choralar  umummilliy  manfaatlarga  mos  kelar 
emish.  
Keyingi  davrda  vujudga  kelgan  iqtisodiy  ta‘limotlarda  E.Xeksher, 
B.Olin (Shvetsiya), P.Samuelson tomonidan yaratilgan «ishlab chiqarish 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish