Bosim koeffitsienti (K2) pensiya va nafaqalar oluvchilar sonining sug‘urtalangan (real
sektorda ishlovchi) aholining umumiy sonidagi ulushi kabi aniqlanadi. Uning sondagi ifodasi
pensiya yoki nafaqalarni olish huquqini beruvchi shartlarga, shuningdek, mehnat staji hamda
aholining yosh tarkibiga (yoshga doir pensiyalar bo‘yicha) bog‘liq bo‘ladi:
K
(1.2)
Masalan, O‘zbekistonda bosim koeffitsienti quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
1992-yilda 1 pensionerga - 3,7 ishlovchi, 2001 yilda - 3,4 ishlovchi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hozirda
bu ko‘rsatkich 3,9 ni tashkil qilmoqda
1
. Pensionerlar ulushining ko‘payishi bilan pensiya
jamg‘armalariga mablag‘ to‘lab boradigan mehnatga qobiliyatli aholi salmog‘i qisqaradi, buning
natijasida esa pensiya jamg‘armasi zimmasiga pensiyalar to‘lash xarajatlarining benihoya og‘ir
yuki tushadi.
Pensiyaning absolyut miqdori – pensiyaning pul birligida ifodalangan miqdori bo‘lib,
odatda bu miqdor pensiya oluvchining yashash minimumi bilan solishtiriladi va pensionerning
moddiy ahvolini belgilab beradi. Bu ko‘rsatkich pensiyaning xarid qobiliyatini ko‘rsatadi hamda
pensionerning muhtojlik darajasini belgilab beradi, uning miqdoriga qarab mahalliy va markaziy
boshqaruv darajasida pensionerlarga yordam berish uchun zarur resurslar hajmi aniqlanadi,
yordamning miqdori va ko‘lamlari belgilanadi.
Qoplash koeffitsienti – individual sug‘urta to‘lovlari o‘rtacha darajasining o‘rtacha
mehnat haqi darajasiga nisbatini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichning iqtisodiy ma’nosi shundaki,
pensiya miqdori xodimning oldin olib yurgan ish haqisining qancha qismini qoplay olish
darajasini ifodalaydi.
Pensiya ta’minoti milliy g‘oyani aks ettiradi hamda milliy iqtisodiy siyosat markazida
turadi. Oxirgi o‘n yilliklar mobaynida ko‘p mamlakatlar o‘zlarining amaldagi pensiya tizimlarini
ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan isloh qilish
zarurati bilan to‘qnash kelmoqdalar.
XXI asr boshlarida jahon mamlakatlarida avlodlar birdamligi va jamg‘arish tizimlariga
asoslangan pensiya tizimlari amal qilmoqda. Birdamlik pensiya tizimi avlodlar, ish beruvchilar
va ishlovchilar, yuqori va past ish haqi oluvchi xodimlar birdamligiga asoslangan va u birdamlik
tamoyili asosida moliyalashtiriladn. Birdamlik pensiya tizimi davlatga tegishli bo‘lib, uni
korxona yoki bir tarmoq miqyosida tashkil etish mumkin emas. Birdamlik tizimining muhim
jihati shundaki, u qayta taqsimlash tamoyiliga asoslanganligi uchun pensionerlar o‘rtasida
qashshoqlikni jiddiy kamaytiradi.
Avlodlar birdamligi tamoyiliga qurilgan O‘zbekiston Respublikasining pensiya tizimi
ham oxirgi yillar davomida qator o‘zgarishlarni boshidan kechirdi, bu o‘zgarishlar birinchi
navbatda mamlakat iqtisodiyotini bozor sharoitlariga moslashtirish va bozor munosabatlariga
o‘tish bilan bog‘liq bo‘ldi. Jahon amaliyoti asosida davlat pensiya tizimining moliyaviy
resurslari davlatning mustaqil byudjetdan tashqari fondiga – Pensiya jamg‘armasiga biriktirildi,
pensiya ta’minotida sug‘urtaviy tamoyillar mustahkamlanib bordi, butunlay yangicha bo‘lgan
jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi shakllandi.
Shu bilan bir qatorda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz pensiya tizimining tashkiliy va
qonuniy-huquqiy asoslari ham shakllanib, takomillashib bordi. Bu boradagi dastlabki qadam
bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
Qonuni (1993-yil 3 sentyabr) ning qabul qilinishi bo‘ldi. Ushbu qonun va hukumatimiz
tomonidan qabul qilingan boshqa me’yoriy hujjatlar amaldagi pensiya ta’minoti tizimining
huquqiy asosini tashkil etdi. Bu qonunning mohiyatini pensionerlarning jamiyatda tutgan o‘rni,
bozor iqtisodiyoti sharoitida ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoyalash, pensiya miqdorini
Do'stlaringiz bilan baham: