Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

Pul,  kredit  va  savdo  inqirozi  nazariyalari.  Pulning  mohiyatini 
J.S.Mill  pulning  miqdoriy  nazariyasidan  kelib  chiqqan  holda  tahlil 
qiladi.  U bu bilan o‘zini  pulning miqdoriy  nazariyasi tarafdori  ekanligini 
ko‘rsatadi.  Bu  nazariyaga  muvofiq  pul  miqdorining  ko‘payishi  yoki 
kamayishi  tovarlar  bahosining  nisbiy  o‘zgarishiga  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Ammo  agar  uning  miqdorining  ko‘payishi  oldi-sotdi  miqdorining 
ko‘payishiga  (yoki  yalpi  daromadga)  muvofiq  kelsa,  faqat  birgina  pul 
miqdorining  ko‘payishi  bahoning  oshishiga  olib  kelmaydi.  Uningcha 
boshqa  barcha  sharoitlar  bir  xil  bo‘lganda  “pulning  qiymati  pul 
miqdoriga  teskari  mutanosiblikda  o'zgaradi:  p ul  miqdorining  har 
qanaqasiga  ko'payishi  uning  qiymatini  pasaytiradi,  pulning  har 
qanaqasiga  kamayishi  esa,  uning  qiymatini  bir  xil  mutanosiblikda 
oshiradi...  Bu  — pulning  maxsus  xususiyati”.  Qachonki  pul  mexanizmi 
buzilsa,  faqat  shundagina  iqtisodiyotda  pulning  ahamiyati  sezila 
boshlaydi.
So‘ngra  J.S.Mill  kreditning  tabiati  va  uning  iqtisodiyotdagi 
o‘mini  tadqiq  qilishga  o ‘tadi.  Bu  yerda  J.S.Mill  o‘zini  A.Smit  va 
D.Rikardo  g ‘oyalarini ommaviylashtiruvchi  oddiy iste’dod egasi sifatida 
emas,  balki  chuqur  o ‘ziga  xos  tadqiqotchi  ekanligini  namoyon  etadi: 
«Kredit  mamlakatning  ishlab  chiqarish  resurslarini  ko‘paytirmaydi, 
lekin  kredit  tufayli  ular  ishlab  chiqarish  faoliyatida  ancha  to‘liq 
ishlatiladi».  Kredit  manbayi  ayni  chog‘da  unumli  iste’molda  boim agan 
pul  shaklidagi  kapital  hisoblanadi.  Foiz  to‘lash  evaziga  kredit  beruvchi 
asosiy  instrument  sifatida  depozitli  banklar  tashkil  topadi.  Bunda  bank 
krediti  bahoga  taklifning  o‘sishi  qanday  ta ’sir  ko‘rsatsa,  xuddi  shunday 
ta’sir ko‘rsatadi.
Kredit  to‘lovga  qobil  talabni  kengaytirgach  va  subyektlaming 
istaklariga  ta’sir  ko‘rsatgach,  savdo  kon’yunkturasini  keskin  o‘zgartirib 
yuboradi.  Muayyan tovaming bahosi oshishi kutilsa,  savdogarlar bundan 
foyda  olishga  bo‘lgan  o ‘z  moyilliklarini  namoyish  etadilar.  Agar bunda 
bahoning  oshishi  yuqori  va  uzoqqa  cho‘ziladigan  bo‘lsa,  unda u  boshqa 
chayqovchilami 
ham 
o‘ziga 
tortadi. 
Ular 
tovarlar 
xaridini 
kuchaytiradilar,  bu  esa beriladigan ssuda  miqdorini  ko‘paytiradi,  bahoni
158


oshiradi.  Bir  oz  vaqt  o ‘tgandan  keyin  bahoning  o‘sishi  to ‘xtaydi  va 
tovarlami  o ‘z qo‘llarida  ushlab  turganlar foyda olish  vaqti  kelganini  his 
qiladilar  va  ulami  sotishga  kirishadilar.  Baho  pasaya  boshlaydi,  tovar 
egalari  katta  zarar  ko‘rmaslik  uchun  bozorga  shoshiladilar,  bunday 
vaziyatdagi bozorda xaridorlar unchalik ko‘p bo‘lmaganligi sababli  baho 
oldin oshganiga qaraganda ancha tez pasayib boradi.
Shunga  o‘xshagan  bir  oz  tebranishlar  kredit  bo‘lmagan  paytda 
ham  bo‘lib  turadi.  Ammo  pul  miqdori  o'zgarmagan  vaqtda  bir  xil 
tovarlarga bo‘lgan ajiotaj  talab  boshqa tovarlaming  bahosini pasaytiradi. 
Lekin  kreditdan  foydalanilganda,  iqtisodiy  subyektlar  qo‘shimcha  pul 
manbayiga  ega  bo‘ladilar.  Bunday  vaziyatda  chayqovchilik  barcha 
tovarlami  birdaniga  qamrab  olishi  mumkin.  Natijada  savdo  inqirozi 
kelib chiqadi.
Savdo  inqirozi  uchun  «chayqovchilikning  jonlanishi  ta’sirida 
oldin  oshgan  baholaming  tez  pasayib  borishi  tipik  hoi  hisoblanadi. 
Baholar  qaysi  nuqtadan  oshishga  boshlagan  bo‘lsa,  shu  nuqtagacha 
pasayishi  mumkindek  tuyuladi  yoki  iste’mol  va taklif o‘zini  oqlaydigan 
darajagacha  pasayadigandek  bilinadi.  Ammo  ulaming  pasayishi  ancha 
chuqur bo‘ladi, negaki  har bir kishi  zarar ko‘rayotgan paytda,  ko‘pchilik 
esa  bankrotga  uchragan  bir  davrda,  hatto  ishonchli  va  atoqli  firmalar 
o‘zlari  o‘rganib  qolgan  kreditni  zo‘rg‘a  olishlari  mumkin.  Bunday 
vaziyat  shuning  uchun  sodir  bo‘ladiki,  hech  kimda  qarzga  bergan 
mablag‘ini  o‘z  vaqtida  qaytarib  olishga  ishonch  bo‘lmaydi.  Favqulodda 
sharoitda  bunga  vahimachilik  kelib  qo‘shiladi.  Pul  qisqa  muddatga 
deyarli  har  qanday  foiz  to ‘lash  sharti  bilan  qarzga  olinadi,  tovarlami 
sotishda  esa,  darhol  naqd  pulga  xarid  qiluvchilar  shartlaridan 
ko‘riladigan  har  qanday  zararga  e ’tibor  berilmaydi.  Demak,  savdo 
inqirozi  davrida  baholaming  umumiy  darajasi  shu  qadar  pasayadiki, 
oldingi  inqirozgacha  bo‘lgan  chayqovchilik  davri  mobaynida  osha 
boshlagan  darajadan  ham  past  bo‘ladi».  0 ‘z  mohiyatiga  ko‘ra,  bu 
iqtisodiy  fikrlar  tarixida  birinchi  marta  iqtisodiyotning  pasayish 
dinamikasi pullik jihatlarining ifoda etilishidir.


Bu  yerda  J.S.Mill  S.Sismondi  taklif  qilgan  iqtisodiy  pasayish 
(inqiroz)  tushunchasiga  qo‘shilmadi.  Uning  fikricha  inqiroz  umumiy 
ortiqcha  ishlab  chiqarish  natijasi  hisoblanadi,  deyish  katta  xatodir.  «Bu 
faqat  ortiqcha  chayqovchilik  xaridining  oqibatidir...  Uning  bevosita 
sababi  kreditning  qisqarishi  hisoblanadi,  bartaraf  qilish  vositasi  esa  -  
taklifni  kamaytirish  emas,  balki  ishonchni  tiklashdir».  Bu  ma’noda 
J.S.Mill J.M.Keynsning o ‘tmishdoshidir.
J.S.Millning 
tasdiqlashicha 
konvertatsiyalashgan 
qog‘oz 
valyutalar  sharoitida  oltinning  chetga  chiqib  ketishi  yuzaga  kelishi 
sababli  baholar  uzoq  vaqt  oshishi  mumkin  emas.  Biroq  qog‘oz  pullar 
konvertatsiyalashmaganda  (ulami  oltinga  almashtirish  mexanizmi  yo‘q) 
baholaming  oshishi  chayqovchilik  shov-shuv  (bum)i  ning  kelib 
chiqishiga olib  kelishi  va  inqirozlami  keltirib  chiqarishi  mumkin.  1825- 
yildagi  inqiroz  bunga  misol  b o ia   oladi.  Ammo  keyingi  1847-  yildagi 
inqiroz  esa  foiz  stavkasining  keskin  o ‘sishi  natijasi  hisoblanadi.  Savdo 
inqirozlari  davrida  «pul  talabidan ko‘ra tovarlaming  ortiqchaligi  yuzaga 
keladi, ya’ni pul taklifining yetishmasligi kelib chiqadi».

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish