Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Chainanalysis  deb  nomlangan  amerika  kompaniyasining  shu  nomdagi  analitik 

dasturidan  foydalanildi.  Ushbu  dasturni  Daniyalik  Yan  Moller  ishlab  chiqqanligi 

aniqlandi. Lekin bu huquq-tartibot organlari tomonidan bitkoin-hamyonning egasi 

aniqlangan (deanonimizatsiya) birinchi xodisa emas. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 

bitkoin  yaratuvchining  kimligi  xaligacha  ma’lum  emas,  bu  esa  bundan  eng  avval 

kim  foyda  olgan  va  uning  (yoki  ularning)  maqsadlari  nima  bo’lganini  aniqlashga 

imkon  bermaydi. Xuddi  shuning  uchun ham  Chronopay  kompaniyasining  R&D-

bo’limi boshlig’i Dmitriy Artimovich quyidagi fikrni bildiradi: “Bitkoin uni dollar 



yoki  boshqa  turdagi  valyutaga  almashtirish  mumkin  bo’lmagani  qadar  mavjud 

bo’ladi.  Hech  qanday  mamlakat  o’z  moliyaviy  tizimini  qandaydir  tushunarsiz 

valyuta  ixtiyoriga  berib  qo’ymaydi.  Chunki  bitkoinning  rivojlanishi  bir  qancha 

savollarni  yuzaga  keltiradi:  Kim  bu  ishni  moliyalasjtirgan?  Kim  birinchi  marta 

kriptovalyuta  almashtirish  punktlarini  tashkil  qilgan?  Kriptovalyutalar  ko’proq 

kimning  qiziqish  va  intilishlariga  mos  keladi?  Kriptovalyutalar  kimlarning 

maqsadlarini  amalga  oshirish  uchun  hizmat  qiladi?  va  xakazolar.  Boshqa 

tomondan qaraganda, jahondagi ko’pchilik moliyaviy oqimlarni mahsus hizmatlar 

nazorat qilishga intiladilar. Shuning uchun ham kriptovalyutalar tizimi o’z-o’zidan 

paydo  bo’lgan  degan  fikrga  ishonish  biroz  qiyin.  Balki  uni  g’arb  mahsus 

hizmatlari  tashkil  qilib,  uni  qandaydir  usulda  nazorat  qilish  va  boshqarish 

mexanizmini  ham  ishlab  chiqqan  bo’lsalar  ajab  emas”.  Lekin  CyberFund 

blokcheyn  platformasini  ishlab  chiqqan  dasturchi  Valeriy  Litvin  bu  borada 

boshqacha  fikrni  bildiradi:  “Binkoinni  mahsus  hizmatlar  ishlab  chiqqan  va  uni 

bekdoor  (tizimni  izdan  chiqarish  imkoniyati)  bilan  ta’minlaganlar  degan  fikr 

dunyo  miqyosidagi  fitna  nazariyasi  kabi  asosga  ega  emas,  chunki  blokcheyn 

loyihalarning bacha kodlari ochiq va ularni istalgan inson (yoki tashkilot) istalgan 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

paytda  tekshirib  audit  qilishi  mumkin.  Undan  tashqari,  xuddi  bitkoin  singari 



boshqa  turdagi  kriptovalyutalar  ham  paydo  bo’layapti  va  ular  ham  blokcheyn 

texnologiyasi  asosida  yaratilgan.  Ular  bitkoinga  nibatan  ancha  katta  bo’lgan 

anonimlilik darajasiga ega bo’lishlari mumkin”. Ammo dunyodagi yirik va ko’zga 

ko’ringan  moliyachilarning  kriptovalyutalar  bo’yicha  turli-tuman  munozaralariga 

qaramay,    raqamli  kriptovalyutalar  borgan  sari  ko’proq  jahon  iqtisodiyotiga  ta’sir 

qilayaptilar  va  ularga  bo’lgan  investitsiyalar  miqdori  kun  sayin  ortmoqda.  Nima 

uchun  kriptovalyutalar  kursi  juda  tez  o’zgaradi  va  unga  egalik  qilishda 

tavakkalchilik miqdori juda ham katta miqdorda degan savolga quyidagicha javob 

berish mumkin. Moliyaviy ekspertlarning fikricha, kriptovalyutalarning ortida real 

iqtisodiyot,  tovar  va  hizmatlar  harakati,  kapital  harakati,  to’lov  qobiliyati  pariteti 

kabilar  turmaydi,  xuddi  shu  tufayli  ham  kriptovalyutalar  ularni  boshqarish 

bo’yicha  yangiliklar  va  shu  kabi  boshqacha  stress  faktorlarga  juda  ham 

sezgirdirlar. Shu tufayli turli mamlakatlarda kriptovalyutalarga turlicha yondoshuv 

mavjud: Ba’zi mamlakatlarda ular umuman nazorat qilinmaydilar, boshqalarida esa 

kriptovalyutalar  allaqachon  to’lov  vositasi  sifatida  ishlatiladilar.  Bu  yo’nalishda 

umumjahon qonunlari paydo bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Kriptovalyutalar 

bozorining kelajakdagi xolatiga nazar solsak, bu bozorda tavakkalchilik xali-hanuz 

ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham uzoq va qisqa muddatli perspektivalarda 

ko’tarilish  va  pasayishga  tayyor  bo’lgan  investorlargagina  bu  bozorda  o’ynash 

tavsiya  etiladi.  Quyida  nima  sababli,  kriptovalyutalar  kursi  tez-tez  va  shiddatli 

tarzda  o’zgarishining  yana  boshqa  bir  qancha  sabablari  keltiriladi:Bularning 

birinchisiga  xuddi  oddiy  pullar  va  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  bo’lgani  kabi  

ruhiy”  faktorlarni  kiritishimiz  mumkin.   Masalan,  investorlarni  kutish,  talabning 

vaqtinchalik  ko’payib  ketishi,  talab  o’sishining  sekinlashuvi,  juda  tez  o’sishdan 

so’ng  charchoqlik  xolati  kabilar.  Kriptovalyutalar  bozorining  boshqa  turdagi 

aktivlar bozoridan asosiy farqi - uning iqtisodiyot bilan uzviy bog’liq emasligidir. 

Mamlakatlar  iqtisodiy  hayotiga  bitkoinlar  kursining  o’sishi  yoki  kamayishi 

xozircha  ta’sir  qilmaydi.  Aksincha,  dollar  kursi  tebranishi  yoki  neft  narxi 

o’zgarishi iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi sabab, kriptovalyutalarning 




Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish