13
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi hisobot shakllari ilova qilinadi:
-
“Buxgalteriya balansi” (1-shakl);
-
“Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”(2-shakl);
-
“Pul oqimi to‘g‘risida hisobot”(4-shakl);
-
“Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot”(5-shakl);
-
Ilova va tushuntirishlar.
11.
Korxonaning moliyaviy holati tahlili
Raqobatdosh
iqtisodiyotni
shakllantirish
sharoitida
korxonalarning
moliyaviy holatini o‘rganish tahlilning muhim va zaruriy yo‘nalishi hisoblanadi.
Korxonaning moliyaviy holatini o‘rganishda buxgalteriya balansi asosiy ma’lumot
manbasi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu mavzu yuzasidan talaba korxonaning buxgalteriya balansi asosida
mol-mulk va manbalarni tarkibi, tuzilishi, dinamikasi bilan tanishib chiqadi, balans
moddalaridagi o‘zgarish sabablarini aniqlaydi. Korxona balansi aktividagi uzoq
muddatli
aktivlar, joriy aktivlarni tutgan ulushini, ularni yil boshiga nisbatan
o‘zgarishi, o‘sish sur’atlari aniqlanadi. Joriy aktivlari
tarkibidagi strukturaviy
o‘zgarishlar bo‘yicha xulosalar beriladi.
Mazkur mavzu yuzasidan talabalar yana quyidagilarga e’tibor qaratishi
lozim bo‘ladi: korxona mol-mulkining tashkil topish manbalarini tahlil qilish.
Korxonaning o‘ziga qarashli aylanma mablag‘larini mavjud summasini hisoblab
topish va ularni o‘zgarish sabablarini aniqlash. Korxonaning o‘z
aylanma
mablag‘larini holatini tahlil etish. Korxonaning ishlab chiqarish potensialini yil
boshiga nisbatan o‘zgarishini tahlil qilish. Buxgalteriya balansi ma’lumotlari
asosida balans likvidliligini tahlil qilish. Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil
etish. Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlarni
aniqlash va ularni yil
boshiga nisbatan o‘zgarishiga baho berish. Joriy mablag‘lar aylanishini tahlil etish.
Joriy mablag‘larning ayrim elementlari bo‘yicha aylanishini aniqlash va ularni
tezlashtirish chora-tadbirlarini belgilash. Korxona moliyaviy holatini yakuni
bo‘yicha umumiy xulosa qilish.
Ishlab chiqarish amaliyot davrida talabalar mazkur mavzu bo‘yicha
yuqoridagi savollarni o‘rganishlari
bilan bir qatorda, har bir ta’lim yo‘nalishi
talabalari o‘zlarining ixtisosligidan kelib chiqib quyidagi jihatlarga ko‘proq e’tibor
qaratishlari tavsiya etiladi.
Talabalar mazkur mavzuni o‘rganishda asosiy e’tiborni quyidagilarga
qaratishlari tavsiya etiladi:
•
Firma va kompaniyalar moliyaviy holatiga to‘liq va keng ravishda baho
berishga;
•
Firma va kompaniyalarning mavjud moliyaviy
resurslardan qanday
darajada samarali foydalanayotganligiga baho berishga;
•
Firma va kompaniyalarning ma’lum bir faoliyat yo‘nalishlarini
moliyalashtirish manbalarini o‘rganishga;
•
Moliyaviy koeffisientlarni tahlil etishga;
14
•
Korxonaning umumiy moliyaviy holatiga;
•
Korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil etishga;
•
Korxonaning kreditga layoqatliligini tahlil etishga;
•
Korxona balansi likvidliligini tahlil etishga;
•
Korxonaning joriy mablag‘larini aylanish tezligini o‘rganishga.
Do'stlaringiz bilan baham: