blokcheyn platformasini ishlab chiqqan dasturchi Valeriy Litvin bu borada
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
paytda tekshirib audit qilishi mumkin. Undan tashqari, xuddi bitkoin singari
boshqa turdagi kriptovalyutalar ham paydo bo’layapti va ular ham blokcheyn
texnologiyasi asosida yaratilgan. Ular bitkoinga nibatan ancha katta bo’lgan
anonimlilik darajasiga ega bo’lishlari mumkin
”. Ammo dunyodagi yirik va ko’zga
ko’ringan moliyachilarning kriptovalyutalar bo’yicha turli-tuman munozaralariga
qaramay, raqamli kriptovalyutalar borgan sari ko’proq jahon iqtisodiyotiga ta’sir
qilayaptilar va ularga bo’lgan investitsiyalar miqdori kun sayin ortmoqda. Nima
uchun kriptovalyutalar kursi juda tez o’zgaradi va unga egalik qilishda
tavakkalchilik miqdori juda ham katta miqdorda degan savolga quyidagicha javob
berish mumkin. Moliyaviy ekspertlarning fikricha, kriptovalyutalarning ortida real
iqtisodiyot, tovar va hizmatlar harakati, kapital harakati, to’lov qobiliyati pariteti
kabilar turmaydi, xuddi shu tufayli ham kriptovalyutalar ularni boshqarish
bo’yicha yangiliklar va shu kabi boshqacha stress faktorlarga juda ham
sezgirdirlar. Shu tufayli turli mamlakatlarda kriptovalyutalarga turlicha yondoshuv
mavjud: Ba’zi mamlakatlarda ular umuman nazorat qilinmaydilar, boshqalarida esa
kriptovalyutalar allaqachon to’lov vositasi sifatida ishlatiladilar. Bu yo’nalishda
umumjahon qonunlari paydo bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Kriptovalyutalar
bozorining kelajakdagi xolatiga nazar solsak, bu bozorda tavakkalchilik xali-hanuz
ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham uzoq va qisqa muddatli perspektivalarda
ko’tarilish va pasayishga tayyor bo’lgan investorlargagina bu bozorda o’ynash
tavsiya etiladi. Quyida nima sababli, kriptovalyutalar kursi tez-tez va shiddatli
tarzda o’zgarishining yana boshqa bir qancha sabablari keltiriladi:Bularning
birinchisiga xuddi oddiy pullar va qimmatli qog’ozlar bozorida bo’lgani kabi
“
ruhiy
” faktorlarni kiritishimiz mumkin. Masalan, investorlarni kutish, talabning
vaqtinchalik ko’payib ketishi, talab o’sishining sekinlashuvi, juda tez o’sishdan
so’ng charchoqlik xolati kabilar. Kriptovalyutalar bozorining boshqa turdagi
aktivlar bozoridan asosiy farqi - uning iqtisodiyot bilan uzviy bog’liq emasligidir.
Mamlakatlar iqtisodiy hayotiga bitkoinlar kursining o’sishi yoki kamayishi
xozircha ta’sir qilmaydi. Aksincha, dollar kursi tebranishi yoki neft narxi
o’zgarishi iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi sabab, kriptovalyutalarning
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yangi raqamli valuta turiga mansubligidir. Ko’pchilik uning nimaligini juda yaxshi
tushunmaganligi sababli informatsion o’yinlar vositasida kriptovalyutalar kursini
ko’tarish yoki tushirib yuborish mumkin. Bunda ommaviy axborot vositalari va
ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyatga ega. Internetdagi qandaydir yangilik uning
kursini tushirsa, boshqasi kursni ko’tarib yuboradi. Bu boradagi ko’pchilik
ma’lumotlarni tekshirishning o’zi ham katta muammodir. Uchichi sabab sifatida
kriptovalyuta dastur kodining yangilanishini (
hardfork
) keltirish mumkin. Kurs
ma’lum maksimal darajaga yetgandan so’ng, oldi-sotti vaqtincha to’xtatilishi
mumkin, ammo bu umumiy xolatga katta ta’sir ko’rsatadi. Bitkoinning kursi juda
ham o’zgaruvchan (
volatil)
bo’lgani uchun yirik investorlarning savdoga aralashuvi
kursni anchagina o’zgarishiga olib keladi. Bu esa bitkoin puffagi xali bir necha bor
kattalashishi va kichiklashishi mumkinligini anglatadi. Bitkoin kursi qachon
stabillashishini xozircha hech kim bashorat qila olmaydi, shuning uchun bitkoin
egalariga sabr qilish tavsiy etiladi.
Qaysi kriptovalyutani sotib olish kerak va qaysisini sotish kerak degan
savolga javob berish ham juda murakkab masala. Ammo hozirgi sharoitlarni
hisobga olgan xolda bitkoindan voz kechish ham unchalik to’g’ri bo’lmas. Negaki
xozirgi paytda investorlar unga juda qattiq ishonadilar. Bitkoinga bo’lgan ishonch
bitcoin cash
va
bitkoin gold
ga bo’lgan ishonchga nisbatan ancha katta miqdorda.
Undan tashqari, bitkoinning boshqa koinlarga nisbatan ishonch zahirasi anchagina
kattaligini payqash mumkin. Agarda eng ommabop raqamli valyuta – bitkoinga
al’ternatuva qidirilsa, u xolda bir qancha variantlarni taklif etish mumkin. Masalan,
bitkoin daromad darajasi bo’yicha bir qancha kriptotokenlardan quyiroqda yuradi.
Misol uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: