Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "ijtimoiy ta



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/180
Sana11.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#350885
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   180
Bog'liq
Ijtimoiy taminot

1
 
-
 
davlat budjeti (respublika budjeti va mahalliy budjetlar); 
-
 
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi; 
-
 
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi; 
-
 
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjeti 
mablag‘lari. 
Davlat budjetidan an’anaviy ravishda ijtimoiy ta’minotning quyidagi shakllari va turlari 
moliyalashtiriladi: 
a) respublika budjetidan:  
                                           
1
 Izlanishlar asosida ishlab chiqildi. 


-
 
respublika tasarrufidagi bolalar uylarini saqlab turish xarajatlari;  
-
 
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat faxriylari uchun 
pansionatlar  va  sanatoriylarni,  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  muassasalarini  saqlab  turish, 
shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 
-
 
bolalikdan  nogironlarga  va  bola  tug‘ilganda  beriladigan  nafaqalarni,  qonun 
hujjatlarida  ayrim  toifadagi  shaxslarga  belgilangan  kompensatsiyalarni  to‘lash  uchun  vakolatli 
organga mablag‘lar ajratish xarajatlari; 
-
 
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-
yadro  ob’ektlarida  harbiy  xizmatni  o‘tagan  pensiya  yoshidagi  shaxslarni  ijtimoiy  qo‘llab-
quvvatlash,  ayrim  toifadagi  shaxslarga  qonun  hujjatlarida  belgilangan  imtiyozlar  va 
kompensatsiyalarni to‘lash xarajatlari va b. 
b) mahalliy budjetlardan:  
-
 
mahalliy  hokimiyatlar  tasarrufidagi  bolalar  uylari,  davlat  bolalar  shaharchalarini 
saqlab turish xarajatlari; 
-
 
mahalliy  hokimiyatlar  tasarrufidagi  qariyalar  va  nogironlarning  internat-uylari, 
pansionatlari  va  sanatoriylari,  nogironlarni  reabilitatsiya  qilish  markazlarini,  boshqa 
muassasalarni  saqlab  turish  xarajatlari,  shuningdek  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilishga  doir 
maqsadli tadbirlar xarajatlari; 
-
 
uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xarajatlari; 
-
 
shahar  yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining  yo‘lovchilarni va bagajni cheklangan 
tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini 
ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash xarajatlari va b. 
Ma’lumki,  ijtimoiy  ta’minotning  markazida  pensiya  ta’minoti  turadi.  Ko‘pchilik 
davlatlarda  pensiya  ta’minotini  mablag‘  bilan  ta’minlash  maqsadida  markazlashgan  tartibda 
maxsus  fondlar  –  Pensiya  fondlari  tuziladi.  Ularning  asosiy  maqsadi  shu  mamlakat  pensiya 
qonunchiligi  bilan  belgilangan  pensiyalar  va  boshqa  ijtimoiy  to‘lovlarni  moliyalashtirishdan 
iborat.  Bizning  mamlakatimizda  ijtimoiy  ta’minot  vazifalarini  davlat  budjeti  bilan  birga, 
budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi  bajaradi.  Bugungi  kunda  budjetdan  tashqari  Pensiya 
jamg‘armasidan  quyidagi  pensiyalar  va  ijtimoiy  nafaqalar  to‘lanadi,  shuningdek,  fuqarolarning 
ijtimoiy ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sarfiyotlar amalga oshiriladi: 
-
 
ishlayotgan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‘lash; 
-
 
ishlamaydigan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‘lash; 
-
 
davlat pensiya ta’minoti huquqiga  ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga qobiliyatsiz 
fuqarolarga nafaqalar berish; 
-
 
dafn marosimlari uchun nafaqalar; 
-
 
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar. 
Fuqarolar  ijtimoiy  ta’minotining  ayrim  shakllari  va  turlari 
Bandlikka  ko‘maklashish 
davlat jamg‘armasi
 tomonidan moliyalashtiriladi, ular jumlasiga quyidagilar kiradi: 
-
 
ishsiz deb topilgan shaxslarni kasbiy tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlash xarajatlari; 
-
 
ishsizlik  bo‘yicha  nafaqalar,  bandlikka  ko‘maklashish  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza 
qilish  markazlari  taklifiga binoan ishlash uchun  boshqa joyga ixtiyoriy  ravishda ko‘chib  o‘tish 
munosabati bilan kompensatsiyalar to‘lash hamda ishsizlarga moddiy yordam berish;  
-
 
ishsiz deb topilgan shaxslarga muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi munosabati bilan 
O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi 
xarajatlarining o‘rnini qoplash; 
-
 
nogironlar,  fuqarolarning  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  bo‘lgan  boshqa  toifalari 
mehnatidan  foydalanish  uchun  ixtisoslashtirilgan  ish  o‘rinlarini  va  ishlab  chiqarishlarni  tashkil 
etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish; 
-
 
ish  bilan  band  bo‘lmagan  aholiga  yordam  ko‘rsatish,  shu  jumladan  ishga 
joylashtirishga ko‘maklashish va maslahat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar; 


-
 
aholi  bandligi  bilan  bog‘liq  masalalar  bo‘yicha  xalqaro  hamkorlikni  hamda  xalqaro 
loyihalar va shartnomalarni amalga oshirishni moliyalashtirish; 
-
 
chet  elga  ishga  yuborilgan  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  ishga 
joylashtirilishini tashkil etish va ularning ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq 
xarajatlar va b. 
O‘zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  Kengashining  ijtimoiy  sug‘urta  budjeti
 
quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: 
-
 
O‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlari  bilan  belgilanadigan,  O‘zbekiston 
kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  Kengashiga  xodimlar  va  ularning  oila  a’zolarini 
sog‘lomlashtirish uchun yagona ijtimoiy to‘lovdan yo‘naltirilgan ajratmalar hisobiga; 
-
 
belgilangan tartibda xodimlarga davolanish va dam olish uchun berilgan yo‘llanmalar 
uchun ulardan olingan mablag‘lar hisobiga; 
-
 
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga.  
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mablag‘lari tegishli kasaba uyushmalari 
organlarining  qarorlari  bilan  tasdiqlanadigan  budjet  va  smetalarida  belgilangan  maqsadlarga 
muvofiq xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish uchun quyidagilarga sarflanadi: 
-
 
sanatoriy-kurortlarda  davolanish,  pansionat  va  dam  olish  uylariga  yo‘llanmalar 
olishga; 
-
 
korxonalar  va  o‘quv  muassasalaridagi  sanatoriy-profilaktoriylarda,  sanatoriy-
profilaktoriylarning  ijtimoiy  sug‘urta  uchun  tasdiqlangan  smetasiga  muvofiq,  xodimlar  yoki 
talabalarni  sog‘lomlashtirish  xarajatlarini  qisman  qoplashga  (xodimlarning  mehnatiga  haq 
to‘lashga, davolanuvchilarning ovqatlanishi, davolanishi, ularga madaniy xizmat ko‘rsatishga); 
-
 
bolalarni  sog‘lomlashtirish  oromgohlarida  bolalarning  ta’minotida,  bolalarni 
sog‘lomlashtirish  oromgohlarining  tasdiqlangan  smetalariga  muvofiq,  hissali  ishtirok  etishga 
(xodimlarning  mehnatiga  haq  to‘lashga,  bolalarning  ovqatlanishi,  davolanishi,  ularga  madaniy 
xizmat ko‘rsatishga); 
-
 
kasaba  uyushmalari  huzuridagi  bolalar  va  o‘smirlar  sport  maktablari  (BO‘SM) 
xodimlarining  mehnatiga  haq  to‘lash  va  moliyaviy  imkoniyatlari  darajasida  sport  anjomlarini 
xarid qilish, o‘quv-sport tadbirlarini o‘tkazish uchun qisman mablag‘ ajratishga; 
-
 
o‘z  sport  bazalari  bo‘lmagan  taqdirda,  hududiy  birlashmalar  tomonidan  tasdiqlangan 
BO‘SMning smetasiga muvofiq, istisno tariqasida, binolarni ijaraga olishga; 
-
 
ijtimoiy  sug‘urta  bo‘yicha  tashkiliy-ma’muriy  xarajatlarni  moliyalashtirishga, 
kadrlarni  tayyorlash,  o‘qitish,  sog‘lomlashtirish  tadbirlarida  ishtirok  etuvchi  shifokorlar  va 
boshqa kadrlarning ta’minotiga; 
-
 
O‘zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  Kengashining  tasdiqlangan  smetasi, 
qurilish  va  rekonstruktsiya  qilinadigan  ob’ektlarning  manzilli  ro‘yxatiga  muvofiq  kasaba 
uyushmalari  sog‘lomlashtirish  muassasalari  va  BO‘SM  sport  inshootlarini  rekonstruktsiya 
qilinishiga; 
-
 
ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan xodimlar va ularning oila 
a’zolarini sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga. 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish