Byudjet tashkilotlarida baholar monitoringining tashkil etilishida byudjet
mablag’laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli
nazoratni to’liq joriy qilishni taqozo etadi. Ya’ni, byudjet tashkiloti kontragentdan
tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida ofertani
(taklifni) qabul qilib olganidan so’ng, shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va
g’aznachilik bo’limidan ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi.
Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun, shartnomaning ro’yxatdan
o’tkazilishi talab qilinadi.
G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval,
dastlabki
nazoratni
amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali
ta’minlanadi.
Bunda byudjet tashkiloti sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar
narxi) muqobil etkazib beruvchilar baholari bilan taqqoslanadi. Muqobil etkazib
beruvchilar to’g’risida ma’lumot to’plashning turli usullari mavjud. Masalan, tovar
xom-ashyo birjalari, bozorlardan ma’lumotnomalar, raqobatchi tashkilotlardan
tijorat takliflari olish, ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama
nashrlaridagi ma’lumotlarni umumlashtirish mumkin.
Bitta shartnoma bo’yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam
summaga tovar etkazib berilishi bo’yicha shartnomalarni tuzish, 2009 yil 16
sentyabrda ro’yxatgan olingan 2007-sonli “Davlat byudjetining g’azna ijrosi
qoidalari”ga asosan tartibga solinadi.
O’zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan, ishlab
chiqaruvchining o’zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa, bevosita
import qiluvchidan tovarlarni yuqori baholarda xarid qilishni oldini oladi
29
.
Hozirgi kunda moliya organlarida baholar monitoringini tashkil etishning
huquqiy asosi bo’lib, Vazirlar Mahkamasining: 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni
sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi Nizom”, 2000 yil 5
avgustdagi
305-sonli
“Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori; 2003 yil
3 iyuldagi 302-sonli “O’zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda
konkurs savdolari to’g’risida”gi qarori (va ushbu qarorning ilovasi) hamda Moliya
vazirligining tegishli buyruqlari asos bo’lib hisoblanadi.
Davlat xaridini amalga oshirishning shaffofligini ta’minlashda va davlat
mablag’laridan manzilli foydalanishni tashkil etishda, davlat tashkilotlarining
majburiyatlarini ro’yxatdan o’tkazish muhim jarayoni hisoblanadi.
Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimining joriy etilishi bilan,
Do'stlaringiz bilan baham: