egalari va tutgan о ‘rinlari, so ‘ngra nihoyatda zarur narsalar bo ‘Igan
oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylar miqdori
hisobga olinishi zarur”. Forobiy Platonning: “Taqsimot juda qiyin ish,
lekin juda zarur ishdir”, - degan fikrini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Biz
bundan
Forobiy
taqsimot
muammosining
qiyinligini, uni to‘g‘ri hal etish jamiyat hayotida
muhim
ahamiyatga
ega
ekanligini
yaxshi
tushunganligini ko‘ramiz.
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn
Ahmad - XI asming qomusiy olimi, Beruniy juda
yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar
- astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya
Abu Rayhon Beruniy
M uham mad ibn
Ahmad
51
va mineralogiya bo‘lgan.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo'shgan
hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asarlaridan ham ko‘rish mumkin.
Ulardan eng yiriklari “Hindiston”, “Qadimiy xalqlardan qolgan
yodgorliklar”, “Qonuni Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” va
“Astronomiya”.
Qolganlarini
quyidagicha
taqsimlash
mumkin:
matematikaga doirlari -22 ta; astronomik asboblar haqida -10 ta;
astrologiklari -21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va
boshqalar) -38 ta; turli tillardan taijima asarlar -21 ta. Beruniyning bu
asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.
995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy
masalalarini hal etish bilan birga yer va osmon globusini yasadi hamda
astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday
asarlaridan biri “Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar
“Shaharlar
orasidagi
masofalami
aniqlash
uchun
joylaming
chegaralarini belgilash“ga doir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer
aylanasining kattaligini o‘lchash haqida fikr yuritgan.
Qadimdan insonlar yeming shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar
va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. Miloddan avval
o‘tgan Pifagor, Arastu, Arximed kabi buyuk olimlar yer dumaloq va shar
shaklida,
degan
fikrni
aytganlar.
Bag‘dodda tashkil
topgan
“Donishmandlik uyi” nomli o‘sha davming fanlar akademiyasida 0 ‘rta
Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg‘oniy, Habash Xasib, Marvaridiy
kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu
“Donishmandlik uyi”ning a’zosi bo‘lib, u yerda 7 yil ishlagan. Olimning
muhim asarlaridan biri “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ uning
Jo‘ijon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan
bu asar muallifhing ko‘p qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga
katta shuhrat keltirdi.
Muallifning
ilmiy
adabiyotlarda
qisqacha
“Geodeziya”deb
yuritiladigan “Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun
52
j
joylaming oxirgi chegaralarini aniqlash” nomli astronomiya va
geografiyaga
bag‘ishlangan
asari
1025-yilda
yozib
tugatildi.
Beruniyning “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar” asari
ham 1029-yilda G‘aznada yoziladi. Oradan bir yil o‘tgandan so‘ng u
o‘zining “Hindiston” nomi bilan tanilgan “Hindlaming aqlga sig‘adigan
va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash” kitobini yakunlaydi. Bunda
Beruniy hozirgi Amerika qit’asining mavjudligini Kolumbdan bir necha
asr avval ilmiy asoslab bergan. Olim yashagan davrdagi munosabatlar,
ishlab chiqarishning yuksalganligi,
savdo-sotiqning rivojlanishi,
sug‘orish inshootlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi.
Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo‘lishi va uni
qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg‘unlashib
ketadi. Uning fikriga ko‘ra, kishilar o‘z zaruriy ehtiyojlarini qondirish
uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar
turli-tuman va ko‘p bo‘lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy
va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u
davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli, deb o‘ylagan. Eng
muhim g‘oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan
yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim
bo‘lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan
belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o‘ziga xos bo‘ladi va inson
ahli ularga rioya qilmog‘i darkor, aks holda nizom va bir xillik yo‘qolsa,
tartib ham yo‘q bo‘ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand. Olimning
fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish
mumkinki, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson awalo
halol mehnati bilan ulug‘lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham
mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlami egallamoq va hunar o‘rganmoq
uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va
takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib,
ulaming har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini
53
ko‘rsatib berdi. Binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari
mehnatini og‘ir mehnat, deb biladi. Ilm, ma’rifat zahmatkashlari
mehnatiga ta’rif berish, ilm olish, o‘qish eng kerakli mehnat ekanligini
isbotlaydi. Shunga ko‘ra olimlaming mehnatini qadrlash turli ilmlar
ko‘payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne’matlar
uchun bo‘lgan harakatlarda, mehnatda, deb biladi.
Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ulami majburlab
ishlatishga qarshi bo‘lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir.
Meros bo'lib avloddan avlodga o‘tib keladigan hunarlar yuqori
baholangan.
Beruniy og‘ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya’ni konda ishlovchilar,
yer ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to‘g‘risida, ularga berilishi
kerak boigan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida
keng mulohaza yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yer ostidagi kon ishlariga
alohida e’tibor beriladi, yer osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini
olish uchun), yer osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani
yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya
etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog‘ini barpo etish zarurligi
ko'rsatiladi.
Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat,
ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab
va og‘ir ishlami bajarish maxsus maktab, ularda ta’lim-tarbiya berish
asosida yo‘lga qo‘yilmog‘i kerak, deydi olim. Xuddi shu o‘rinda
Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilaming mehnati jamiyat uchun
naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalaming
ahvoli, shogirdlaming faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli
g'oyalami ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita
bog‘lanadi.
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa
narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o‘lchab beruvchi usta bo‘lib,
uning oldida billuming mayda va katta bo‘lakchalari to‘plangan. U ana
54
shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi
buyum yasashni o‘ylab o‘lchab, belgilab chiqadi. Shundan keyin uni
yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib
buyumlami yasay boshlaydi.
Olim shu yerda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan
rag‘banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bu aslini
olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi o‘zidir. Uningcha ayniqsa,
yerga ishlov berib, rizq-ro‘z yaratuvchilarga mehribon bo‘lish kerakligi
ko‘rsatiladi. Ana shu g‘amxo‘rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi
va yer hosildor bo‘ladi, moddiy ne’matlar yaratiladi, ishlovchi va
jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu flkr XVIII asrda
Adam Smit tomonidan toMaroq isbotlab berilgan). Moddiy ne’matlar esa
tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam
bo‘ladi, deydi olim (bu yerda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati
masalasi ko‘tariladi).
Agar kishilar to‘q bo‘lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlaming
vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o‘rtasida haqiqatni, kuchli
bilan kuchsiz o‘rtasida tenglikni o‘matishdan iboratdir, deb uqtiradi
olim. Mehnatning ixtiyoriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o‘rtasida xulq-
atvor, hunnat-e’tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining
eng zarur tamoyillaridan biri - tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi
ilgari surilgan.
Beruniy o‘gitlaridan:
Har bir yangi narsada lazzat bor.
Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.
Asalarilar ham o‘z jinsidan bo‘laturib ishlamay, uyadagi asalni
bekorga yeb yotadiganlarini oidirib tashlaydilar.
Ikkala da’vogar rozi bo‘lishibdi-yu, qozi rozi boMmabdi.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa
bo‘lmaydi.
55
Haddan ortiq g‘azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf
obro‘ni ketkazadi.
Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari
UIug‘ mutafakkir Ibn Sinoning 280 dan
ko‘proq asarlari mavjud bo‘lib, ular tibbiyot,
matematika, astronomiya, kimyo, falsafa,
iqtisodiyot va boshqa sohalarga bag‘ishlangan.
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to‘g‘risi-
dagi, mehnat va uning moddiy ishlab
chiqarishdagi
roli
to‘g‘risidagi
fikrlari
diqqatga sazovor. Uning fikricha: «Hayvon
tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa
tabiat ne’matlari kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga
ehtiyoj sezadi. Hayvonlar tabiat ne’matlarini o'zlashtiradi, inson esa o‘z
mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim-kechak, uy-joy yaratadi. Shu
maqsadda inson dehqonchilik bilan shug‘ullanishi kerak. Hayvonlar
garchi poda bo‘lib yashasalar ham, yolg‘iz yashay oladi, odamlar esa
yakka holda o‘zlari uchun barcha yashash vositalarini topa olmaydilar.
Shuning uchun odamlar muloqot va o‘zaro yordamga muhtoj
bo'ladilar».
Ibn Sino feodal jamiyatning asosiy muammolarini tadqiq qiladi. U
jamiyat amal qilishining asosi hunarmandchilik, deb hisobladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |