Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

M uhokam a  u ch u n  savollar
1. A.Temuming xalqaro savdoni rivojlantirishdagi mavqeyi va o‘mi 
nimadan iborat?
2.  Navoiyning  boylik  yaratish  to‘g‘risidagi  g‘oyasining  o'ziga 
xosligi nimadan iborat?
3.  Alisher  Navoiyning  “Mahbub  ul-qulub”  va  boshqa  asarlaridagi 
iqtisodiy g‘oyalar nimadan iborat?
4.  Bobur  va  uning  vorislari  olib  borgan  ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarning mohiyati nimada?
5. Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy siyosatning hozirgi davr 
uchun ahamiyati qanday?
81


VI BOB.  MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTINING 
MOHYATI VA AHAMIYATI
6 .1 .  M erkantilizm  tu sh u n ch a si,  uning m o h iy a ti va
m azm uni
1600-yildan  1750-yilga  qadar  150  yil  iqtisodiy  faoliyatning 
yuksalish  davri  sifatida  xarakterlanadi  va  bu  holat  sanoat  inqilobining 
kelib chiqishiga asos bo‘ldi.
Bu  davrda  iqtisodiy  qarashlar  individual,  ro‘zg‘or,  oila  va  ishlab 
chiqaruvchilar  haqidagi  g‘oyalar  oddiy  talqinda  iqtisodiy  qonun  va 
huquqiy tamoyillar bilan o‘zaro bog‘langan holda rivojlana bordi.
Merkantilizm davri har bir shaxs o‘z -  o‘zi uchun iqtisodchi, degan 
aqida  bilan  xarakterlandi.  Qarashlar,  fikrlar  xilma  -   xil  bo‘lganligi 
sababli  1500-1750-yillarda  umumlashgan  adabiyot  yaratish  qiyin 
kechdi.  Bundan  tashqari  bir yozuvchi  birgina mavzuga e’tibor qaratgan
82


bo‘lib,  hech  bir yozuvchi  bu tushunchalmi jamlab  va sentezlab  keyingi 
iqtisodiy g‘oyalargaturtki bo‘la oladigan fikrlami yarata olmadi
Merkantilizm  atamasi 
1500-1750-yillar  oralig‘ida  yaratilgan 
iqtisodiy  adabiyotlar  va  amaliy  takliflarga  nisbatan  ishlatiladi. 
Merkantilistlar  adabiyoti  G‘arbiy  Yevropaning  barcha  rivojlanayotgan 
iqtisodiyotlarida yaratilgan bo‘lsa ham,  uning asosiy g‘oyalari Ingliz va 
Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Sxolastik  iqtisodiy  adabiyotlar  o‘rta  asr  cherkov  ruhoniylari 
tomonidan  yozilgan  bo‘lsa,  merkantilizm  iqtisodiy  nazariyasi  savdogar 
tadbirkorlar  tomonidan  yozilgan.  Bu  adabiyotlar  iqtisodiy  siyosatdagi 
masalalarga  qaratilgan  bo‘lib  odatda  savdogarlarni  qiziqtirgan 
muammolarga  bog‘liq  bo‘lgan.  Shu  sababdan  ulaming  xulosalarining 
haqqoniyligiga  va  alohida  munozalaming  tahliliy  ahamiyatiga  shubha 
bilan  qaraldi.  Faqatgina  ayrim  yozuvchilargina  obyektiv  tahlil 
muammolaridan yetarlicha xoli ravishda ish olib bora olishgan.  Shunday 
bo‘lsada,  merkantilistik  davri  davomida  iqtisodiy  adabiyot  sifat  va 
miqdor  jihatidan  yuksalishga  erishdi.  1650-  yildan  1750-  yilgacha 
bo‘lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha 
oldi  va  ushbu  adabiyotlarda  keltirilgan  tahliliy  tushunchalari  tez  orada 
tarqalib  1776  -  yilda  Adam  Smit  muallifligidagi  “Xalqlar  boyligining 
tabiati  va  sabablari  to‘g‘risidagi  tadqiqot  “  asariga  asos  bo‘lib  xizmat 
qildi.7
Merkantilizm  bu  muomala  sohasida  iqtisodiy  qonuniyatlaming 
rivojlanishiga  bo‘lgan  qarashlar  tizimi  va  proteksionizm  prinsiplariga 
asoslangan  bir  qator  davlatlaming  iqtisodiy  siyosati,  u  feodalizmning 
yemirilishi  davriga  muvofiq  keladi  va  “noindustrial”  iqtisodiy  davrdagi 
iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi.
Merkantilizm  eng  awalo,  davlatning  iqtisodiy  siyosatini  ifoda 
etgan,  uning  amaliy  faoliyati  uchun  tavsiyalar  ishlab  chiqqan.
7 History o f  economic thought. Н алу Landreth, David C. Colander 61 -b.
83


I
Merkantilistlar  tadqiqotining  maqsadi  reallik  sifatidagi  iqtisodiyotni 
tahlil  qilish  emas,  balki  hukumatga  amaliy  maslahatlar  berishdir. 
Shuning  uchun  ular  davlatning  iqtisodiyotga  faol  aralashuvini  qo‘llab- 
quwatladilar,  yuqori  soliq  stavkasini  va  davlat  xarajatlarini  himoya 
qildilar.
Merkantilistlaming ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan 
tasvirlanadi:  har qanday  oltin va qimmatbaho  narsalarga boylik  sifatida 
qarash;  mamlakatga  oltin  va  kumushning  oqib  kelishini  ta’minlash 
maqsadida  tashqi  savdoni  tartibga  solish;  arzon  xomashyoni  import 
qilish  yo‘li  bilan  sanoatni  rag'batlantirish;  import  qilinadigan  sanoat 
tovarlariga  proteksionistik  ta’riflami  belgilash;  eksportni,  ayniqsa, 
tayyor  mahsulotlar  eksportini  rag‘batlantirish;  ish  haqining  past 
darajasini  ushlab  turish  uchun  aholining  o‘sishi.  Milliy  farovonlikning 
zaruriy  sharti  sifatidagi  aktiv  savdo  balansi  doktrinasi,  shak-shubhasiz, 
merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Shu  narsani  qayd  qilib  o‘tish  kerakki,  uzoq  yillar  davomida 
boylikning,  xalq  farovonligining  asosi-mehnat,  yer,  dehqonchilik  va 
chorvachilik,  hunarmandchilik,  deb  kelinar  edi  (uni  biz  yuqorida  ko‘rib 
chiqdik).  Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‘zgardi.  Awalo,  natural- 
xo‘jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan va 
madaniyatning  yuksalishi,  ayniqsa,  yangi  erlaming  ochilishi,  buyuk 
geografik  kashfiyotlar,  mustamlakachilik  tuzumining  paydo  bo‘lishi, 
birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo'ldi. Noekvivalent 
savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana 
shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o‘mini asoslab berishga 
uringan  merkantilizm  qarashlarida  noelastik  talab  va  eksportning 
importdan  ko‘p  bo‘lishining  maqsadga  muvofiqligi,  kapital  eksportini 
rag‘batlantirish  va  jamiyat  ishlarini  qoilab-quwatlash  tushunchalari 
ustunlik  qilgan,  shuningdek,  “qo‘shningni  quritsang,  go‘yoki  millat  boy 
bo‘ladi” kabi noto‘g‘ri siyosat ilgari surilgan.
84



Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish