X BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA MUXOLIF-
SOTSIALISTIK YO'NALISH MOHIYATI VA UNING
TARIXIY TADBIRI
1 0 .1 . A. S e n -S im o n , SH . Fure v a R. O u en
iq t is o d iy q a ra sh la ri
Fransiyada burjua inqilobidan keyin kapitalizm yanada tez
rivojlandi. Fransuz mutafakkiri Sen-Simon jamiyat oldida doimiy
ravishda ko‘ndalang bo‘lib qolgan yangi muammolarga birinchi bo‘lib
javob berishga urindi.
A.K.Sen-Simon Anri Klod de Rebrua Sen-Simon
(1760-1825-
yy.) Fransiya xayoliy sotsializmining namoyandasi bo‘lib, 1789-1794-
yillardagi fransuz inqilobi bilan zamondosh edi. U aristokratlar oilasidan
bo‘lib, Sanoat sistemasi haqida”, “Inson haqidagi fan ocherklari”,
“Sanoat yoki siyosiy, ma’naviy va falsafiy mulohazalar”, “Yangi
xristianlik” va boshqa shu kabi mashhur asarlar muallifi hisoblanadi.
Sen-Simon maxsus iqtisodiy tadqiqotlami amalga oshirmadi, balki
asosiy e’tibomi ijtimoiy muammolarga qaratdi. U butun yaxshi jamiyat
to‘g‘risidagi umidini aql-idrokka, ma’rifatga bog‘ladi; u insonning aql-
idrokini tarixiy jarayonning to‘la hokimi va rahbari sifatida bildi,
jamiyatni yaxshi tarzda qayta qurish yo‘llarini tashviqot qilishni esa o‘z
ta’limoti amalga oshirilishining bosh vositasi, deb hisobladi.
Fransuz ma’rifatparvarlaridan farq qilib, Sen-Simon ishlab
chiqarishdagi inson faoliyati, mulkchilik formalari kabi iqtisodiy
faktorlarga katta baho berdi. U “Ilk davr”, “Qulchilik”, “0 ‘rta asrlar”,
“Hozirgi davr” va “Oltin asr”lami alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalami ko‘rsatib o ‘tdi. “Hozirgi davr” (ya’ni XIX asming
ikkinchi yarmi) o ‘tish davri, deb belgilanib, “...bu davrda, deb yozadi
Sen-Simon olimlar, tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar
181
shakllanadi, ular qirol hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo
etishlari kerak, bu esa o ‘z navbatida “Oltin asr”ga kirib kelishni
ta’minlaydi.” Sen-Simon o ‘zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib,
hozirgi davmi o ‘rganib borish uchun o ‘tgan davrga nazar tashlash
kerakligini aytib, “har bir alohida olingan davr mulohazasida juda
yuzaki, hatto noto‘g‘ri qisqacha xulosalarlami beradi, so‘nib borayotgan
o ‘tmish qoldiqlari tug'ilib kelayotgan kelajak bilan qorishtirib
yuboriladi”, deb ko‘rsatadi. Tarixiyligiga qaramay Sen-Simonning
jamiyatning rivojlanish konsepsiyasi idealistik edi, chunki uning asosini
fan taraqqiyoti, ong va g ‘oyalar ravnaqi tashkil etardi. Lekin uning
idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik fikrlar ham yo‘q
emas. Jumladan, Sen-Simon shaharlar, sanoat va savdoning rivojlanishi
burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo‘lganligini, iqtisodiy holat esa,
mulkchilikka tobe bo‘lgan, o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy formalami
vujudga keltirishini aytib o ‘tadi
.Sen-Simonning bo‘lajak adolatli jamiyati industrial sistema, deb
nomlanib, u industrial jamiyat yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi
asosida rivojlanadi, sanoat -alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona
industrial markaz orqali amalga oshiriladi, deb hisoblagan edi. Sanoat
ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlami taqsimlash olimlar
tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega boigan sanoat kapitalistlari
boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg‘ul bo‘ladilar, ishchilar esa ishlab
chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat qilishlari zarur. Sen-
Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda ayniqsa sanoatda
anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo‘l qo‘yilmasligiga va reja asosidagi
markaziy boshqaruvga katta e ’tibor berishni taklif etadi. Sen-Simon
qarashlariga ko‘ra erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab
borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o ‘tish davridagina emas,
balki inqilobiy harakatlardan xoli minch va tez sur’atlarda ijtimoiy
tenglikka asoslangan “industrial jamiyat”ga o‘tish davri hamdir.
182
Adolatli
“industrial
jamiyat”
qurilishi
haqidagi
o‘zining
mulohazalarida u ilmu-fan va ilg‘or nazariyalarga yuqori baho berib,
bo‘lg‘usi yangiliklarni tarixiy muqarrar, deb hisoblaydi. Shu bilan bir
qatorda Sen-Simon o‘zining “industrial jamiyat”ida boshqa xayoliy
sotsialistlar kabi qarama-qarshi sinflaming yo‘qolib ketishi va hokimiyat
tomonidan siyosiy funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta
e’tibor berilishini taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki,
xayoliy sotsializmning boshqa barcha vakillaridan farq qilib, Sen-Simon
sotsializmda xususiy mulkchilik bo‘lishini inkor etmaydi, balki aynan
xususiy mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun
zarurligini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, olim o‘z qarashlarida
anarxiyaga insonlarga ziyon yetkazuvchi boshqaruv, deb qarab uni
tanqid qiladi. U mavjud o‘zgarishlar tezlik bilan rivojlanib, davlatning
to‘liq kamolotini ta’minlaydi, insonlar esa erishishlari mumkin bo‘lgan
tenglik va ayniqsa, mo‘l-koichilikka faqat shu “industrial jamiyat”
yordamida yetib boradilar, deydi. Garchi Sen-Simon yangi ijtimoiy
tuzumning haddan tashqari mujmal manzarasini tasvirlagan, shu
jamiyatga borishning noto‘g‘ri yo‘lini ko‘rsatgan bo‘lsa ham uning ba’zi
taxminlari katta kelajakka molik edi. U proletariatning nazariyotchisi
emas edi va shu sababli uning tarixiy rolini tushunmadi. Ayni vaqtda u
ishchilar ahvolining naqadar og‘irligini ko‘rdi. “Mening maqsadim,-deb
yozgan edi u, -Yevropadagina emas, butun dunyoda ham shu sinfning
qismatini yengillashtirishdan iborat”. U davlatni “odamlami boshqarish
quroli”dan ishlab chiqarishni tashkil etish, fan va san’at taraqqiyotini
ta’minlash, ya’ni “narsalami boshqarish quroli”ga aylantirish, tartib,
osoyishtalikni nazorat qilishni esa jamoatchilikka topshirish kerak,
degan g ‘oyani ilgari surdi. Sen-Simonning yangi industrial sistemasi
sotsialistik jamiyat emas edi, chunki unda xususiy mulkchilik, kapital
jamg‘arish, bankirlar va tadbirkorlar sinflari hali mavjud edi. Bu esa o‘z
navbatida, umumxalq mehnatiga asoslangan rejali keng ishlab
chiqarishni inkor etadi. Sen-Simon asarlarining asosi kapitalizmni tanqid
183
qilishdan iborat. U ishlab chiqarish va taqsimotdagi anarxiyani, raqobat,
xalq ommasining qashshoqlashuvi va ishchilaming ayanchli ahvolda
ekanligini kapitalizmning illati, deb hisoblaydi.
Olim ishchilar, kapitalistlar va savdogarlami bir sinf vakillari, deb
ulami industriallar, deb atadi. Feodal jamiyatining hokim sinflari
bo‘lgan dvoryanlar, ruhoniylar va boshqa amaldorlami esa befoyda,
keraksiz sinflar, deb hisobladi. Shuni aytish kerakki, Sen-Simon
kapitalizmni ilmiy ravishda tanqid qilmadi. U burjua jamiyati
bo‘ysunishi zarur bo‘lgan iqtisodiy qonunlami e’tibordan chetda
qoldirdi.Sen-Simon ta’limotlarini tashviqot qilishda uning shogirdlari
O.Rodrig, V.Anfonten va O.Bazarlar katta rol o‘ynadilar. Ular «Sen-
Simon ta’limoti» kitobini nashr qildirib, uning nazariy qarashlarini
boyitdilar. lekin bu olimlar ham burjua jamiyatining asosiy sinflari va
ular o ‘rtasidagi sinfiy kurash mohiyatini to‘liq tushunmadilar, natijada
XIX asming 30-yillariga kelib, Sen-Simon maktabi tor doiraga aylandi
va tarqalib ketdi.
Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi
Fransua Mari Shari Furedir
(1772-1837-yy.). U Bezanson shahrida
savdogar oilasida dunyoga kelib, butun hayoti mobaynida savdo bilan
shug‘ullandi. B o‘sh vaqtlarida o‘z ma’lumotini to‘ldirib, mustaqil
ravishda fizika, astronomiya va falsafa fanlari bilan shug‘ullandi,
ijtimoiy tadqiqotlami amalga oshirdi.
Shari Fure o ‘zining “To‘g ‘ri harakat va mushtarak taqdirlar
nazariyasi”, “Umumiy birlik nazariyasi”, “Savdo qallobligi haqida”,
“Yangi sanoat dunyosi va ijtimoiy dunyo” nomli asarlari va qator
maqolalarida kapitalistik jamiyatni keskin tanqid qildi va ijtimoiy
adolatli jamiyat barpo etish dasturini ishlab chiqdi. Uning tasvirlashicha,
inson o‘zi yashayotgan jamiyatning barcha yaramas illatlaridan
tozalanishi lozim, shunday ijtimoiy tuzum o ‘matish kerakki, bu tuzum
insonning kamol topishiga, ehtiroslarini to‘liq namoyon qilishiga,
184
ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bersin. F.M.Sh.Fure kishilik
jamiyatining tarixiy rivojlanishini o ‘rganishga katta hissasi qo‘shdi.
Angliya xayoliy sotsializmining vujudga kelishi va rivojlanishi
Robert Ouenning
(1771-1858-yy.) hayoti va ijodiy faoliyati bilan
bog‘liq.
R. Ouenning “Jamiyatga
yangicha qarash yoki
xaraktemi
shakllantirish haqida tajribalar”, “Yangi axloqiy dunyo kitobi”,
“Adolatli almashuv bozori”, “Ulug‘ milliy hunar ittifoqi” asarlarida
uning sotsialistik loyihalari bayon etilgan. U kapitalistik jamiyatni
tanqid qilib, uning xalqqa qarshi mohiyatini ochib beradi. Barcha mulkni
umum mulkiga aylantiradigan, qashshoqlik yo‘qoladigan, mehnat jafo-
zulmatdan baxt-saodatga aylanadigan kommunistik jamoalar tuzish
fikriga keldi. Shu maqsadga xalaqit beradigan uchta to‘siq bor, deydi u.
Bu uchta illat: xususiy mulk, din va burjuacha nikohdir. Biroq olim
kapitalistik taraqqiyotning obyektiv qonunini tushunmadi, sinflar
kurashini inkor etdi. Yangi tuzum yangi yo‘l bilan yoki tinch yo‘l bilan
quriladi va unga tinch yo‘l bilan o ‘tiladi, deb ishondi.
R.Ouenning loyiha va ijtimoiy dasturlari fransuz xayoliy
sotsialistlaridan farq qilib, ancha aniq va amaliyligi bilan ajralib turadi.
U ishchilar mehnatini yengillashtiradigan yoshlar va qariyalar
mehnatidan tungi ish vaqtida foydalanishni man etgan, rag‘batlantirishni
tashkil etgan, u Angliyaning ilk fabrika qonunchiligining asoschilaridan
edi. R.Ouen iqtisodiy qarashlarining xarakterli xususiyati shundan
iboratki, u burjua siyosiy iqtisodini inkor etgan fransuz xayoliy
sotsialistlaridan farq qilib, o‘z nazariyalarini yaratishda Rikardoning
qiymatning mehnat nazariyasiga tayanadi. U Rikardodan keyin
qiymatning asosiy manbayi, deb mehnatni hisobladi.
Xususiy mulk bilan bir qatorda mehnat bilan
apital o‘rtasidagi
qarama-qarshiliklar sababchisi, deb pul hisoblandi. R.Ouen qiymatning
sun’iy o‘lchovi bo‘lmish puldan voz kechib, mehnat xarajatlarining
ekvivalenti sifatida «ishchi pullarini» joriy etishni taklif etadi. U
185
kapitalistik ishlab chiqarishni qaytadan tuzib, “ishlab chiqarish
uyushmalarini” tashkil etishga harakat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |