muvofiq byudjet tashkilotlariga XAOR beriladi
33
. XAORlar muayyan muddatga
yoziladi va shu muddat o’tgandan so’ng ular o’z kuchini yo’qotadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi
414-sonli
"Byudjet
tashkilotlarini
mablag’ bilan ta’minlash tartibini
takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi Hukumat
qarorlari to’plami, 1999 y. N 9, 51-modda) muvofiq, byudjetdan mablag’
oluvchilarni
Davlat
byudjetidan
xarajatlarning
to’rt guruhi bo’yicha
moliyalashtirish tartibi belgilangan:
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam
ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar);
II. Ish haqiga qo’shimchalar;
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan
manzilli ro’yxatlarga muvofiq);
IV. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, maishiy xizmatlar va boshqa
xarajatlar).
Byudjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlari uchun to’lovlar, Davlat
byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari(2007-sonli)da ko’zda tutilgan tartib asosida
amalga oshiriladi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan pul mablag’larini o’tkazish quyidagi
hollarda amalga oshiriladi:
to’lov topshiriqnomasida byudjet tasnifining tegishli kodlari, shartnoma, hisobvaraq-
faktura, avans miqdori va boshqa kerakli rekvizitlar to’g’ri ko’rsatilganda;
qurilishlarning tasdiqlangan manzilli va titul ro’yxatlari asosida va tegishli ob’ektlar
bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlaridagi mavjud ajratilgan byudjet mablag’lari summalari
doirasida bo’lganda;
agar to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan summa g’aznachilik bo’linmasida ro’yxatga
olingan shartnomaga asosan, oldin o’tkazilgan mablag’larni hisobga olgan holda, to’lanishi lozim
bo’lgan pul mablag’laridan oshmaganda;
buyurtmachining pudratchi oldidagi kreditorlik qarzining mavjudligini tasdiqlovchi
hisobvaraq-faktura va hujjatlar, yoki buyurtmachining pudratchiga avans to’lovlarini o’tkazishi
lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganda;
to’lov topshiriqnomasida ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlari shartnomada
ko’rsatilgan pudratchining nomi va rekvizitlariga muvofiq bo’lganda.
Bajarilgan ishlar uchun xarajatlar to’lovi, jumladan avans to’lovlarining
to’lanishi o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va buyurtmachilar tomonidan
g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari asosida
amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: