4.2.
Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, turli kompensatsion to’lovlar
Ijtimoiy ta’minotning shakllaridan biri – bu fuqarolarning ayrim toifalari va guruhlariga
beriladigan ijtimoiy nafaqalar hisoblanadi. Ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, hisoblash va to‘lash
ishlari tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Shuningdek, nafaqa to‘lash bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlar ham turli manbalardan – jamg‘armalardan moliyalashtiriladi.
Nafaqa
tegishli davlat mablag‘lari hisobidan ob’ektiv sabablarga ko‘ra ish haqining
yo‘qotilganligi, shuningdek aholining ayrim guruhlarini ijtimoiy himoya qilish hamda ijtimoiy
jihatdan ta’minlash maqsadlarida tayinlanadi (4.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |