milliard dollarga yetib, u inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan,
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ta’limga ham kirib borishini ko’rsatgan. Geymifikatsiya inson miyasining qilingan
ish uchun mukofotlanishni juda yaxshi ko’rishi hossasiga asoslangan. Bunga
ishonch hosil qilish uchun ijtimoiy saytlardagi turli xil o’yinlarga nazar solish
kifoya, chunki ularda turli xildagi mukofotlanishlar va taqdirlashlar keng yo’lga
qo’yilgan.
Zynga
kompaniyasi bu ishni amalga oshirgan holda milliardlab dollar
pul ishlab olganini eslatish kifoya.
Geymifikatsiya
tarafdorlari o’yin elementlarini
insonning har kunlik hayot tarziga maksimal ravishda integratsiya qilishni taklif
qiladilar. Shunda ularning tegishli sohalarda bilim olishlari va tarbiyalanishlari
ancha osonlashadi. Umuman aytganda, ta’limni komp’yuter yordamisiz
geymifikatsiyalash jarayoni allaqachonlar amalga oshgan deyish ham mumkin.
Chunki agar o’quvchi masalani to’g’ri yechgan bo’lsa, uni yaxshi baho bilan
taqdirlaydilar, aks holda esa uni yomon baho bilan jazolaydilar. Har o’quv yilining
oxirida esa yaxshi o’quvchilar maqtov yorliqlari bilan mukofotlanadilar, yomon
o’qiydiganlari esa sinfda qoldiriladilar. Ammo bunda geymifikatsiyani optimal
ravishda amalga oshirish uchun ko’p zahiralar, mablag’, vaqt va juda ko’p sonli
o’qituvchilar talab qilingani hamda u yaxshi samara bermayotgani tufayli,
geymifikatsiyani komp’yuter dasturiy-texnik vositalari va internet yordamida
boshqacharoq usullarda, ko’rinishlarda yoki boshqacha tartibda amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq bo’lar edi. Misol sifatida dasturlash asoslarini o’rganish
bo’yicha interaktiv kurslarni o’z ichiga qamrab olgan
Codeacademy
ni
ko’rsatishimiz mumkin. Undagi kurslar maksimal ravishda qisqa topshiriqlarga
bo’lingan bo’lib, o’quvchining eng kichik muvaffaqiyatga erishishi ham juda
yaxshi taqdirlanadi. Bu esa o’quv materiali uning yodida qolishiga va yaxhsi
o’zlashtirilishiga olib keladi. Ushbu sayt 2012 yilda ishga tushirilib, yil oxirida
unda 500 mingdan ortiq inson qayd etilgan edi. Ularning taxminan chorak qismi
kurslarning
oxirigacha
bora
oldi.
Codeacademy
xozirchatekin,
ammokelajakdaqo’shimchamashg’ulotlaruchunpulolaboshlashivaiste’dodlidasturch
ilarniturlixilkompaniyalaruchuntopibberaoladiganvositachibo’lib,
yaxshiginapulhamishlashimumkin. Bu tizimning yaratuvchilari
Kolumbiya
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
universitetining bitiruvchilari bo’lib, ular
Union Square Ventures
va
Crunchb Fund
kompaniyalaridan uch million dollar atrifodagi investitsiyalarni jalb qila oldilar.
Khan Academy
da esa geymifikatsiya saytning ishlash mantiqiga chuqur
joylashtirib qo’yilgan. Bu akademiyada misollarni yechganlik uchun beydjiklardan
tashqari, har bir mavzu uchun o’quvchining bilim darajasi ko’rsatiladi va buning
asosida sinfning umumiy reytingi chiqariladi. Bu esa o’quvchilar orasida o’zaro
sog’lom raqobatning vujudga kelishini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: