Misol uchun
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini
yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga xarajatlarni qoplash tartibi
quyidagicha:
1-qadam:
Pensionerning yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar)
bo‘limi har oyda keyingi oyning 1-sanasiga qadar korxona yoki tashkilotga mehnat vazifalarini
bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan
boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalarini to‘lashga xarajatlarni qoplash to‘g‘risida
regress talabnomani
yuboradi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi uchun javobgar tashkilot tugatilgan taqdirda
tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tashkilotning tugatish kuniga tayinlangan pensiya miqdorida
kapitallashtirilishni hisobga olgan holda ajratmalarni majburiy ravishda yuqorida nomi
keltirilgan Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Masalan, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo‘yicha
pensiyalarni to‘lashga:
-
agar nogironlik muayyan davrga belgilangan bo‘lsa, nogironlikning amal qilish
muddatiga, biroq kamida besh yil uchun;
-
agar nogironlik muddatsiz belgilangan bo‘lsa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida
xodimlar O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish yoshiga etgungacha bo‘lgan
muddatga belgilanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari bo‘yicha mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga
nisbatan:
-
o‘n sakkiz yoshga etmagan oila a’zolariga — ular ushbu yoshga etgunlariga qadar;
-
vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini boqish
bilan mashg‘ul bo‘lgan oila a’zolariga — boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki
nabiralari, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini
beradigan yoshga to‘lgunga qadar;
-
ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, erga — agar ular Qonunda nazarda tutilgan
pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar, shuningdek buva va buviga — agar qonunga
muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa, ajratmalarni hisoblab chiqish sanasida
ular O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish yoshiga etgunga qadar bo‘lgan
muddatga.
Agar O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish yoshi va mehnat vazifalarini
bajarishda mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida boquvchisini yo‘qotganlik va
nogironlik pensiyasiga huquqi bo‘lgan fuqaro yoshi o‘rtasidagi farq 5 yildan kam bo‘lsa,
shuningdek, agar fuqaroning yoshi O‘zbekiston Respublikasida kutilayotgan umr ko‘rish
yoshidan ko‘p bo‘lsa, u holda mablag‘lar kamida 5 yil uchun to‘lanishi lozim.
Shuningdek,
ishsiz maqomiga ega bo‘lgan shaxslarga muddatidan oldin tayinlangan
yoshga doir pensiyalar to‘lashga xarajatlar
ham boshqa manbalardan qoplanadi. Bunda Pensiya
jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari har oydamuddatidan oldin yoshga doir pensiyalar
tayinlangan shaxslarning ro‘yxatini, amalga oshirilgan xarajatlarni ko‘rsatgan holda, Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
hududiy Bosh boshqarmalari Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
tegishli tuman (shahar) markazlariga yetkazadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: