Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Milton Fridmen 
(1912-2006-yy.) 
 


255 
amalga  oshirgan.  Monetaristlar  davlatning  iqtisodiyotda  pulni  yetkazib 
berish  siyosati  muhim  rol  o‗ynashini  ta‘kidlab  o‗tishdi.  Shuning  uchun 
monetaristlarning asosiy muommosi pul hisoblangan
23

Monetarizm  iqtisodiy  ta‘limotlar  tarixida  keng  tarqalgan  mashhur 
va  nufuzli  oqimdir.  Bu  oqimning  atoqli  namoyandasi  Chikago 
universitetining  professori,  iqtisodiy  sohasida  Nobel  mukofoti  sohibi 
Milton  Fridmen  (1912)  hisoblanadi.  Monetaristlar  ularni  pul  massasi 
bilan  ishlab  chiqarish  o‗rtasidagi  bog‗liqlikni  aniqlash  uchun  tadqiq 
qildilar. 
Monetarizm  keynschilar  ta‘limotiga  muqobil  tarzda  yuzaga  kelgan 
bozor  iqtisodiyotida  pulni  olqishlovchi  nazariyadir.  Bozor  mexanizmi 
ustunligiga  asoslangan  M.Fridmen  nazariyasiga  ko‗ra  erkinlik  va 
xususiy  tadbirkorlik  o‗rtasida  ichki  bog‗liqlik  mavjud.  Faqat  xo‗jalik 
erkinligi  sharoitida  siyosiy  erkinlikka,  iqtisodiy  samaradorlikka  va 
tenglikka erishish mumkin.  
Iqtisodiyotda  nima  qilish  kerakligini  millionlab  kishilardan  ko‗ra 
davlat  amaldorlarining  yaxshi  bilishi  dargumon,  deydi  M.Fridmen. 
Davlatning  xo‗jalik  jarayonlariga  aralashuvi  iqtisodiyotning  o‗zini-o‗zi 
tartiblash  tizimini  buzishga  olib  keladi.  Shuning  uchun  davlat  pul  va 
ishlab  chiqarish  barqarorligini  ta‘minlagan  holda  pul  muomalasini 
nazorat qilish bilan cheklanmog‗i lozim. 
Monetarizmning  asosiy  qoidalari.  M.  Fridmen  konsepsiyasini 
tasavvur  qilish  uchun  uning  tarafdorlari  u  yoki  bu  darajada  qo‗llab-
quvvatlagan asosiy qoidalarni ko‗rib chiqamiz. 
Monetaristlar fikricha bozor iqtisodiyoti o‗zining ichki xususiyatiga 
ko‗ra  barqarorlikka,  o‗zini-o‗zi  tartiblashga  intiladi.  Bozor  raqobati 
tizimi  mustahkam  barqarorlikni  ta‘minlaydi.  Mabodo  muvozanat 
buzilsa,  baholar  uni  tuzatishning  bosh  vositasi  bo‗lib  xizmat  qiladi. 
Nomutanosibliklarning vujudga kelishi, odatda, ichki sabablar natijasida 
                                                           
23
History  of  Economic  Thought.  Harry  Landreth,  David  C.  Colander.  Fourth  edition  Houghton  Mifflin  Company 
Boston Toronto. P 440 


256 
emas,  balki  tashqaridan  bo‗ladigan  arashuvlar,  davlat  tartiblashidagi 
xatolar natijasi hisoblanadi. 
Bozor  xo‗jaligining  barqarorligi  to‗g‗risidagi  ushbu  qoida  J.M. 
Keynsning  iqtisodiyotga  davlat  aralashuvining  zarurligi  to‗g‗risidagi 
tasdig‗iga qarshi qaratilgandir. Aynan ular (ma‘muriy, baholar dastaklari 
emas, soliq tizimi emas) iqtisodiyotni a‘lo darajada barqarorlashtirishga 
qodir. Agar J.M.Keyns byudjet siyosatini ancha aniq, tezkor va natijasini 
oldindan  bilish  mumkin  bo‗lgan  dastaklar  sifatida  baholagan  bo‗lsa, 
M.Fridmen  undan  farqli  ravishda,  pul-kredit  siyosatini  ana  shunday 
tavsiflaydi. Uningcha (Keynsga qaraganda) pul–kredit siyosati iqtisodiy 
faollikni ancha kuchaytiradi. U pulni ishlab chiqarish, ish bilan bandlik 
va baholarni aniqlashda yagona bosh omil sifatida qaraydi.  
Pulning asosiy xususiyati uning likvidligida. Pulni xohlagan paytda 
almashtirish,  unga  har  qanday  tovarni  sotib  olish  mumkin.  M.  Fridmen 
pul  harakati  (pul  massasining  o‗sish  sur‘ati)  va  yalpi  ichki  mahsulot 
o‗rtasida  o‗zaro  chambarchas  bog‗liqlik  amal  qilishiga  asoslanadi.  Pul 
massasining  o‗sish  sur‘ati  tezlashuvi  yoki  sekinlashuvi  faol  ish 
yuritishda,  ishlab  chiqarishning  siklik  tebranishida  aks  etdiriladi.  Gap 
shundaki,  pul  massasidagi  o‗zgarishlar  natijasi  asosiy  iqtisodiy 
parametrlarda  birdan  aks  ettirilmaydi,  balki  biroz  vaqtdan  keyin  ta‘siri 
bilinadi.  Odatda,  vaqtincha  uzilish  bir  necha  oyni  tashkil  etadi.  U  shu 
narsani  bildiradiki,  pul  massasidagi  o‗zgarishlar  yalpi  ichki  mahsulotga 
birdan  emas,  balki  bir  oz  vaqtdan  (oydan)  keyin  ta‘sir  ko‗rsatadi. 
Shuning uchun pul siyosati joriy tartibdagi samaraga va qisqa  muddatli 
o‗zgarishlarga  mo‗ljallangan  bo‗lmay,  balki  uzoq  muddatli  xarakterga 
ega. 
IS-LM modeli 
  Keynschilar ko‗p o‗tmay monetaristlar bilan fikrimiz bir xil bo‗lib 
chiqadi,  deb  o‗ylagan  edi,  lekin  monetaristlar  o‗zlarining  tushunishlari 
bo‗yicha ulardan farq qilishgan. Bu muammo keyns-neoklassik tizimida 
qayta  yechilgan  va  monetaristlar  elastik  bo‗lmagan  LM  egri  chizig`ini 


257 
aytgan  bo‗lsalar,  keynschilar  esa  elastik  LM  egri  chizig`ini  tatbiq 
etganlar.  Natijada,  oxir-oqibat  bu  termin  taqdimotlarda  monetaristik  va 
keynschilik ta‘limoti birga keladigan neokeynschilik IS-LM modeli, deb 
yuritilib,  ular  faqatgina  bir  necha  parametrlari  bilan  farq  qiladigan 
bo‗ldi.  

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish