Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 .4 .  F .L ist  v a   G e r m a n iy a   ta r ix iy   m a k ta b   a s o s c h ila r i



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

9 .4 . 
F .L ist  v a   G e r m a n iy a   ta r ix iy   m a k ta b   a s o s c h ila r i 
P .J .  P ru d on   v a   K .R o d b e r tu sla r n in g   iq t is o d iy   g 'o y a la r i
Milliy  qalb,  milliy  xarakter,  milliy  taqdir  -  shu  va  shunga 
o‘xshash tushunchalar XVIII asr oxiri  va XIX  asr boshlarida Germaniya 
jamoatchiligi  fikriga  singib  kirmoqda  edi.  Tarixiy  maktab  vakillari
168


tarixdan  bo‘lak  yana  nima  milliy  boiishi  mumkin,  degan  fikrlarga 
asoslanib  siyosiy  iqtisoddan  tarixiy  usul  o‘mini  ko‘rsatishga  harakat 
qildilar.  Ular  milliy  fan  sifatida  siyosiy  iqtisod  orqali  tabiiy 
xususiyatlarga va  xalq  harakatlariga  bog‘liq  holda rivojlanadigan  milliy 
xo‘jalikni o‘rganishni  o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.
Fridrix  List  (1789-1846-yy.)  Janubiy  Germaniyaning  Reydlingen 
shahrida boy hunarmand oilasida tug‘ildi.  U o'qishni  15  yoshda tugatib, 
hunarmandchilik  ustaxonasida  otasiga  shogird  bo‘lib  ikki  yil  ishladi. 
Keyinchalik  Vyurtemberg  qirolligida  turli  lavozimlarda  ishlab,  bir 
vaqtning o ‘zida Tyubingen universitetini  huquq  mutaxassisligi  bo‘yicha 
tugatdi.  1817-yildan  shu  universitetning  Davlat  boshqaruvi  amaliyoti 
kafedrasi  professori  bo‘lib  ishladi.  List 28  yoshida  liberal  yo‘nalishdagi 
taniqli  publisist,  radikal  burjua-demokratik  islohotlaming  qat’iy 
tarafdori  sifatida  tanildi.  U  1847-yil  Bryussel  shahrida  bo‘lib  o‘tgan 
iqtisodchilar  kongressida  o ‘zining  aniq  ehtirosli  fikrlari,  siyosiy 
yetukligi  va  kuchli  notiqlik  qobiliyati  bilan  ko‘pchilikning  e’tiborini 
o‘ziga  qaratdi.  List  1819-yilda  Germaniya  iqtisodiy  birligini  ta’minlash 
maqsadida «Savdo-sanoat ittifoqi»ni tuzdi.
F.List 30 yoshida Vyurtemberg parlamenti  a’zosi  bo‘lib,  o‘zining 
keng  demokratik  islohotlar  dasturi  bilan  hukumatga  murojaat  qildi. 
Bunday  siyosiy  chiqish  Listga  qarshi  kuchlar  shakllanishiga  sabab 
bo‘ldi.  Natijada  u  1825-yilda  Germaniyani  tark  etib,  AQShga  doimiy 
yashash uchun ketdi.  Dastlab u fermerlik bilan shug‘ullandi, keyinchalik 
nemis 
gazetalarining  muharriri 
bo‘ldi  hamda  sanoat  sohasida 
tadbirkorlik  faoliyatini  olib  bordi.  F.List  Angliya  sanoati  bilan  raqobat 
qiluvchi  Germaniya  va  AQShda  sanoat  rivojlanishi  xususiyatlarini 
chuqur  o ‘rganib,  Amerika  taraqqiyoti  uchun  iqtisodiy  dastumi 
tayyorladi.
1832-yildan  F.List  Yevropaga  qaytib  AQShning  Leypsigdagi 
elchisi  bo‘lib  ishladi.  Shuningdek,  u  Leypsig-Drezden  temir  yo'lini 
qurish  maqsadida  Germaniyada  birinchi  bo‘lib  hissadorlik  uyushmasini 
tashkil  etdi.  F.List  o‘zining  uchinchi  va  oxirgi  emigratsiyasidan  so‘ng 
Parijda  uch  yil  yashadi.  U  o‘zining  bor  kuchini,  idroki  va  iqtidorini 
iqtisodiy  muammolami  keng  o ‘rganishga  qaratdi.  Sanoat  burjuaziyasi
169


manfaatlarining  ifodachisi  bo‘lgan  F.List  iqtisodiy  birlik  uchun 
birinchilar  qatori  maydonga  chiqdi.  U  o‘zining  «Siyosiy  iqtisodning 
milliy  sistemasi»  (1841)  nomli  asosiy  asarida  milliy  siyosiy  iqtisodni 
yaratish  vazifasini  o ‘rtaga  qo‘ydi.  Mamlakatning  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlari  to‘g ‘risidagi  ta’limot  unga  asos  bo‘lishi  kerak  edi.  F.List 
davlatning  faoliyatini,  dinni,  axloqni,  ma’naviyatni  va  shu  kabilami 
ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo‘shdi.
F.Listning ta’limotiga ko‘ra qiymatni  ishlab  chiqaruvchi  kuchlar, 
«millatning ruhi»  (toj-taxtning meros  bo‘lib  qolishi,  huquq,  sud,  armiya, 
polisiya va shu kabilar) yaratadi.
F.List  ta’limotida  xo‘jalik  taraqqiyotining  tarixiy  bosqichlari 
to‘g ‘risidagi  g ‘oyalar katta o ‘rin  egallaydi.  U tarixiy  taraqqiyotni  beshta 
bosqichga: 
ba’daviylik, 
cho‘ponlik, 
dehqonchilik, 
dehqonchilik-
manufaktura,  dehqonchilik  -  manufaktura -  savdo  bosqichlariga  bo‘ladi. 
Bunday  bolishdan  maqsad  Germaniyada  sanoatning  o‘sishini  har 
tomonlama  qo'llab-quvvatlash,  bir  yoqlama  rivojlanishdan  -  qishloq 
xo‘jaligining  ustunligidan  voz  kechish  kerak,  degan  fikmi  isbotlashdan 
iborat edi.
F.Listning  asosiy  iqtisodiy  asari  Germaniyaning  iqtisodiy 
rivojlanishi  va  savdo  siyosati  atrofidagi  qizg‘in  tortishuvlarda  alohida 
o ‘rin  egallab,  nemis  iqtisodiy  fikriga  katta  ta’sir  ko'rsatdi.  F.List 
o‘zining  g ‘oyalarini  rivojlantirar ekan,  Germaniyaning  gullab-yashnashi 
sanoat  taraqqiyoti  orqali  bo‘lishi  mumkinligini  va  shuning  uchun  uni 
chet el raqobatidan himoya qilish zarur ekanligini  ko‘rsatadi. Ushbu asar 
o ‘z  davrida  demokratik  ziyolilar  tomonidan  qizg‘in  qabul  qilinib,  katta 
qiziqish bilan o ‘qildi.
Germaniyaga qaytgandan so‘ng olim Augusburg shahrida yashab, 
ilmiy  ishini  davom  ettirdi.  U  xuddi  ana  shu  buyuk  davlatchilik, 
shovinistik  kayfiyatdagi  asarlarini  yaratib,  nemis  imperializmining 
dastlabki  himoyachilariga  yo‘l  ochib  berdi.  List  urushlar  va 
bosqinchilikning  tarafdori  bo‘lib,  dehqonchilik  holatidan  dehqonchilik- 
sanoat  holatiga  o ‘tishga  ko‘maklashadigan  urushlarni  yoqlaydi.  U 
Janubiy-sharqiy  Yevropadagi  bo‘sh  yerlami  Germaniya  bosib  olishi 
zarur,  deb  hisoblaydi.  List  hayotining  so‘nggi  yillarida  Angliyaga
170
1


bo‘lgan  o‘z  munosabatini  o ‘zgartiradi,  chunki  u  doim  Angliyani 
Germaniyaning  birlashishiga  va  sanoat  rivoj iga  qarshi,  deb  hisoblardi. 
Endi  uning  fikricha Angliya  Germaniyaning qit’a qo‘shnisi  hisoblangan 
Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo‘llashi mumkin edi.
List  iqtisodiy  fanda  klassik  maktabni,  ayniqsa  uning  yirik 
namoyandasi  bo‘lgan  A.Smit  iqtisodiyotini  tanqid  qiluvchi  bo‘lib 
faoliyat  ko‘rsatdi,  lekin  u  klassik  maktabning  asosi  bo‘lgan  qiymat  va 
daromadlar  nazariyasini  mutlaqo  tahrir  qilmadi.  Iqtisodiyotning  bu 
kategoriyalari  olimni  qiziqtirmadi.  Asosiy  e’tibor  iqtisodiy  siyosatning 
asosiy  masalalariga  va  ayniqsa,  tashqi  savdo  siyosatiga  qaratildi.  F.List 
Smit  iqtisodiy  sistemasini  kosmopolitizmda  ayblab,  uni  ayrim 
mamlakatlar xo‘jalik rivojlanishining  milliy xususiyatlarini  ko‘rmasdan, 
barchasiga  umumiy  «tabiiy»  qonun-qoidalami  dogmatik  ravishda 
majbur  kiritilmoqda,  deydi.  «Turli  millatlar,-  deb  yozadi  List,  turli 
bosqichda  bo‘ladilar.  Bunday  sharoitda  ular  o ‘rtasidagi  to ‘liq  erkin 
savdo  ayirboshlash  qiymati  nuqtayi  nazaridan  jahon  xo‘jaligi  uchun 
ma’lum  mavhum  foydani  keltirishi  mumkin  bo'ladi.»  Lekin  bu  holat 
qolgan  mamlakatlar  ishlab  chiqarish  kuchlari  rivojiga  to‘sqinlik  qiladi. 
U  o ‘z  konsepsiyasini  ishlab  chiqarish  kuchlari  nazariyasi,  deb  yuritib, 
Smitning  ayirboshlash  qiymati  nazariyasiga  qarshi  qo'yadi.  Lekin  shuni 
aytish zarurki,  ishlab  chiqarish kuchlari,  deganda List ijtimoiy  sharoitlar 
majmuasini  tushunadi  va  ularsiz  millat  boyligi  bo‘lmaydi,  deb  yozadi. 
Shuningdek  u  faqatgina  qishloq  xo‘jaligi  bilan  shug‘ullanadigan  millat 
bir qo‘l bilan mehnat qiladigan kishi kabidir,  deydi.  List ishlab chiqarish 
unumdorligini  oshirishni  proteksionizm  tarbiyasi  yordamida  amalga 
oshirishni  o ‘rtaga  tashlaydi.  Davlat  sistemasidagi  tadbirlar  milliy  ishlab 
chiqarishni  chet  el  raqobatidan  to  o ‘zini  tiklab  olguncha  va  teng 
raqobatdosh  bo‘lguncha  himoya  qilishi  kerak,  deydi.  Erkin  savdoni 
amalga  oshirishni  esa  u  keyinroq,  ya’ni  hamma  millatlar  bir  xil 
rivojlanish  darajasiga  yetgunicha  qoldirishni  tavsiya  qiladi.  Hozirgi 
davrga  kelib  Listning  bunday  qarashlarining  ayrimlari  dolzarb  bo‘lib, 
hayotda  o‘z  o ‘mini  topmoqda.  Masalan,  millatning  boy,  qudratli  bo‘lib 
borishi  uning  qanchalik  ko‘p  sanoat mahsulotini  eksport qilishi  bilan  va 
kam  mahsulotni  import  qilishi  bilan  belgilanadi.  Bu  o‘rinda  Yaponiya
171


tajribasini  ko‘rsatishimiz kifoya.  Bu davlat so‘nggi  yillarda tez  iqtisodiy 
rivojlanish  hisobiga,  ya’ni  tashqi  savdoni  to ‘g ‘ri  yo‘lga  qo‘yganligi 
uchun rivojlangan mamlakatlar qatorida oldingi o ‘ringa chiqib oldi.
Listning  iqtisodiy  nazariyasi  asosiy  masalalardan  hisoblangan 
kapitalizm  taraqqiyoti  doirasida  o‘z  tarixi  va  xo‘jaligining  xususiyatiga 
ko‘ra  jahon  hamjamiyatining  so‘nggi  qatorlaridan  o ‘rin  olgan 
mamlakatlaming  iqtisodiy  qoloqligini  bartaraf etish  yoiidagi  dastlabki 
urinish  edi.  Hozirgi  davrda  milliy  sanoatni  rivojlantirish  uchun  harakat 
qilayotgan yosh,  rivojlanayotgan  mamlakatlaming  List  ta’limotiga  katta 
e’tibor  berayotganliklari  tabiiy  holdir.  Chunki  ulaming  oldida  jahon 
bozorida  hukmronlik  qilayotgan  rivojlangan  mamlakatlar  monopoliyasi 
sharoitida o‘z sanoatlarini himoya qilish vazifasi turibdi.
Germaniyada  tarixiy  maktablar  shakllanishi  va  evolyutsiyasini 
ilmiy-iqtisodiy adabiytda uch asosiy davrga ajratiladi.  Birinchi  davr XIX 
asming  40-60-yillarini  o ‘z  ichiga  olib  «Eski  tarixiy  maktab»  yoki 
oddiygina «Tarixiy  maktab»  davri  deb  nomlanadi.  V.Rosheo,  K.Knis  va
B.Gildebrand  bu  davming  asosiy  mualliflaridir.  Ikkinchi  davr  XIX 
asming  70-90-yillariga  to‘g ‘ri  kelib  «Yangi  tarixiy  maktab»  davri,  deb 
nomlanadi.  G.Shmoller va L.Brentano  bu davming asosiy  ijodkorlaridir. 
Uchinchi  davr  XX  asming  30-yillarigacha  davom  etib  «Eng  yangi 
tarixiy  maktab»  davri  yoki  qisqacha  «ijtimoiy  yo‘nalish»  nomini  oldi. 
V.Zombart va M.Veberlar uning asosiy mualliflari edilar.
P.J.Prudon g‘oyalari
Fransuz publitsisti,  mayda ishlab chiqarish nazariyotchisi Per Jozef 
Prudon  (1809-1865)  kambag‘al  kosib  oilasida  tug‘ilgan.  Moddiy 
jihatdan  nochorligi  sababli  kollejdagi  o ‘qishni  tugatmagan,  sherik 
hamkorining  mablag‘i  hisobiga  kichik  bir  bosmaxonani  ishlatib,  zo‘r 
berib  o‘z  m a’lumotini  oshirish  bilan  shug‘ullangan.  Ilmu-fanni 
o‘rganishni avvalo, muhtojlikdan qutulish usuli, deb bilgan.
P.Prudon  1838-yilda  Bezanson  akademiyasi  tomonidan  kam 
ta’minlangan  yosh  olimlarga  ajratilgan  uch  yillik  stipendiyani  olib 
Parijga  ko‘chib  o ‘tdi.  Parijda  u  J.B.Sey,  S.Sismondi,  T.Maltus,  K.Sen-
172


Simon,  Sh.Fure  va  boshqa  iqtisodchi  olimlar  asarlari  bilan  yaqindan 
tanishdi.  1840-yilda  P.Prudonning  «Mulkchilik  nima?»  nomli  mashhur 
asari  e’lon  qilindi.  Ushbu  asarda  kapitalizmni  tanqid  bosh  mavzu 
bo‘lsada,  hali  olimning amaliy  dasturi  bayon qilinmagan edi.  1846-yilda 
P.Prudonning  «Iqtisodiy  ziddiyatlar  tizimi  yoki  qoshshoqlik  falsafasi» 
nomli  yana  bir  asari  e’lon  qilindi.  Asarda  olim  kapitalizmni  isloh 
qilishning  amaliy  dasturini  ishlab  chiqishga,  siyosiy  kurashning 
behudaligini  asoslashga  urindi.  1848-yilda  nashrdan  chiqqan  «Ijtimoiy 
masalalaming  hal  etilishi»  nomli  yangi  asarida  olim  har  qanday 
inqilobiy chiqishlami keskin qoralaydi.
P.  J.  Prudon  Xalq  banklari  konsepsiyasini  e’lon  qilib,  xalqni 
ijtimoiy  islohotlarga  chorlaydi.  P.Prudon  siyosiy  iqtisodni  «aql- 
zakovatning abadiy  qonunlari» to ‘g ‘risidagi fan,  deb biladi.  P.Prudon va 
S.Sismondi  nazariy  qarashlarida  biz  juda  yaqinlik  va  o‘xshashlik 
hollarini  uchratishimiz  mumkin.  Ayniqsa,  ulaming  uslubiyotlarida  bu 
holat quyidagicha aks etadi:
Birinchidan,  iqtisodiyotda  cheksiz  erkin  raqobatni  inkor  etib, 
boshqarish mumkin boigan raqobatni topib tashkil etish.
Ikkinchidan,  xo‘jalik  hayotini  tahlil  qilish  jaranida  iqtisodiy 
ko‘rsatkich va manbalami asosiy,  deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, 
axloq,  ijtimoiy  adolat,  etika  va  boshqa  kategoriyalami,  shuningdek, 
inson  hayotining  eng  oliy  ne’mati  tenglik  va  tinchlikni  asosiy,  deb 
hisoblash.
Uchinchidan,  ko‘p  yillar  davomida  yaratilgan  ilmiy  asarlarda 
iqtisodiy  hodisalarga  nemis  faylasufi  Gegel  dialektikasi  asosiy  uslub 
qilib olinib, unga alohida e’tibor berildi.
P.Prudon  o ‘zining  mayda  ishlab  chiqarish  manfaatlaridan  kelib 
chiqqan  islohotchilik  konsepsiyasini  may donga  tashlar  ekan,  juda  ko‘p 
masalalar  xususidagi  fikrlami  bayon  etadi.  Mehnat taqsimoti,  tovaming 
xususiyati,  ish  haqi,  mulkchilik,  daromad  va  takror  ishlab  chiqarish 
kabilami  ilmiy  izohlashga harakat  qiladi.  P.Prudon  o'zining eng  muhim 
asarlaridan  biri  -  «Iqtisodiy  ziddiyatlar  tizimi....»  da  awalgi  mehnat 
taqsimotini  tahlil  qiladi.  Mehnat  taqsimoti  bir  tomondan  boylikning 
ko‘payishiga 
imkon 
bersa, 
ikkinchi 
tomondan 
qashshoqlikka,
173


kambag‘allikka  olib  boradi.  P.Prudonning  mulohazalariga  qaraganda, 
mehnat  taqsimotining  naf  keltiradigan  xususiyatlarini  saqlab  qolish  va 
zararli  xususiyatlarini tugatish  kerak.  Metodologiya jihatidan bu  o‘rinda 
ijtimoiy  jarayonlar  dialektikasining  ilmiy  tahlilida  tarixdan  tashqari 
yondashuv  sezilib  turadi.  Prudon  tovaming  xususiyatini  ham  mana 
shunday  pozitsiyalardan  turib  «tadqiq»  qiladi.  Uning  fikricha 
qiymatning  abadiy  g ‘oyasi  mavjud,  bu  g‘oya  iste’mol  qiymati  talab  va 
kamchilik bilan,  ayirboshlash  qiymati  esa taklif va mo‘l-ko‘lchilik  bilan 
belgilanadi.  Talab  bilan  taklif  o ‘rtasidagi  kurashda  tovaming  qiymati 
yoki narxi belgilanishini ta’kidlaydi.
U ish  haqining harakati  qonuniyatlarini  ham oddiy  va g ‘ayriilmiy 
pozisiyalardan  turib  bayon  etadi.  Pmdon  ishchilaming  ish  haqini 
oshirish  uchun  kurashiga  qarshi  chiqadi,  chunki  bu  narsa narx-navoning 
yoppasiga  ko‘tarilishiga  yoki  muhtojlikning  kuchayishiga  olib  borar 
emish.
P.Prudon  yollanma  ishchini  ekspluatatsiya  qilish  mexanizmini 
tushuna olmaydi.  U  kapital  bilan  mahsulotni  aynan bir narsa,  deb  talqin 
etib,  butun  kapitalning  harakatini  uning  protsent  keltiradigan  qismi 
harakatidan iborat,  deb talqin etadi.  Ssuda kapitalining harakatini Prudon 
qarz  bemvchi  bilan  qarz  oluvchi  o‘rtasidagi  bitim,  deb  hisobladi. 
Prudonning  nazariy  sistemasida  protsent  mehnatni  ekspluatatsiya 
qilishning  asosiy  shakli  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Shu  bilan  birga  u 
protsent  bilan  yollanma  ishchini  ekspluatatsiya  qilish  mexanizmi 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tushunmaydi.
P.Pmdon  o‘zining  «belgilangan  qiymat»  nazariyasini  butun 
iqtisodiy  bilimi  negizi,  deb  hisobladi.  Bunda  klassik  maktabdan  o‘zib 
ketish 
pinhona 
istagigina 
emas, 
shu 
bilan 
birga 
ijtimoiy 
o‘zgartirishlaming yo‘llarini  belgilash istagi ham namoyon bo‘ldi.  Tovar 
ishlab  chiqarishini  Pmdon  insoniy  ozodlikning  va  har  bir  kishi  shaxsiy 
mustaqilligining  cho‘qqisi,  deb  biladi,  mayda  burjua  nazariyotchisi 
bo‘lgan  Prudon  bozor  mexanizmining  ba’zi  bir  salbiy  jihatlarini: 
mollaming  qalashib  ketishini,  nomunosiblikni,  xonavayron  bo‘lish  va 
shu  kabilami  tan  oladi.  Prudon  asosiy  iqtisodiy  ziddiyatlami 
«qiymat»ning  ichki  ziddiyatlaridan:  iste’mol  va  ayirboshlash  qiymati
174


g‘oyalaridan  iborat,  deb  biladi.  «Belgilangan  yoki  sun’iy»  qiymat 
murosaga  keltiruvchi  timsol  bo‘lib  ko‘rinadi. 
Bunday  qiymat 
ayirboshlashda  vujudga  keladi.  U  tovaming  ijtimoiy  boylik  tarkibiga 
bemalol kirib borishini bildiradi.
Binobarin  tovar  ishlab  chiqarishining  hamma  qiyinchiliklarini 
bartaraf  qilish  uchun  har  bir  tovarga  yo  belgilangan  qiymat  qo‘yib 
qo‘yish,  yoki  uning  bozorda  sotilishiga  kafolat  berish,  tovar  bilan  pul 
o‘rtasidagi  ziddiyatni  tugatish  zarur.  Prudon  tilla  bilan  kumushni 
«belgilangan»  qiymatga ega bo‘lgan dastlabki tovarlar, deb ataydi.
P.Prudon  daromad  to‘g‘risidagi  nazariyani  siyosiy  iqtisodda 
daromadning  asosiy  manbayi  deb  qabul  qilingan  mehnat,  kapital  va 
yerning  mazmunini  ko‘rib  chiqishdan  boshlaydi.  Uning  fikricha  ishlab 
chiqarish  jarayonining  o‘zi  har  uchala  elementning  ishga  tushurilishi 
natijasida yuz beradi.  Lekin yer yoki  kapital egasi o ‘zi  hech narsa ishlab 
chiqarmasdan o‘z daromadini  olishini  va ayni vaqtda ishchi  o‘z mehnati 
natijasida hosil bo‘lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi 
sifatida  olishni  adolatsizlik,  deb  baholaydi.  P.Prudonning  takror  ishlab 
chiqarish  nazariyasi  uning  daromadlar  to ‘g ‘risidagi  fikrlari  asosida 
rivojlantiriladi.
Takror 
ishlab 
chiqarish 
jarayoni, 
olimning 
fikricha 
hamjamiyatdagi  ishlab  chiqarish  va  iste’molning  muvozanati  asosida 
bo‘ladi.  Lekin  amaliyotda  mulkchilaming  ishlamay  qo‘yganligi  bu 
prinsipning  buzilishiga  va  natijada  J.B.Sey  ko‘rsatib  o‘tgan  «iqtisodiy 
qonunning» ham buzilishiga olib kelmoqda.
P.  Pmdon  ijtimoiy  masalalami  hal  qilishi  zarur  bo‘lgan 
kapitalizmni  isloh  qilish  loyihalarini  o‘zining  ko‘pgina  asarlarida  e’lon 
qiladi.  Ushbu  asarlarda  ijtimoiy  adolat  konsepsiyasini  asoslash  bilan 
birga  inqilobiy  chiqishlar  haqidagi  har  qanday  fikmi  inkor  etadi. 
Olimning  islohotchilik  g‘oyalarining  ayrimlari  S.Sismondi  qarashlariga 
o‘xshash bo‘lib, ular quyidagilarda o ‘z aksini topdi:
•  «uchinchi  shaxslar»  ya’ni  dehqonlar,  hunarmandlar  va  mayda 
kustar  ishlab  chiqaruvchilaming  jamiyatdagi  o ‘miga  rahimdillik  bilan 
xayrixohlik bildirish;
175


•  «mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni» iqtisodiyotdagi 
yetakchilik  o ‘mini  e ’tirof  etish  bilan  ulaming  shart-sharoitlari, 
ta’limotlarida to‘liq tenglikka erishish;
ijtimoiy 
adolat 
tamoyillariga 
mos 
ravishda  jamiyat 
manfaatlaridan  kelib  chiqib  ishlab  chiqarish  ishtirokchilariga  teng 
daromad berish;
•  kapital  va  daromadlar  bir  kishi  qo‘li  ostida  konsentratsiya 
qilinishiga va ayniqsa,  mehnatni  ekspluatatsiya qilishga yo‘l  qo‘ymaslik. 
Bundan tashqari  faqat P.Prudon  islohotchiligiga xos  quyidagi  g ‘oyalami 
alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
•  pulning (muomalada) haraktini  bekor qilib,  uning o‘miga ishchi 
pullami muomalaga kiritish;
•  foizni yo‘q qilish hisobiga foizsiz kreditlami tashkil qilish;
•  xalq banklarini tashkil etish;
•  islohotlar  amalga  oshirish  jarayonining  xotimasi  sifatida 
hukumatni bekor qilish.
Islohotchilik  konsepsiyalarida  P.Prudon Xalq  bankiga katta umid 
bog‘laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3 
xil o ‘ziga xoslik bilan farq qilar edi:
Birinchidan,  undagi  metall  pullar  dastlabki  bonlar  chiqarilishi 
sababli  pulga  va  tijorat  voqealariga  almashtirish  yo‘li  bilan  sekin-asta 
muomaladan chiqarilar edi.
Ikkinchidan,  foizni  birdaniga  yo‘q  qilmasdan,  balki  yuqori  qayd 
qilingan  bosqichni  amalga  oshirishni  2%dan  eng  kam  daraja-0,25%ga 
tushirish hamda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi.
Uchinchidan  Xalq  banki  kapitalni  o‘ziga  jalb  qilmay,  balki 
aksincha kapital bilan yuzaga keladi.
P.Prudonning hukumatni  bekor  qilish  g‘oyasi  islohotlami  amalga 
oshirish  davrida sinflaming umumlashuvi  va yagona mehnatkashlar,  o ‘z 
mehnatining  haqiqiy  haqini  oladigan  sinfning  yuzaga  kelishi  o ‘z 
navbatida,  hukumat  faoliyatini  keraksiz  qilib  qo‘yadi  (anarxizm 
g‘oyasi).
Prudon  kapitalizmni  isloh  qilish  loyihasida  mayda  tovar  ishlab 
chiqaruvchining o ‘z moli  sotilishiga kafolat olish,  mayda do‘kondoming
176


foizsiz  kredit  olish  to ‘g‘risidagi  asriy  orzusini,  burjua  ziyolisining 
kapitalizm  sharoitida  mutlaq  mehnat  erkinligi,  qiymat  qonuni  asosida 
tenglik  imkoniyati  to ‘g‘risidagi  xomxayollarini 
ifodalagan  edi. 
Prudonning  «sotsializm»i 
tovar  bilan 
pul 
o‘rtasidagi 
aloqani 
soxtalashtirishga  asoslangan.  Shu  loyihaning  muallifi  xususiy  ishlab 
chiqarishni  tovami  saqlab  qolishga,  ammo  pulni  ayirboshlashni, 
ayirboshlash qiymatini  bekor qilishga intilgan edi.
Prudon va prudonizm o ‘z davri da ishchilar harakatiga jiddiy xatar 
solganligi  sababli  proletar  ta’limotining  asoschilari  Prudonning  mayda 
ishlab  chiqarish  reformizmiga  (islohotchiligiga)  qarshi  murosasiz 
kurashdilar. Uni proletariatga dushman va revolyutsion harakatga xalaqit 
beruvchi  bir oqim,  deb  fosh  qildilar.  Bu  kurashni  K.Marks  XIX  asming 
40-yillari  o‘rtalaridayoq  «Falsafa  qashshoqligi»  asarini  tayyorlashdan 
boshladi  va  marksizm  rivojining  keyingi  davrlarida  ham  shu  kurash 
davom etdi.
Prudon  falsafada  Gegeldan,  siyosiy  iqtisodda  esa  A.Smit  bilan 
D.Rikardodan  yuqori  ko‘tarila  olmadi.  Uning  ijtimoiy  dasturlarida 
mafkuraviy  yo‘nalishni  fosh  qilishda  alohida  vazifalar  kelib  chiqdi. 
Prudonizm  mayda  ishlab  chiqarish  muhitiga  va  uning  puch  xayollariga 
tayanib, uzluksiz ravishda o‘zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi.
Karl Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari
Karl  Iogann  Rodbertus-Yagesov  (1805- 
1875) Germaniyada,  Shimoliy  Greyfsvoldda  1805- 
yilda 
tug‘ildi. 
Gettingem 
va 
Berlin 
universitetlarida 
huquqdan 
tahsil 
olib, 
shu 
mutaxassislik  bo‘yicha  ma’lum  vaqt  ishladi. 
Burjua 
demokratik 
revolyutsiyasi 
yillarida 
^ l l T qaoeia-jT  parlament  a’zosi,  keyinchalik  vazir  (ministr)
lavozimlarida  faoliyat  ko'rsatdi. 
K.Rodbertus 
_ _ _  
Qermanjya  mayda  burjua  iqtisodiy  ta’limoti  vakili
177


bo‘lib,  Sen-Simon  va  sotsialist-rikardochilar  g ‘oyalari  ta’sirida  edi.  U 
utopik  sotsializm  va  konservativ  reformizm  g ‘oyalari  asosida  o‘zining 
konsepsiyasini yaratdi.
1842-yilda  K.Rodbertus  «Davlat-xo'jalik  tizimimizni  bilish 
yo‘lida»  deb  nomlangan  kitobini  nashrdan  chiqardi.  Uning  asarlari 
«sotsial  xatlar»  shaklida  yozilgan.  U  aynan  shu  kitobida  qo'shimcha 
qiymat  nazariyasini  ko‘rsatib  o‘tdi.  U  o‘z  fikrlarini  yakunlab,  shunday 
deb  yozadi:  «Agar  ishlab  chiqarish  qancha  yuqori  bo‘lsa,  ishchining 
yashashi 
uchun  zarur  vositalardan  tashqari 
ko‘pgina  iste’mol 
buyumlarini  yaratishi  mumkin.  Bu  chegirtma  yerga  xususiy  mulkchilik 
va kapital  mavjud  sharoitda renta holiga aylanadi  va  kishilar tomonidan 
mehnatsiz  o ‘zlashtiriladi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  renta  olishning 
asosiy  usuli  yerga  xususiy  mulkchilik  va  kapitaldir»  K.Rodbertusning 
nazariyasi  va  qisqacha  xulosalariga yuqori  baho  berish  mumkin,  chunki 
u A.Smit va D.Rikardo  iqtisodiy ta’limotlari bilan yaqindan tanish va bu 
ta’limotlami chuqur ilmiy tahlil qilgan edi.
Shuningdek,  olim  o ‘z  xatlarining  birida  qo‘shimcha  qiymat  va 
uning vujudga kelishini  Marksdan oldinroq ko‘rsatganligini va aniq qilib 
tushuntirganligini  yozadi.  Bu  bilan  u  o‘zining  qo‘shimcha  qiymat 
nazariyasidan  Marks  ijodiy  foydalanganligini  va  hatto  «o‘g ‘irlab» 
o‘ziniki  qilganligini  isbotlamoqchi  bo‘ladi.  Shuni  aytish  zarurki,  Marks 
ta’limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o‘ziga ham ma’lum 
edi.  Marksning  vafotidan  keyin  nemis  kateder-sotsialistlari  bu  masalani 
yana  qayta  ko‘tardilar.  Ulaming  asosiy  maqsadlari  Marks  ta’limotini 
kuchsizlantirish  va  uning  ta’sir  doirasini  kamaytirish  edi.  0 ‘z  davrida 
F.Engels  bu  fikrlar  uydirma  ekanligini  va  Rikardoning  qiymat 
nazariyasidan  so‘lrikardochilar  sotsialistik  qisqacha  xulosalarlar  uchun 
K.Rodbertusdan 
oldinroq 
ko‘rsatib 
foydalanganliklarini 
aytdi. 
Shuningdek,  u  K.Rodbertus  qo‘shimcha  qiymatning  foyda  va  yer 
rentasiga  aylanish  qonunini,  kapitalistik  sinflar  o‘rtasida  qo‘shimcha 
qiymatning  taqsimlanishi,  qonunni  to‘liq  tushunmay,  faqat  renta 
nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‘rsatib o ‘tdi.
Haqiqatdan  ham  foyda  va  yer  rentasini  ishchilarga  haq 
to‘lamaslik  samarasi,  deb  hisoblash  bu  hali  qo‘shimcha  qiymatning
178


ilmiy  nazariyasini  yaratish,  degan  gap  emas  edi.  Ingliz  sotsialist- 
rikardochilar bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar.
K.Rodbertusning iqtisodiy g‘oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy 
asaridan  tashqari,  katta  jildni  tashkil  etgan  to ‘rtta  «ijtimoiy  xati»da 
bayon  etilgan.  Unda  u  qiymatning  mehnat  nazariyasini  sodda 
ko‘rinishda  tahlil  qildi.  Qiymat  ijtimoiy  zaruriy  mehnat  bilan 
aniqlanmasdan,  balki  barcha  mehnat  xarajatlari  bilan  aniqlanib,  bu 
o‘rinda  bir  xil  mehnat  xarajatlari  har  qanday  ishlab  chiqarishdan  qat’iy 
nazar  bir  xil  qiymat  hosil  qiladi  deb  ko‘rsatiladi.  Bundan  tashqari 
mehnat  doimo  qiymat  vujudga  keltirishi  alohida  ta’kidlanadi.  F.Engels 
«Falsafa 
qashshoqligi» 
asarining 
so‘zboshisida 
K.Rodbertus 
qarashlaridagi  bu  holatni  keskin  tanqid  qilib,  o ‘zining  qiymat 
nazariyasida  mehnatning  ijtimoiy  zaruriy  xarakterini  inkor  etadi,  deb 
yozadi.
K.Rodbertusning fikricha mehnat qiymat o‘lchovi sifatida oltin va 
kumushdan  yuqori  turadi,  chunki  u  ish  kunini  o‘zgarmas  o‘lchov,  deb 
hisoblaydi.  Bu  o ‘rinda  «mehnat  kunlari»  ham  izohlanadi.  Lekin  olim 
xayoliy  fikrlarga  berilib,  kapitalistik  tovar  xo‘jaligi  sharoitida  pulning 
zaruriyatini  to‘g‘ri  tushuntirib  bera  olmadi.  K.Rodbertus  o‘zining 
taqsimot  nazariyasida  klassik  maktab  vakillari  yo‘l  qo‘ygan  xatolami 
takrorlaydi.  Taqsimot  nazariyasi  quyidagi  tartibda tahlil  qilinadi  va  uch 
bosqichdan  iborat  bo‘ladi.  Birinchi  bosqichda  K.Rodbertus  ijtimoiy 
(milliy)  mahsulotni  ish  haqi  va  rentaga  bo‘linishini  ko‘rib  chiqadi. 
Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo‘lishga o ‘tadi.  Va 
nihoyat,  uchinchi  bosqichda  K.Rodbertus  barcha  foyda  va  yer 
rentasining  kapitalist  va  yer  egalari  o ‘rtasidagi  taqsimotini  ko‘rib 
chiqadi.  K.Rodbertus  ijodiy  faoliyatining  so‘nggi  yillari  qiymatning 
mehnat 
nazariyasidan 
uzoqlashib 
mayda 
ishlab 
chiqaruvchilar 
manfaatlariga  mos  tushuvchi  jamiyatni  qayta  qurish  loyihalarini  e’lon 
qilish  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Kapitalizmni  Rodbertuschasiga  isloh  qilish 
sinfiy  kurashsiz  evolyutsion  yo‘l  bilan  amalga  oshirishni  ko‘zda  tutar 
edi.  Bu  yo‘l  keyingi  islohotchilik  yo‘nalishidagi  nazariy  maktab 
tomonidan qoilaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to‘la chop etilgan.
179



Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish