Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 .3 .  Q adim gi Y u n on iston d agi iq tiso d iy  fikrlar



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

2 .3 .  Q adim gi Y u n on iston d agi iq tiso d iy  fikrlar
Iqtisodiy  fikrlar  qadimgi  Yunonistonda  yanada  rivojlantirildi. 
Ksenofont,  Platon,  Aristotel  asarlarida  iqtisodiy  muammolar  maxsus 
tadqiqot  obyektiga  aylandi.  Buni  Sokratning  shogirdi,  Platonning 
zamondoshi  Ksenofont  (m.av.  430-355)  asarlarida  yaqqol  ko‘rish 
mumkin.  Uning  ko‘p  sonli  asarlari  ichida  «Daromadlar to‘g‘risida»  va 
«Ekonomiks»  nomli  (xo‘jalik  to‘g‘risida  ta’lim)  maxsus  iqtisodiy 
asarlari alohida ahamiyatga ega.
Ksenofont 
«Daromadlar 
to‘g‘risida» 
asarida  Afina  davlatining  iqtisodiy  holatini 
tahlil  qilib  uni  yaxshilashning  uch  yo‘lini 
tavsiya etadi:
1)xorijiy  kishilardan  olinadigan  soliqni 
ko‘paytirish, 
ulaming 
Afinaga 
kelishini 
rag‘batlantirish;
2) kumush qazib olishni kengaytirish;
3) qullar savdosini tashkil etish.
(m .o . 4 3 0 -3 5 5 )
«Ekonomiks»  asarida  hamda  Ksenofontning
5 History o f  economic thought.  Harry Landreth, David C. Colander 47-b.
28


alohida  mulohazalarida  quldorlik  xo‘jaligi  iqtisodiyotiga  tavsifiioma 
beriladi.
Ksenofont  qishloq  xo‘jaligini  xalq  xo‘jaligining  eng  asosiy 
tarmog‘i,  deb hisoblagan.  «Qishloq xo‘jaligi rivojlansa, -  deb yozadi  u, 
-  boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi.  Agar dehqonchilik pasaysa, u 
holda  uning  bilan  birga  suv  va  quruqlikdagi  barcha  boshqa  sanoat 
faoliyati tarmoqlari halok bo‘ladi».
Ksenofont  iqtisodiy  fikrlar  tarihiga  birinchilardan  bo‘lib  mehnat 
taqsimotini  tahlil  qilgan  olim  sifatida  kirib  keldi.  U  o‘zining 
«Kiropediya»  asarida  shunday  yozadi:  «Kichkina  shaharlarda  bitta 
ustaning  o‘zi  yotoq  joy,  eshik,  plug,  stol  yasaydi,  ko'pincha  o ‘sha 
odamning  o‘zi  uy  ham  quradi...  Albatta,  bunday  har  xil  hunar  bilan 
shug‘ullanuvchi  odam  hammasini  bir  xilda yaxshi  tayyorlashi  mumkin 
emas.  Aksincha,  yirik  shaharlarda  har  bir  buyumga  ko‘pchilikning 
ehtiyoj  sezishi  tufayli,  har  bir  ustaga  o‘zini  boqish  uchun  bitta  hunar 
yetarli.  Ko‘p  joylarda  o‘sha  hunaming  hatto  bir  qismi  ham  kifoya: 
masalan,  bir  usta  erkaklarning  oyoq-kiyimini  tikadi,  boshqasi  esa  -  
xotinlaming.  Ba’zida  esa  odam  faqat  boshmoq  uchun  yarim  mahsulot 
tayyorlab, boshqasi -  charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to‘rtinchisi 
esa -   ulaming  hammasini  birlashtirib  tikib  hayot  kechirish  uchun  haq 
oladi.  0 ‘z-o‘zidan  ma’lumki,  kim  muayyan  cheklangan  ish  turi  bilan 
shug‘ullansa, o‘sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir».
Har  qanday  tovaming  ikkiyoqlama  xarakterini,  ya’ni  uning 
foydaliligini  va  almashuv  qobiliyatini  birinchilardan  bo‘lib  tushungan 
ham  Ksenofont  hisoblanadi. 
Bundan  tashqari, 
natural-xo‘jalik 
konsepsiyasi  tarafdori  va  shunga  ko‘ra  sudxo‘rlikka  qarshi  bo‘lganiga 
qaramay,  u  pulning  zarurligi  va  foydaliligini  tan  olgan  va  unga  xos 
bo‘lgan muomala vositasi va jamg‘arish vositasi funksiyalarini ko‘rsatib 
bergan.
Natural  xo‘jalik  konsepsiyasi  yunon  mutafakkiri  Platonning  (m.av. 
427-347)  iqtisodiy  qarashlari  uchun  ham  xarakterli  bo‘lgan.  Bu  uning


«Davlat»  va  «Qonunlar»  asarlarida  o‘z  aksini  topgan.  Birincliisida  ideal 
davlat  tuzumi  loyihasi  shakllantirilgan  bo‘lsa,  ikkinchisida  real  haqiqatga 
ancha  yaqin  davlat  tasvirlangan.  Platon  «Davlat»  asarida  ideal  ijtimoiy 
tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta’limotlar tarixiga katta liissa qo‘shdi. 
Ideal “davlat”da yashovchi kisliilar uch toifaga ajratib ko‘rsatiladi:
1.  Faylasuflar.
2.  Harbiylar.
3.  Oddiy toifa -  yer egalari, hunarmandlar, savdogarlar.
Bunda  ijtimoiy  manfaatlarni  liimoya  qilishda  oqsuyaklaming 
(faylasuflaming) roliga yuqori baho beriladi, negaki ular boshqa bir toifa 
-  harbiylar (armiya) bilan birga, davlatning boshqaruv apparatini tashkil 
etgach,  olimning  fikriga  ko‘ra  butun  jamiyatni  boshqaradi.  Bunda 
faylasuflar ham,  harbiylar ham  hech  qanday  mulkka egalik  qilmaydilar 
(davlat manfaatlari  yo‘lida  chalg‘ib ketmaslik  uchun);  ulaming  moddiy 
ta’minotini  davlat  o‘z  zimmasiga  oladi.  Barcha  xo‘jalik  ishlari,  shu 
jumladan,  mulkka  egalik  qilish,  uni  tasarruf  etish  ideal  davlatdagi 
uchinchi  toifa  hisoblangan-yer  egalari,  savdogarlar  va  hunarmandlar 
zimmasiga yuklanadi.  Qullar -  erkin fuqarolar mulki  va shuning uchun 
ular hech bir toifaga kiritilmadi.
«Qonunlar»  asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda 
davlat  ta’minotida  bo‘lgan,  ya’ni  yuqori  toifali  «fuqarolaming»  moddiy 
ta’minoti  to‘g‘risidagi  oldin  ilgari  surilgan  g‘oyalar  rivojlantirilgan.  Bu 
yerda  faylasuf  tenglik  tamoyilida  jamiyat  tuzilishining  ayrim  ijtimoiy- 
iqtisodiy  unsurlaming tavsifini  boshqalardan  oldin  ko‘ra  bilgan.  Xususan, 
barcha fuqarolar,  Platon  fikricha  ideal  davlatda  (qur’a bo‘yicha) uy-joy, 
yer  olishlari  mumkin.  Buning  ustiga  yer  faqat  unga  egalik  qilish  va 
undan  foydalanish  huquqi  bilan  (ya’ni  to‘la  bo‘lmagan  mulk  huquqi) 
berilgan  bo‘lsa  ham,  uni  olgan  kishi  keyinchalik  bolalarining  biriga 
aynan  shu  shart  bilan  meros  qoldirish  imkoniyatiga  ega  bo‘lgan. 
Fuqarolar  umumiy  mulkining  qimmati  to‘rt  martadan  ko‘p  farq 
qilmasligi kerak.
30


Platonning  har  ikkala  loyihasida  o‘xshashlik  mavjud:  davlatni 
boshqaruv  apparati  (birinchi  loyihada)  va  fiiqarolar (ikkinchi  loyihada) 
oltin  va  kumushga  ega  bo‘lishlari,  shuningdek,  sudxo‘rlik  bilan 
shug'ullanishlari  mumkin  emas.  U  xuddi  Ksenofontga  o‘xshab, 
dehqonchilikni 
iqtisodiyotdagi 
asosiy 
tarmoq, 
deb 
hisobladi, 
hunarmandchilik  va  savdoni  jamiyatda  uncha  e’tiborli  bo‘lmagan 
mashg‘ulotlar turiga kiritdi.
Antik  iqtisodiy  fikrlar  tarixida  Platon  birinchilardan  bo‘lib 
bahoning  asosi  va  darajasi  to‘g‘risidagi  masalani  o‘rtaga  tashladi. 
Uning  fikricha  baho  davlat  hokimiyati  tomondan  tartibga  solinib 
turilishi  kerak,  bundan  tashqari  asos  sifatida  shunday  baho  olinishi 
kerakki, u o‘rtacha foyda olishni ta’minlasin.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish