Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "ijtimoiy ta



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/180
Sana11.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#350885
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180
Bog'liq
Ijtimoiy taminot

                                           
1
  Xaitov  A.,  Ziyadullayev  M.  O‘zbekistonda  pensiya  ta’minoti  va  xorij  tajribasi.  O‘quv  qo‘llanma.  –T.:  “Adolat”. 
2009. -15-b. 
2
  Xaitov  A.,  Ziyadullayev  M.  O‘zbekistonda  pensiya  ta’minoti  va  xorij  tajribasi.  O‘quv  qo‘llanma.  –T.:  “Adolat”. 
2009. -18-b. 


Asta-sekin  xalq  xo‘jaligining  alohida  tarmoqlaridagi  shaxslarga  nisbatan  qarilik 
pensiyalari  joriy  qilina  boshlandi.  1930-yil  13-fevralda  SSSR  XKS  ning  “Ijtimoiy  ta’minot 
bo‘yicha  pensiya  va  nafaqalar  to‘g‘risida”gi  Nizomi  bilan  davlat  pensiyalari  tartibga  solina 
boshlandi.  Ushbu  Nizomning  birinchi  bo‘limi  nogironlik  pensiyalariga  bag‘ishlangan  bo‘lib, 
umumiy kasallik bo‘yicha nogironlik pensiyasi ish stajiga qarab, agar mehnatda mayiblansa yoki 
kasb  kasalligiga  uchrasa,  ish  stajidan  kat’iy  nazar,  I-guruh  umumiy  kasallikdan  nogiron 
bo‘lganlarga  -  o‘rtacha  oylik  ish  haqining  uchdan  ikki  kismi,  mehnatda  mayiblanganlarga  100 
foizi,  boshka  guruh  nogironlariga  qisqartirilgan  miqdorlarda  tayinlanadigan  bo‘ldi.  Ushbu 
Nizomning ikkinchi bo‘limi bo‘yicha ishlab turib, vafot etgan shaxslarning qaramog‘ida bo‘lgan 
oila  a’zolariga  umumiy  kasallikdan  vafot  etganda,  oilada  ikkita  a’zo  bo‘lsa,  marhumning 
o‘rtacha  ish  haqining  to‘qqizdan  to‘rt  qismi  mehnatda  mayiblanib,  vafot  etganlarning  oila 
a’zolariga  o‘rtacha  ish  haqining  to‘rtdan  uch  kismi  miqdorida  boquvchisini  yuqotganlik 
pensiyalari belgilandi. Uchinchi bo‘lim yoshga doir pensiyalarga tegishli bo‘lib, umumiy pensiya 
yoshi erkaklarga 60 yosh, ayollarga 55 yosh qilib, talab qilingan ish staji erkaklar uchun 25 yil, 
ayollar uchun 20 yil qilib, pensiya miqdori esa o‘rtacha ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan 
miqdor qilib belgilandi.  
1929-yil 3-iyuldagi farmonga asosan o‘qituvchilarga, 1930-yil 22-sentyabrdagi farmonga 
asosan,  qishloq xo‘jaligidagi  agronomlarga,  1929-yil  25-sentyabrdagi  farmonga  asosan  qishloq 
joylaridagi  tibbiy  va  veterenariya  xodimlariga,  1933-yil  17-oktyabrdagi  farmonga  asosan, 
fuqarolik aviatsiyasi xodimlariga ko‘p yillik xizmat qilganlik pensiyalari joriy qilinib, tayinlana 
boshlandi.  
Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  esa  harbiy  xizmatchilar,  ularning  oila  a’zolariga  pensiya 
va nafaqalar tayinlash to‘g‘risida bir qancha qarorlar qabul qilindi. Bolali ayollarga, ko‘p bolali 
va yolg‘iz onalarga davlat yordamini kuchaytirish maqsadida nafaqalar joriy qilindi.  
1944-yil  iyuldagi  farmonga  asosan  “Onalik  medali”,  “Onalik  shuhrati”  ordeni, 
“Qahramon  ona”  faxriy  unvonlari  joriy  qilindi.  1947-yildan  boshlab  ko‘p  bolali  onalarga 
nafaqalar tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom amal qila boshladi.  
1956-yil  14-iyulda  “Davlat  pensiyalari  to‘g‘risida”gi  birinchi  qonun  qabul  qilindi.  Bu 
qonunga  asosan  ilgari  ham  farmon  va  karorlar  asosida  tayinlanib  kelinayotgan  pensiyalarning 
barcha turlari yagona qonunga asoslanib tayinlanadigan bo‘ldi. Lekin bu qonun faqat ishchi va 
xizmatchilargagina  nogironliq,  qarilik,  boquvchisini  yo‘qotganlik,  ko‘p  yillik  pensiyalarini 
tayinlashni ko‘zda tutgan edi.  
1964-yil  15-iyulda  “Kolxoz  a’zolariga  pensiya  va  nafaqalar  tayinlash  to‘g‘risida”gi 
Qonun  qabul  qilinishi  munosabati  bilan  kolxozchilarning  markazlashtirilgan  ijtimoiy  ta’minot 
jamg‘armasi  tashkil  qilindi  va  kolxoz  a’zolari  shu  jamg‘arma  hisobidan  1965-yil  1-oktyabrdan 
boshlab pensiyalar bilan ta’minlana boshladilar.  
1968-yil  1-yanvardan  boshlab  kolxozchilarning  pensiya  yoshi  ishchi-xizmatchilarnikiga 
tenglashtirildi  va  I-,  II-guruh  nogironlarining  pensiyalari  miqdorari  oshirildi.  Shu  davrdan 
boshlab  III-guruh  mehnatda  mayiblangan  kolxoz  a’zolariga  ham  nogironlik  pensiyalari 
tayinlanadigan  bo‘ldi.  1972-yil  3-avgustda  “Davlat  pensiyalarini  tayinlash  va  to‘lash  tartibi 
to‘g‘risida”gi  Nizom  qabul  qilinib,  pensiyalarni  hisoblab  chiqarish  tartibiga  bir  nechta 
o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu Nizom 1974-yildan  yoshga doir pensiyaning eng kam miqdorini 
45 so‘m qilib belgiladi.  
1990-yilgacha bo‘lgan davrda Ikkinchi jahon urush nogironlari, urushda halok bo‘lganlar 
oila  a’zolarining  pensiya  miqdorlarini  oshirish  va  ularga  imtiyoz  va  qengilliklar  belgilash 
to‘g‘risidagi bir qancha qarorlar, farmonlar qabul qilindi.  
1989-yil  1-avgustda  “Aholining  pensiya  ta’minoti  va  ijtimoiy  xizmatning  kechiktirib 
bo‘lmaydigan tadbirlari to‘g‘risida”gi kichik qonun qabul qilindi va shu davrdan boshlab shahar 
va qishloq o‘rtasidagi tafovutga barham berilib, ishchi va xizmatchilarga hamda kolxozchilarga 
shu qonun asosida bir xilda pensiyalar tayinlana boshlandi, shu davrgacha bo‘lgan qonunlar o‘z 
kuchini yo‘qotdi. Ijtimoiy ta’minotdan barcha fuqarolar teng foydalana boshladilar.  


Mamlakat  iqtisodiyotining  bozor  munosabatlari  sharoitiga  o‘ta  boshlashi  pensiya 
ta’minoti  sohasini  qayta  ko‘rib  chiqishni,  unda  islohotlarni  amalga  oshirish  zarurligini  taqozo 
qildi.  Shu  munosabat  bilan  1990-yil  15-mayda  “SSSRda  fuqarolarning  pensiya  ta’minoti 
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, 1991-yildan kuchga kirdi. Qonun asosida pensiya sohasida 
islohotlar  boshlanib,  davlat  ijtimoiy  ta’minoti,  ijtimoiy  pensiyalar,  daromadlar  indeksatsiyasi 
kabi  yangi  tizimlar  amal  qila  boshladi.  Bu  Qonun  mustaqil  respublikamizning  pensiya 
munosabatlari borasidagi o‘zining mustaqil qonuni qabul qilingunga qadar 1994-yil 1-iyulgacha 
amalda bo‘ldi.  
1990-yil  28-aprelda  “Harbiy  xizmatchilarning  pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida”gi  Qonun 
qabul  qilinib,  harbiy  xizmatchilar,  ichki  ishlar  organlari,  milliy  xavfsizlik  xizmati  xodimlariga 
pensiyalar  shu  qonunga  asosan  tayinlanib,  bu  qonunga  hozirgi  kunda  ham  amal  qilinib 
kelinmoqda. 


 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish