Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


I  BO'LIM.  QADIMGI  DUNYO IQTISODIY TA’LIMOTLARI



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

I  BO'LIM.  QADIMGI  DUNYO IQTISODIY TA’LIMOTLARI
I BOB.  IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI  FANINING 
PREDMETI VA 0 ‘RGANISH  USULI
1 .1 .  Iq tisod iy ta ’lim o tla r ta rix i fan in in g ah am iyati va
m aqsadi
Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta’limotlar 
tarixi  fani  insonlami  iqtisodiy  bilim  saviyasini  oshirish,  iqtisodiy  fikr, 
g‘oya,  nazariyalaming  kelib  chiqish  tarixini,  ulaming  mohiyatini, 
iqtisodiy  maktablar,  hozirgi  zamon  iqtisodiy  yo‘nalishlari,  ulaming 
asosiy  qoidalarini  yaxshi  bilish,  har  bir  nazariyaning  o‘ziga  xosligini, 
uning  asosiy  tomonlarini,  nazariya  bilan  amaliyotni  bir-biriga  bog‘lab 
o‘rganish 
zarurligini, 
har  .  qanday 
iqtisodiy  xulosa  universal 
bo‘lmasligini,  shu  bois  ulaming  amal  qilish  xususiyatlarini  to‘g‘ri 
tushinish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi  davrda  odamlar  iqtisodiyot  to‘g‘risida  imkoni  boricha 
ko‘proq  bilishga  intilmoqdalar.  Xo‘sh,  ummon  kabi  keng  iqtisodiyot 
fanini  o‘rganishni  nimadan  boshlamoq  kerak,  degan  savol  tug‘ilishi 
tabiiy.
Iste’molchilar  xohishlari  odatda  chegaralanmagan  va  cheksizdir, 
ammo  resurslar  (odatda  yer,  mehnat,  kapital  va  tadbirkorlik  layoqati) 
cheklangandir.  Tanqislik  muammosini  hal  qilish  uchun  cheklangan 
iqtisodiy  resurslami  cheklanmagan  muqobil  variantlar  (hohish  istaklar) 
o‘rtasida  adolatli  taqsimlaydigan  ijtimoiy  mexanizm  zarur.  Bunday 
taqsimot  bir  tarafdan  iste’molchi  istaklarini  kamaytirishi  va  cheklashi, 
ikkinchi  tomondan  esa  iqtisodiy  resurslar  va  ne’matlami  yetkazib 
berishni ko‘paytirishi kerak.1
1 History o f economic thought. Hairy Landreth, David C. Colander-16 b.
6


Shifokor  davolanuvchini  tuzatishni  uning  kasallik  tarixidan 
boshlagani kabi ushbu fanni o'rganishni ham uning tarixini o‘rganishdan 
boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to‘la hal 
etishda  o‘tgan  asr  iqtisodchilaridan  barcha  savollarga  tayyor  javob 
topish qiyinligi aniq, ammo o‘tgan donishmandlaming fikr-mulohazalari 
hozirgi  va  kelajak  to‘g‘risida  to‘g‘ri  xulosa  chiqarish  uchun  yaxshi 
imkoniyat  beradi.  Aniqrog‘i  velosipedni  qayta  kashf  qilishga  hojat 
qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Iqtisodiyot  insonning tarixi kabi  qadimiydir.  Iqtisodiyotga oid  fikr, 
g‘oya,  qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko‘p ming yillik tarixga ega. 
Lekin  ulaming  asosiy  qismi  yozuv  paydo  bo‘lganidan  so‘ng  yozma 
manbalardan  bizgacha  yetib  kelgan.  Bu  manbalar,  ulardagi  g‘oyalar, 
awalo,  insoniyatning  muqaddas  mulkidir,  uni  topish,  o‘rganish  va 
kelajak  uchun  saqlash  savobli  bo‘lsa,  ulardagi  nodir  fikrlami  hayotga 
tatbiq  etish  ham  nazariy,  ham  amaliy  ahamiyat  kasb  etishi  bilan  birga 
katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.
Iqtisodiyot baynalmilal  hodisa bo‘lib,  uning oldida turgan vazifalar 
barcha  xalqlar  uchun  bir  xil,  ammo  ular  rivojlanish  davomida  turlicha 
natijalarga  erishganlar.  «Iqtisodiy  ta’limotlar  tarixi»  fanida  ayrim 
olimlar,  davlat  arboblari  tomonidan  ilgari  surilgan  g‘oya,  qarash, 
nazariya,  qonun,  ta’limot,  konsepsiyalar  insoniyat  taraqqiyotining  turli 
bosqichlaridagi 
ijtimoiy  qatlamlar,  sinflar  va  boshqa  guruhlaming 
manfaatlari nuqtayi nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»  fanini  o‘rganish manbalari  turli-tuman 
bo‘lib,  qadimgi  arxeologik topilmalar,  moddiy  ne’matlar,  qoya  va bino 
devorlaridagi  rasmlar,  chizmalar  va  xalq  og‘zaki  ijodi  namunalari 
muhim ahamiyatga ega. Ammo bu fanning eng muhim manbalari bo‘lib, 
qoiyozmalar,  davlat  arboblari,  olim,  donishmand,  mutafakkirlaming 
yozib  qoldirgan  kitoblari  hal  qiluvchi  o‘rinni  egallaydi.  Jahon  iqtisodiy 
tafakkurida  qadimgi  qo‘lyozmalar  o‘ta  ahamiyatlidir.  Masalan, 
0 ‘zbekiston  fanlar  akademiyasi  sharqshunoslik  institutida  arab,  fors, 
qadimgi turk tillarida yozilgan yigirma besh mingdan ortiq qo‘lyozmalar 
mavjud.  Lekin  bu  qo‘lyozmalami  o‘rganishda  ma’lum  obyektiv  va


subyektiv  kamchiliklar  mavjud.  Xuddi  sutning  qaymog‘ini  olish  oson 
bo‘Iganidek, 
bu 
qo‘lyozmalardagi 
entsiklopedik 
g‘oyalardan 
muhimlarigina  o‘rganilgan,iqtisodiyot  tafakkuri  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
materiallar hali o ‘z tadqiqotchilarini kutib turibdi.
Bu  fanning  maqsadi  awalgi  ortodoksal  g‘oyalar  zamonaviy 
iqtisodiy  nazariyaning  mazmuni  va  predmetiga  qo‘shgan  hissalarini  va 
shu  bilan  birga  ortodoksal  bo‘lmagan  boshqa  g‘oyalaming  zamonaviy 
iqtisodiy  ta’limotlaming  shakllanishidagi  ahamiyatini  ko‘rsatgan  holda 
iqtisodiy nazariyaning asrlar davomida shakllanishini tasvirlab berishdan 
iborat.
Bundan  tashqari  kitobda  alohida  olingan  g‘oya  va  fikrlaming 
iqtisodiyot  nazariyasining  rivojlanishidagi  ahamiyati  va  o‘z  o‘mida 
nazariyaning  ijtimoiy-iqtisodiy  siyosat  shakllanishidagi  ahamiyati 
tushuntirilgan. 
Tabiyiki, 
bu 
iqtisodiy 
ta’limotlar 
kishilaming 
dunyoqarashi  va  rasmiy  nazariyalaridan  tashkil  topgan.  Iqtisodiy 
dunyoqarash  shaxsning  dunyodagi  voqeliklarni  o‘z  ongida  aks 
ettirishidir.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi  fanini  o‘rganishning asosiy  sabablaridan 
biri  yaxshi  iqtisodchi  bo‘lishdir.  0 ‘tmishning va hoziming  eng  muhim 
iqtisodchilari  o‘z  fanlari  nazariyasi  tarixi  bilan  yaqindan  tanish 
bo‘lganlar.  Iqtisodiy  ta’limotlar  tarixini  o‘qish  nazariy  va  mantiqiy 
qobilyatlami oshiradi,  farazlami xulosaga bog'lashga imkon beradi,  o‘z 
fikridan farqli bo‘lgan tizimli mantiq asosida ishlashni o‘rgatadi.
0 ‘tmish g‘oyalarini o‘rganishning yana bir sababi yangi g‘oyalami 
shakllantirishdir.  Oldingi  iqtisodiy  nazariyalami  o‘rganish  ko‘pincha 
yangi  g‘oyalami  yaratishga  undaydi.  Ba’zan  nazariyalar  o‘tmishda 
yo‘qolib  ketadi  va  kelajakka  yetib  bormaydi  yoki  ular  ma’lum 
vaziyatlargagina  bog‘liq  bo‘lib  qolishadi.  1815-yillarda  renta  va 
unumdorlikning pasayib borishi tushunchalarining rivojlantirilishi bunga 
yaxshi  misol  bo‘ladi.  Ya’ni  renta  va  unumdorlikning  pasayib  borishi 
tushunchalari  1890-yillargacha  ishlab  chiqarish  omillariga  tatbiq 
etilmaguncha faqatgina yerga nisbatan ishlatilgan.
8


Shunday  qilib,  zamonaviy  ortodoksal  iqtisodning yuzaga kelishini 
o‘rganish orqali ortodoksal g‘oyalardan farqli bo‘lgan, lekin hozirgi kun 
iqtisodiy  nazariyalar  mazmunining  shakllanishiga  yordam  bergan 
g‘oyalarni  esdan  chiqarmagan  holda  iqtisodiy  ta’limotlar  tarixini 
o‘rganishimiz  lozim.  Iqtisodiy  nazariyalammg  ko‘lami  va  mazmuniga 
qo‘shimcha  ravishda  o‘sha  davrdagi  iqtisodiy  vaziyat  o‘rtasidagi 
bog‘liqlikka  ham  e’tibor  qaratishimiz  zarur.  Nazariyalardan  kelib 
chiquvchi  umumiy  xulosalar  hamda  alohida  olingan  g‘oyalaming 
rivojlanishi orqali uning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni shakllantirishdagi 
ahamiyatini ko‘rsatib o‘tishimiz lozim2.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish