Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Qiymat  va  ishlab  chiqarish  omillari  nazariyalari



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

Qiymat  va  ishlab  chiqarish  omillari  nazariyalari.  Klassik 
iqtisodiy  maktab  vakillari  ichida  J.B.Seyning  qiymat  nazariyasi  o‗ziga 
xosligi  bilan  ajralib  turadi.  A.Smit,  D.Rikardo,  sotsial-utopistlar, 
S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining 
yagona  manbayi  mehnat,  deb  hisoblaganlar.  J.B.Seyda  bu  muammoga 
ikki  xil  yondashuv  mavjud:  u  bir  joyda  tovar  qiymati  kapitalga,  ish 
haqiga  va  yer  rentasiga  bo‗lgan  xarajatlaridan  tashkil  topadi,  degan 


167 
bo‗lsa,  ikkinchi  bir  joyda  qiymat  foydalilik  bilan  aniqlanadi,  deydi. 
J.B.Sey  foydalilik  bilan  buyumning  (tovarning)  qimmati  o‗rtasidagi 
o‗zaro  bog‗liqlikni  aniq  qilib  ko‗rsatib  berdi.  «Foydalilik  bu  qimmat 
o‗lchovidir»,  –  deb  yozadi  J.B.Sey.  Bu  bilan  u  tovar  qiymati  nafaqat 
mehnat  sarflari  bilan,  balki  mahsulotning  foydalilik  darajasi  bilan  ham 
o‗lchanishi mumkinligini aytib berdi.  
J.B.Sey  tovar  qiymatining  yaratilishida  ishlab  chiqarishning  uch 
omiliga  (mehnat,  kapital,  yer)  alohida  e‘tibor  bergan.  Uning 
tasdiqlashicha bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok etadi, 
barcha  mahsulotning  umumiy  qiymati  esa  uch  sinf  –  ishchilar, 
kapitalistlar  va  yer  egalari  daromadlaridan  tashkil  topadi.  J.B.Seyning 
uch  omil  nazariyasiga  muvofiq  «mehnat»  omili  ishchilarning  daromadi 
sifatida  ish  haqi  yaratadi,  «kapital»  omili  kapitalistlarning  daromadi 
sifatida  foyda  yaratadi,  «yer»  omili  yer  egalarining  daromadi  sifatida 
renta  yaratadi.  Demak,  boylik  yaratishda  ishlab  chiqarishning  har  bir 
omili qatnashadi (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi, deyiladi). 
J.B.Sey  yuqorida  ko‗rsatilgan  omillar  (mehnat,  kapital,  yer)  ishchilar, 
kapitalistlar  va  yer  egalarining  daromadlarini  yaratishda  mustaqillikka 
ega ekanligini qayd qilib o‗tadi. 
Demak,  J.B.Sey  nazariyasida  tadbirkorlarning  cheklanmagan 
erkin  raqobati  sharoitida  ishlab  chiqarish  omillarini  va  jamiyatdagi 
sinflarni ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda 
tadbirkorlar  (ular  ishlab  chiqarishni  tashkil  etadilar  va  boshqaradilar), 
yer  egalari  (tovar  ishlab  chiqarish  uchun  tabiiy  materiallarni  beradilar) 
va  ishchilar  (tayyor  mahsulot  yaratadilar)  o‗zaro  ta‘sirda  bo‗ladilar  va 
bir-birlarini  to‗ldirib  boradilar.  Ishlab  chiqarish  jarayoni  qatnashchilari 
bir-birlariga qarshi turmaydilar, aksincha, bir-birlarini to‗ldirib turadilar. 
Ishlab  chiqarish  omillari  tomonidan  yaratilgan  ijtimoiy  mahsulot 
qiymati  ushbu  omil  egalariga  daromad  sifatida  taqsimlanadi,  xususan, 
tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha bu uning qobiliyati, 
iste‘dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to‗lanadigan haq. Uning fikricha 
kapitalning  oshib  borishi  bilan  «quyi  sinflarning»  ahvoli  yaxshilanib 
boradi  va  ularning  ko‗pchiligi  «yuqori  sinf»  safini  to‗ldirib  boradi. 


168 
J.B.Sey  kompensatsiya  nazariyasiga  asos  soldi.  Mashinalar  dastlab 
ishchilarni  ishlab  chiqarishdan  siqib  chiqaradi,  keyinchalik,  pirovard 
natijada  esa  ish  bilan  bandlikni  oshiradi  va  mahsulot  ishlab  chiqarishni 
arzonlashtirish  hisobiga  ularga  katta  foyda  keltiradi.  Uning  ifoda 
etishicha,  «ishlab  chiqarishdagi  texnik  yangiliklardan  boshqalarga 
nisbatan  ishchilar  sinfi  ko‗proq  manfaatdor».  Umuman,  iqtisodiy 
ta‘limotlar  tarixida  J.B.Seyning  nomi  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 
sinflar  manfaati  uyg‗unligiga  cheksiz  ishongan  olim  sifatida  tilga 
olinadi.  
J.B.Seyning  o‗tmishdoshlari  «haqiqiy»  boylik  yaratadigan 
iqtisodiyot  tarmoqlarini  (merkantilistlar  tashqi  savdoni,  fiziokratlar 
qishloq  xo‗jaligini)  ajratib  ko‗rsatib  berishga  harakat  qilgan.  Hatto 
A.Smit  xizmat  ko‗rsatish  sohasidagi  mehnatni  unumsiz  mehnat,  sanoat 
va  savdodagi  mehnatni  esa  kam  unumli  mehnat,  qishloq  xo‗jaligidagi 
mehnatni  yuqori  unumli  mehnat  hisoblagan,  negaki  unga  tabiat 
«yordam«  beradi.  J.B.Sey  iqtisodiyotning  asosiy  sohalari  –  sanoat, 
qishloq  xo‗jaligi,  savdo  va  xizmat  ko‗rsatish  o‗rtasidagi  «tenglikni» 
ko‗rsatib  berdi.  Uning  fikriga  ko‗ra  to‗rtta  sohaning  barchasida  boylik 
yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo‗jaligida ham, savdoda ham, 
xizmat ko‗rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.  
Hozirgi  zamon  g‗arb  iqtisodchilari  o‗tmishdoshlaridan,  birinchi 
navbatda, J.B.Seydan ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari 
milliy  daromad  yaratadi,  degan  tushunchani  meros  qilib  olgan.  Bunday 
yondashuvning ma‘nosi shundan iboratki, har bir daromad oluvchi kasbi 
va  faoliyat  sohasidan  qat‘iy  nazar  bir  vaqtning  o‗zida  uni  yaratuvchi 
hisoblanadi.  
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish