Quyidagi hollarda tender(tanlov) o’tkazmasdan tovar etkazib beruvchilar
(bajaruvchilar, pudratchilar) bilan shartnomalar tuzilishi mumkin:
1) tovarlar etkazib berish, tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati sohasiga
tegishli bo’lganda;
2) tovarlar
birja orqali xarid qilinganda;
3) shartnoma tuzish vaqtida eng kam ish haqining o’n baravaridan oshmagan
summada
tovarlar sotib olinganda;
4)tarix va madaniyat yodgorliklari sifatida davlat muhofazasiga olingan
hamda davlat muzey, kutubxona, arxiv fondlarini, kino-foto-fondini va boshqa
shunga o’xshash fondlarni to’ldirish uchun mo’ljallangan tarixiy, badiiy yoki
boshqa madaniyat ahamiyatiga molik madaniy boyliklar (sur’atlar, haykallar,
adabiy asarlar va boshqalar), shu jumladan, muzey predmetlari va muzey
to’plamlari, shuningdek, nodir va qimmatli nashrlar va qo’lyozmalar, arxiv
hujjatlari, jumladan ularning nusxalarini etkazib berishni amalga
oshirganda;
5) tovarlarni sotishga alohida huquqi bo’lgan faqat bitta etkazib beruvchidan
tovarlar xarid qilish mumkin bo’lganda;
6)
tuzilgan
shartnomaning
shartlari
dastlabki
shartnoma
umumiy
summasining 20 foizidan oshmaydigan summaga teng qo’shimcha ishlarni bajarish
maqsadida o’zgarganda;
7) bajarish yoki xizmat ko’rsatishni amalga oshirish faqat davlat hokimiyati
va boshqaruv organlari tomonidan yoki ularga bo’ysunuvchi davlat muassasalari
va korxonalari tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq mumkin bo’lgan ishlar
yoki xizmatlarga ehtiyoj tug’ilganda;
8) engib bo’lmas kuchlar (tabiiy ofatlar, yong’inlar, falokatlar, avariyalar va
hokazolar) oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) uchun zarur bo’lgan muayyan
tovarlarga tezkor ehtiyoj tug’ilganda, buning natijasida vaqtning yo’qotilishi talab
qilinadigan boshqa buyurtmani joylashtirish usullarini qo’llash maqsadga muvofiq
bo’lmaganda (tegishli moliya organlari kelishuvi bo’yicha);
9)etkazib beruvchilarning yoki shartnomada ularning manfaatdorligi yo’qligi
sababli buyurtmachi tomonidan tender (tanlov) bo’lib o’tmagan deb hisoblash
natijasida; agar buyurtmachi uzoq tumanlarda joylashgan bo’lsa, buyurtmachining
faoliyat ko’rsatish hududida va yaqin joylashgan tumanlarda faqat bitta etkazib
beruvchi mavjud bo’lsa; shuningdek, boshqa joylardan narx kotirovkalarini olish
hech qanday foyda olish yoki iqtisod qilish aniqlanganda; transport xarajatlari
uchun narxlar oshib ketishiga olib kelganda. Bunda yagona etkazib beruvchiga
buyurtmalarni joylashtirish tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda amalga
oshiriladi
27
.
Engib bo’lmas kuchlar oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish) uchun
tovarlarga shoshilinch ehtiyoj vujudga kelgan taqdirda yoki shartnomada ularning
manfaatdorligi yo’qligi sababli tenderni bo’lib o’tmagan deb hisoblash natijasida,
buyurtmachi tender o’tkazmasdan yagona etkazib beruvchiga buyurtmani
joylashtirish to’g’risidagi qarorni kelishish uchun tegishli moliya organlariga
yozma murojaat yuboradi.
Birja savdolari platformasida faqatgina birja tovarlari savdoga chiqariladi.
“Birja tovari” tushunchasiga - o‘z sifati, tuzilishi bilan bir turdagi xususiyatga ega
bo‘lgan, o‘zining asosiy va aniqlovchi parametrlari bilan xuddi shunday boshqa
ishlab chiqaruvchining yoki boshqa partiyadagi tovar bilan o‘zaroalmashinuvchan-
lik xususiyatiga ega bo‘lgan tovar kiradi va u doimiy ravishda savdolarga
chiqarilishi shart.
Ko‘rgazma-yarmarka savdo tovarlariga xususiyatlaridan qat’iy nazar,
fuqarolik muomalasida bo‘lgan tovarlar, shu jumladan, individual xususiyatga ega
bo‘lgan va savdolarga muntazam ravishda chiqarilmaydigan yoki kamdan-kam
chiqariladigan tovarlar kiradi.
Savdolar internet orqali real vaqt rejimida olib boriladi, savdo bo‘yicha hisob-
kitoblar ham on-layn rejimida amalga oshiriladi.
Elektron xaridlar birja savdolari tarkibiga kirib, davlat va korporativ xaridlar
bo‘yicha boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan auksion savdolardan tashkil
topgan.Elektron savdolar O‘zbekiston bo‘ylab internet orqali real vaqt rejimida
olib boriladi.
Elektron katalog - davlat xaridlarini amalga oshirish usuli bo‘lib, unda
buyurtmachi tizimlashtirilgan elektron katalogdan yetkazib beruvchilar tomonidan
joylashtirilgan tovarni tanlaydi. Elektron katalog birjaning maxsus axborot
portalida yetkazib beruvchilar tomonidan buyurtmachilarga yo‘naltirilgan
takliflardan shakllanadi.
To’g’ridan-to’g’ri shartnomalarni tuzish holatlariVazirlar Mahkamasining
456-sonli “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Qarorida keltirilgan.
Shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash sotib oluvchi
tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Shartnomalar bo‘yicha to‘lovlar
g’aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: