Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


Yusuf Xos  Hojibning  iqtisodiy fikrlari



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

Yusuf Xos  Hojibning  iqtisodiy fikrlari.  Atoqli  davlat  arbobi,  ilk 
turkiy  dostonnavis  Yusuf  Xos  Hojib  1020-yili 
Qoraxoniylarning  markaziy  shaharlaridan  biri 
Bolasog‘unda 
tug‘ildi(olamdan 
o‘tgan 
yili 
noma’lum).  Bo‘lajak  mutafakkir  o‘z  davridagi 
barcha  bilimlami,  arab  va  forsiy  tillar  hamda 
imdagi adabiyotlami puxta egallaydi.
U  1069-1070-yillar orasida «Qutadg‘u bilig» 
(Qutga, 
ya’ni 
baxt-saodatga 
erishtiruvchi 
Ю
20
 yii 
bilim)asarini  turk  tilida  yozib,  Qoraxoniylar
hukmdori  Tabg‘ochxon  Bug‘roxonga  taqdim 
etadi.  Xon  Yusufga «Xos  Hojib»  (eshik  og‘asi) degan martabani  in’om 
etadi.  Bu  falsafiy  didaktik  asarda  markazlashgan  davlat  tuzish,  uni 
mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma’muriy-xo‘jalik 
hamda  ma’rifat,  obodonchilik,  moddiy-ma’naviy  va  boshqa  adolatli
57


hukmron,  davlatni  tadbir  bilan  boshqarish  ishini  o'rganish,  kasb-hunar 
egallash,  xalq  g‘amini  yeyish  haqidagi  fikrlar  ilgari  suriladi.  Bizgacha 
donishmandning  faqat  birgina  asari  yetib  kelgan,  ammo  bu  asarda 
shunday durdonalar to‘planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo‘q. Asar 13 
ming  misra  (nasriy  va  nazmiy  muqaddimadan  tashqari)-73  bobdan 
iborat.  Unda  inson  tafakkurining  barcha  jabhalari  bo‘yicha  so‘z 
yuritiladi  va nihoyatda qimmatli  fikrlar bayon etilgan.  Kitobda berilgan 
bu  g‘oyalar  o‘z  davri  uchun  ham,  hozirgi  davr  uchun  ham  nihoyatda 
qadrlidir.  Ayniqsa  iqtisodiyot  masalalari  bo‘yicha  davlat  va  raiyat 
munosabatlari  sinchiklab  o ‘rganilgan.  Asar  18  oy ya’ni  bir yarim yilda 
yozib 
tugallangan 
(Bolasog‘unda 
boshlangan 
va 
Qashqarda 
nihoyalangan)  bo‘lsa  ham,  uni  yaratish  uchun  juda  uzoq  vaqt 
tayyorgarlik ko‘rilgan.
Donishmand  fikricha,  ezgu  orzularga  faqat  toat-ibodat  bilangina 
yetishib  bo‘lmaydi.  Buning  uchun  talay  ezgu  ishlar  qilish,  foydali 
faoliyat  ko‘rsatish  kerak,  degan  fikmi  ilgari  suradi.  Borliq  haqidagi 
bilimlarga  to'qnashib,  odam  bilishi  mumkin  bo‘lmagan  narsa,  bilim 
bilan  yechilmaydigan jumboq  yo‘q,  bilim  tufayli  osmon  sari  ham  yo‘l 
ochiladi,  deydi.  Bilish  uchun  esa  tinmasdan  o‘rganish  lozim,  deb 
uqtiradi.
Taniqli  iqtisodchi  Adam  Smitning  iqtisodiy  ta’limotiga  ko‘ra 
(XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy tanglikdan chiqarish uchun 3 narsa:
1. Tinchlik-osoyishtalik.
2. Me’yoridagi soliqlar.
3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.
Ana shu g‘oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti  asr awal 
bayon  etilgan.  Xalq,  raiyat  (soliq  to‘lovchilar)  mamlakat  hukmdoridan 
uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:
1) pulning qadrini ko‘tarish yoki ushlab turish;
2)  xalqqa  xususiy  mulk  huquqini  ta’minlovchi  qonunlami  joriy 
etish;
58


3)  yo‘llami o‘g‘ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‘lashni (hozirgi kunda ham 
nihoyatda  dolzarb),  chiqargan  farmon,  qonunlarini  bajarish  hamda 
do‘stga-  do‘st,  dushmanga-dushman  bo‘lishni  talab  qiladi,  deb  yozadi. 
Ko‘rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‘zaro mutanosib 
bo‘lishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda etiladi.
Xususiy  mulk  huquqini  ta’minlash  bozor  munosabatlarining  bosh 
unsuridir,  mulkka  egallik  hissi  taraqqiyot  omili  sifatida  butun  jahon 
rivoji  asosida  isbotlangan  va  hozirgi  davrda  respublikamizda  ham 
jadallik  bilan  amalga  oshirilmoqda.  Davlat,  umumxalq  mulkiga 
ommaviy  o‘tishning  salbiy  oqibatlarini  sobiq  sho‘rolar  davrida 
boshimizdan kechirganmiz.  Yo‘llami o‘g‘rilardan muhofaza qilish ichki 
va  ayniqsa,  tashqi  savdo  (eksport-import)ni  ta’minlash  va  qo‘llab- 
quwatlashning  o'zginasidir.  Bu  yerda  savdoning  xalq  xo‘jaligi  uchun 
ustuvor ahamiyati to‘g‘risida gap yuritiladi.
Yusuf  Xos  Hojib  barcha  imtiyozlardan  mahrum  kambag‘al 
tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlami 
quyi  tabaqa  vakillarini  ularga  nisbatan  mehr-shafqatli,  insofli,  adolatli, 
marhamatli  bo‘lishiga,  ayni  paytda  raiyatni  hokimlarga  bo‘ysunuvchi, 
sadoqatli  bo‘lishiga  chaqiradi.  Mana  shunday  kelishtirish  yo‘li  bilan 
osoyishta  hayotga  erishishga  umid  bildiriladi  (bu  esa  iqtisodiy  rivoj 
uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi  g‘oyalar  dunyodagi  hamma  ishlarda  qo‘l  keladi.  Unda 
mulk  tutishning  siru-asrorlari,  mamlakatni  idora  qilish  tartibi,  sharti, 
shuningdek,  mol-mulk,  el-yurtning  mangu  qolishi,  gullab-yashnashi  va 
uning  xarob  bo‘lish  belgilari  berilgan.  Mutafakkir  ayniqsa,  kasb-hunar 
ahlining  faoliyatini  yuqori  baholaydi.  «Bir  yigitga qirq  hunar  oz»  bobi 
xuddi  shu  masalaga  bag‘ishlangan.  Vazir,  qo‘mondon,  elchi  va  boshqa 
hukmdorlaming  faoliyat  mezonlari  diqqatga  sazovordir.  Masalan, 
«Vazir ko'zining to‘q bo‘lishi  uni har xil  mol-mulk oldida saqlanishdan 
asraydi.  Ko‘zi och odam bor dunyoni yesa ham to‘ymaydi», deydi olim.
59


Dehqon,  savdogar,  chorvador,  oddiy  mehnatkash  ahli  to‘g‘risida  nodir 
fikrlar  bildiriladi.  «Bular  bilan  yaqin  bo‘lgin  hamisha,  to  tomoq 
tashvishin  bilmasdan  yasha»,  deb  aytiladi.  Ayniqsa,  bilim  va  aql- 
idrokka, shu soha sohiblariga katta e’tibor beriladi. «Odamzod naslining 
ulug‘ligi  bilimdan.  U  aql-idrok  tufayli  ne-ne  tugunlami  yechishga 
qodir», deb yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‘pchilikka tegib turadi. Bilim 
egalari esa elda aziz bo‘ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o‘quv-idrok 
bilan  amalga  oshadi.  Barcha  murakkab  ishlar  bilim  bilan  hal  etiladi. 
Ko‘rinib  turibdiki,  yurtimizda  iqtisodiy  rivojlanish  bo‘yicha  tanlangan 
o‘z  yo‘nalishimizda  ham  yoshlaming  bilim  olishiga,  jahon  xalqlari 
tajribasini  o‘rganishga  keng  imkoniyatlar  yaratilayotir.  Bu  tanlagan 
yo‘limizning to‘g‘riligidan dalolat beradi.
Nizomulmulk  (1017,  Tus  -  1092,  Nahovand)  —  Saljuqiylar 
davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn 
Ishoq at-Tusiyning unvoni  «Nizomulmulk», 
ya’ni  mulkning  nizomi,  tartibi  nomi  bilan 
shuhrat  qozongan.  Nishopur  va  Marvda 
o‘qib, voyaga yetgach, balxga borib, Ali ibn 
Shodon  xizmatiga  kiradi.  Nizomulmulk 
saljuqiylar  shohi  Alp  Arslon  saroyida 
vazirlik mansabigacha ko‘tariladi.  1072-yili 
Nizomulmulk( 1 0 17 ,т ш - 1092, 
Alp  Arslon  o‘ldirilgach,  uning  o‘g‘li,  17
^ « . d )  
yoshlik 
Malikshoh 
(1072-1092-yillar)
.......................................   saroyida  vazirlik  qilib,  qariyb  davlatning
hamma  ishlarini  o‘zi  olib  borgan.  Nizomulmulk  mamlakatda  yirik 
mulkdorlar  va  qabila  boshliqlarining  ayirmachilik  (separatistik)
harakatlariga 
qarshi 
kurashib, 
davlatni 
boshqarish 
ishlarini 
markazlashtirish siyosatini o‘tkazgan.  1067-yili  Bag‘dodda «Nizomiya» 
aqoid va huquq madrasasini  qurdiradi.  1091-yili  «Siyosatnoma»  («Siyar 
ulmuluk»)  asarini  yozadi.  Unda  davlat  boshqaruviga  aloqador  qariyib
60


hamma  qoida  va  qonunlar,  usul  va  vositalar,  qozi  va  qozixona  ishlari, 
qo‘shin  va  sarbozlar,  xizmatchi  va  shaxsiy  sarbozlar  masalalari, 
saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ulaming maoshlari, pochta va 
ayg‘oqchilik  (razvedka)  ishlari,  ulaming  moddiy  jihatlari,  hatto 
shohning  oilaviy  ishlari,  soliq  va  xiroj,  zakot  va  vaqf masalalari  ham 
o‘rin  olgan.  Asaming  asosiy  g‘oyasi  shundan  iboratki,  vazir 
Nizomulmulk.  shoh  va  hokimlami  adlu  insofga,  sulh  va  muruwatga, 
davlatni  oqilona  boshqarib,  qat’iy  qoida  va  tartib  o‘matishga, 
amaldorami  vijdonli,  pok,  halol  va  iymonli  bo‘lishga,  mamlakat 
obodonligi,  uning  ahli  farovonligi,  tinchlik  va  totuvligini  ta’minlash 
uchun  harakat  qilishga  da’vat  qiladi.  Nizomulmulk  Bag‘dod  safari 
yo‘lida yollangan qotil tig‘idan halok bo‘ladi.
Nizomulmulkning  "Siyosatnoma"  yoki  "Siyar  ul-muluk"  asari 
saljuqiylar  sulolasining  davlat  boshqaruvi  sohasidagi  siyosiy  dasturi 
sifatida  e’tiborga  sazovor  manba  bo‘lib,  u  o‘zbek  milliy  davlatchiligi 
tarixida  ham  alohida  qiymatga  ega.  A
sm
1 IX-X  asrlarda  hukm  surgan 
sulolaning  siyosiy  dasturi  boMib,  imda  o‘rta  asrlarda  0 ‘rta  Osiyo  va 
Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo‘lgan muhim siyosiy voqealar 
bayoni 
va 
g‘ oyaviy-mafkuraviy 
jarayonlar 
yuzasidan 
tarixiy 
ma’lumotlar  keltiriladi.  Asarda  uchraydigan  tarixiy-falsafiy  va  davlat 
boshqaruviga oid ma’lumotlami quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- siyosiy tarixga oid ma’lumotlar;
- ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma’lumotlar;
- ma’naviy hayotga tegishli ma’lumotlar;
- islom mazhablari o‘rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma’lumotlar;
- boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari;
- siyosat falsafasi, o‘zini o‘zi boshqaruv institutlari.
Qonun  ustuvorligining  siyosiy-amaliy  jihatlari  qonunlaming 
podshoh  va  sultonlar  tomonidan  qabul  qilinishi  siyosiy  faoliyat  bo‘lib, 
ular xalq (raiyat) hayoti bilan bog‘liq.
Birinchidan,  podshoh  tomonidan  farmonlar  yozilib,  xalqqa 
tamshtirib  boriladi.  Bu  oddiy  hoi  bo‘lib  ko‘rinsada,  hozirgi 
siyosatshunoslik  uchun  ham  qo‘l  keladi.  Biroq  u  jamiyat  hayotiga
61


monand  tarzda  mudom  ishlab  turishi  shart.  Ana  shunda  siyosiy 
institutlar,  shu  jumladan,  ulaming  ijrosini  ta’minlovchi  idoralar  ham 
hayot talablaridan orqada qolmaydi.
Ikkinchidan,  agarda  farmonga  salbiy  munosabat  bildirilsa  yoki 
uning ijrosi cho‘zilib ketganligi to‘g‘risida xabar yetsa,  podshoh mas’ul 
va  mutasaddi  shaxslar  uchun jazo  belgilagan  (ular  o‘z  yaqinlari  bo‘lsa 
ham).  Chunki,  markazlashgan  davlat  siyosati  shoh  farmoniga  so‘zsiz 
itoat etishni talab qiladi. Bu o‘sha davming eng oliy siyosati edi, albatta.
Uchinchidan,  shoh,  sulton  farmonlari  barchaga  taalluqlidir,  uni 
hatto  hukmdorga  yaqin  odamlar  ham  buzishi  mumkin  emas.  Shuning 
uchun  ham Nizomulmulk  qonun  va  siyosat  oldida  hammani  teng,  deb 
qaragan.  "Siyosatnoma"  asarida  davlat  boshqaruvi  haqida  keng  fikr 
yuritilgan,  undagi  rivoyatlar,  hikoyatlar,  aforizmlar  Nizomulmulkning 
jamiyat  va  davlatni  boshqarish,  falsafa,  axloq  masalalariga  oid 
javoblaridir.  Asarda jamiyat va davlatni  boshqarish masalalari  falsafiy- 
axloqiy  yondashuv  orqali  ochib  berilgan.  Donishmandning  siyosiy- 
falsafiy  qarashlarida  podshoh  (sulton),  xalq  (raiyat)  va  shaxs  (fuqaro) 
o‘rtasidagi munosabatlarda uyg‘unlikni ta’minlash asosiy o‘rinda turgan.
Nizomulmulk  markazlashgan  davlat  qurish  tarafdori.  To‘g‘ri,  u 
markazlashgan  davlat  barpo  etish  uchun  ijtimoiy-siyosiy  loyihalar, 
istiqbolli  dasturlami  tavsiya  qilmaydi,  ammo  islohotlar  o‘tkazishni 
o‘rtaga  tashlaydi.  Uning  mushohadalari  podshoh  (sulton)  bilan  xalq 
(raiyat),  amaldor(xizmatchi)lar  bilan  kishi(fuqaro)lar  o‘rtasida  murosa 
munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan.
Insonparvar podshoh davlatni  uzoq  boshqaradi,  xalq  farovonligini 
o'ylaydi,  zo‘rlik  ishlatmaydi.  «Kim  insonparvarlikka  chindan  intilsa,  u 
hech  qachon  yomon  ishlar  qilmaydi...  Kim  insoniylikni  sevsa,  undan 
yuqori  narsa  yo‘q  deb  hisoblaydi»,  degan  g‘oyani  o‘z  davrida  alloma 
Konfutsiy  ilgari  surgan  edi.  Bunday  g‘oyalami  Nizomulmulkda  ham 
kuzatish  mumkin.  Demak,  insonparvarlik  shaxslararo  munosabat- 
lardangina iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli 
voqelikdir.  To‘g‘ri,  ba’zan  Nizomulmulk  insoniylikni  kichiklaming 
kattalarga  hurmat  ko'rsatishi,  deb  ham  talqin  qiladi.  Keyin  ushbu
62


talqinni podshoh (sulton) va xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va fuqaro 
(inson),  davlat va shaxs  munosabatlariga ko‘chiradi.  Qanday bo‘lmasin, 
jamiyat 
va 
davlatni 
boshqarishda 
insoniylik, 
insonparvarlik 
tamoyillariga  tayanishga  da’vat  -  Nizomulmulk  ijodidagi  olijanob 
jihatdir.  Xalq,  odamlar,  amaldorlaming  qanday  sifatlami  o‘zida 
shakllantirishi yoki ulug‘lashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita 
bog‘liqdir.  Bu  o‘rinda  Sharq  xalqlariga  xos  bo‘lgan  «aravaning  katta 
g‘ildiragi  qayerdan  yursa,  kichik  g‘ildirak  ham  shu  yerdan  yuradi», 
degan  maqol  esga  tushadi.  «Xalqni  o ‘z  ketidan  ergashishga  majbur 
qilish  mumkin,  lekin  u  nima  uchun  majbur  qilinayotganini  bilmasa, 
davlat  uchun  yomondir».  «Hukmdor  o‘z  axloqini  tuzatmasa,  u  kichik 
odam,  xalq  axloqini  ham  tuzatolmaydi»,  "badaxloqlik  oxir-oqibatda 
davlatni, boshqaruvni tanazzulga olib keladi..." Bunday siyosiy qarashlar 
Nizomulmulk asarining maqsadini ifodalaydi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish