beriladigan nafaqa eng kam oylik ish haqining ikki
baravari
budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi mablag‘lari
Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa bir kunlik ish haqi miqdorida
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa eng kam oylik ish haqining to‘rt
barobari
budjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasi mablag‘lari
Ishsizlik bo‘yicha nafaqa oldingi ish joyidagi oxirgi bir yilgi
o‘rtacha ish haqiga foiz nisbatida
(yoki eng kam ish haqi miqdoriga
foiz nisbatida)
Davlat bandlikka
ko‘maklashish
jamg‘armasining
mablag‘lari
Ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan nafaqa bir yillik o‘rtacha ish haqidan kam
bo‘lmagan miqdorda
xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning shaxsiy
mablag‘lari
Ish haqining yo‘qotilishi bilan bog‘liq nafaqalarga vaqtinchalik ishga layoqatsizlik yoki
mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq nafaqalar, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha
nafaqalar, ishsizlik va boshqa shu kabi holatlar bo‘yicha to‘lanadigan nafaqalar kiradi.
Aholining ayrim guruhlarini
ijtimoiy himoya qilish maqsadlarida tayinlanadigan nafaqalarga bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa, qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa, bola
parvarishi bilan band bo‘lgan oilalarga nafaqalar, dafn marosimi uchun to‘lanadigan nafaqalar va
boshqa to‘lovlar kiradi.
Yoshga doir nafaqalar. Yoshga doir nafaqa ish stajiga ega bo‘lmagan, shuningdek,
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida
nazarda tutilgan 5 yildan kam ish staji mavjud bo‘lib, yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarli
ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga: erkaklarga - 65 yoshga etganlarida; ayollarga - 60 yoshga
etganlarida tayinlanadi
1
.
Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga layoqatli voyaga etgan
farzandlari, qarindoshlari yoki O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni
ta’minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda tayinlanadi. Pensiya
jamg‘armasi bo‘limi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda
o‘tkazilgan tekshirishda ish stajiga ega bo‘lmagan va yoshga doir nafaqa so‘rab murojaat etgan
shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy
nochorligi aniqlangan hollarda bu nafaqa uni so‘rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam
bera olmaydigan qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo‘lgan taqdirda ham tayinlanishi
mumkin. Yoshga doir nafaqalarni to‘lash, etkazib berish va qayta yuborish bo‘yicha xarajatlar
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Nogironlik bo‘yicha nafaqalar. Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo‘lgan hollarda,
yoshidan qat’i nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironlariga faqat mehnat
qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda tayinlanadi va to‘lanadi
2
. Mehnat