Toshkent moliya instituti mustaqil ish


Xalqaro moliya bozorini tartibga



Download 37,45 Kb.
bet3/4
Sana17.07.2022
Hajmi37,45 Kb.
#816129
1   2   3   4
Bog'liq
Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar

Xalqaro moliya bozorini tartibga solishning bozor mexanizmi

Xalqaro moliya bozorini tartibga solishdan ko’zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:



  • moliya bozori barcha sektorlarini moliyaviy barqaror bo’lishiga ko’maklashish (foiz stavkalarini, moliyaviy, investitsion va sug’urta faoliyatidagi risklarni tartibga solish);

  • inflyatsiyasiz iqtisodiy o’sishni ta’minlash (targetirlangan inflyatsiya, valyuta kurslari, va pul massasini tartibga solish);

  • tarmoqlararo va davlatlararo kapital harakatini (pul oqimini) ta’minlash (valyuta kurslari va to’lov balansini tartibga solish);

moliya bozori barcha sektorlarida moliyaviy xavfsizlik tizimini shakllantirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorini rivojlanishiga qarab, uning ishtirokchilari faoliyatini ikki xil tartibga solish amaliyoti taraqqiy topgan, ya’ni ular davlat va bozor munosabatlariga mos, yoki bozor orqali tartibga solish shakllari hisoblanadi. Moliya bozorini bozor orqali tartibga solish iqtisodiyotning qiymat va talab-taklif qonuniga asoslanadi. Moliya bozorida ushbu qonunlarning amal qilishi raqobat muhitida jahon iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos ravishda xalqaro moliyaviy oqimlarni ta’minlab beradi. Iqtisodiy agentlar alohida moliyaviy vositalar narxining (kursi yoki foiz stavkasi) o’zgarishi, shakllanishi orqali ularni sotib oluvchilarning talablarini va ularga bo’lgan taklifni aniqlaydilar. Bunda, xalqaro moliya bozori o’zini-o’zi tartibga soluvchi tizim sifatida namoyon bo’ladi (4-rasmga qarang).
Iqtisodiyot sektorlaridagi turli bozorlarga o’xshab, moliya bozori ham o’z-o’zini tartibga solish imkoniyatiga qaramasdan mutlaq barqaror tizim sifatida namoyon bo’lmaydi, turli sharoitlarda tizimning turli kamchiliklari oshkor bo’ladi. Moliya bozori ko’plab sub’ektiv omillar, ya’ni siyosiy, ijtimoiy, informatsion, madaniy va boshqa omillar ta’sirida har doim ham o’z-o’zini tartibga solish qobiliyatiga ega emas. Bunday holatda davlat aralashuvi talab etiladi. Jahon tajribasi ko’rsatishicha, xalqaro moliya bozori rivojlanishining zamonaviy bosqichida ham monetarizm va keynschilik tamoyillaridan birgalikda foydalanib, jarayonlarni tartibga solish maqsadga muvofiqdir.
Moliya bozorini davlat va bozor mexanizmi orqali tartibga solish usullarini quyidagi mantiqiy juftliklarga birlashtirish mumkin:
- iqtisodiy tizim xususiyatiga ko’ra: bevosita (mazkur bozorning barcha segmentlariga bir xilda ta’sir etuvchi huqumat, halqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan farmon, farmoyish va qatorlar, qonuniy-huquqiy, me’yoriy hujjatlar qo’rinishida) va bilvosita (xalqaro moliya bozorida iqtisodiy shart-sharoitlar qanchalik erkin bo’lsa, shunchalik ushbu bozorga bilvosita ta’sir etish darajasi kengayib boraveradi, ya’ni iqtisodiy agentlar manfaatiga qaratilgan tartibga solish usullari bozor qonuniyatlari orqali amalga oshiriladi. Masalan, Markaziy banklarning ochiq bozor, xorijiy valyutalar bilan bog’liq interventsiya, svop operatsiyalari, hisob (qayta moliyalash) stavkasini o’zgartirish, majburiy zaxira me’yorlarini o’zgartirish, REPO va h.k. kabi) usullar;
- bozor turi, ko’lami va uning segmentlariga ko’ra: umumiy (bozorning barcha segmentlariga birdek ta’sir etuvchi) va maxsus (bozorning alohida bir segmentiga ta’sir etish uchun qo’llaniladigan) usullar;
- amal qilish muddatiga ko’ra: tarkibiy (o’rta va uzoq muddatli, strategik maqsadlarni amalga oshirishga mo’ljallangan) va joriy (bozorga operativ (tezkor) ta’sir etishga mo’ljallangan, taktik) usullar.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, yuqoridagi barcha usullar moliya bozorida sinxron tarzda, ya’ni bir-biriga mos holda, o’zaro bir-birini to’ldirib ishlaydi.
Xalqaro moliya bozoridagi investitsiyalar oqimini tartibga solishda xalqaro moliya tashkilotlari, davlatlararo tashkilotlar hamda nodavlat institutlari muhim o’rinni egallashadi. Bunday tashkilotlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • BMTning maxsus tashkilotlari (XVF, jahon banki guruhi, YuNKTAD – BMTning savdo va taraqqiyot bo’yicha konferentsiyasi, YuNIDO – sanoat rivojlanishi bo’yicha tashkilot, xalqaro savdo palatasi, xalqaro fond birjalar federatsiyasi);

  • qimmatli qog’ozlar komissiyasi bo’yicha xalqaro tashkilot;

  • moliya bozori ustidan nazorat organlarining xalqaro tashkiloti;

  • kreditorlarning Parij va London klublari;

  • mintaqaviy moliyaviy tashkilotlar.

Xalqaro moliya bozorini tartibga soluvchi usulni joriy davr uchun eng maqbulini tanlab olish bozor segmenti va iqtisodiy tizim turiga, iqtisodiyotning beqarorlik darajasiga bog’liqdir. Bozordagi holatni aniqlash uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar kundalik moliyaviy monitoring olib borishadi. Hozirda moliya bozorini tartibga soluvchi u yoki bu usulni qo’llash elektron aloqa vositalari yordamida o’tkaziladigan monitoring natijalariga bog’liq bo’lmoqda.
Moliyaviy inqiroz davrida moliya bozoriga bo’lgan ishonchni tiklash va mustahkamligini oshirish uchun uni tartibga solish mexanizmlarining samaradorligini oshirish zarurati ortib boradi.
Xalqaro moliya bozorini tartibga solish mexanizmlari o’z taraqqiyot yo’lida uch bosqichni bosib o’tgan:
1) 1867-1944 yillar – xalqaro moliya bozori o’zini-o’zi tartibga solish rejimida faoliyat yuritgan;
2) 1944-1976 yillar – xalqaro moliya bozori qat’iy tashqi bevosita tartibga solish rejimida amal qilgan;
3) 1976 yildan hozirgi vaqtgacha – o’zini-o’zi tartibga solish va tashqi tartibga solish rejimlari uyg’unligida faoliyat yuritmoqda.
Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitali ham ikki xil ko’rinishda: o’rta, uzoq muddatli hamda qisqa muddatli xalqaro kapital qo’yilmalar shaklida namoyon bo’ladi. Xalqaro kapital harakatida ssuda kapitalini qisqa muddatli tashkillashtirish afzal hisoblanadi. Ssuda kapitalini shartlari o’zgaruvchanlikka moyilligi kamligi uchun, mamlakatda iqtisodiy muhit o’zgara boshlasa, ushbu kapitalning iqtisodiy risk darajasining oshishi, uni qisqa muddatda tashkillashtirishni afzal qilib ko’rsatadi.
Oxirgi o’n yillikda xalqaro kapital harakati tarkibida jiddiy o’zgarish yuz berdi. To’g’ridan – to’g’ri investitsiyalar miqdori o’sdi, undanda jadalroq sur’atda portfel investitsiyalar miqdori o’sdi. Kapitalni ssuda shaklida chiqarish miqdori 2004 yildan boshlab portfel investitsiyalar hajmidan ortib ketdi. 2008 yilda sodir bo’lgan inqirozning salbiy ta’siridan ko’proq xalqaro ssuda kapitallar bozori (boshqa investitsiyalar) aziyat chekdi. Jahonda to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalardan ko’ra, ssuda kapitali miqdorining ko’payishiga asosiy sabab xalqaro moliya bozorda arzon kreditlarga asoslanuvchi transmilliy jarayonlarning bo’lishidir.
Mamlakatdan chetga chiqarilgan kapitallar xalqaro moliya bozori orqali dunyoning qolgan mamlakatlariga qayta taqsimlalandi. Xalqaro moliya bozori xalqaro kapitallarga bo’lgan talab va taklif shakllanadigan, baho beriladigan, jahon iqtisodiyotning moliya sektorida xalqaro moliyaviy aktivlar oldi-sotdi qilinadigan sohadir.
Xalqaro moliya bozori xalqaro valyuta, kredit (depozit), investitsiya, qimmatli qog’ozlar, sug’urta, oltin va hosila moliyaviy vositalar kabi segmentlaridan tashkil topadi (11.2-rasmga qarang).
Xalqaro moliya bozori orqali mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish bilvosita (kredit (depozit) bozori) va bevosita (qimmatli qog’ozlar) moliyalashtirilishi mumkin.
Xalqaro moliyaviy aktivlar o’zida quyidagi xususiyatlarni jamlaydi:

  1. Mehnat natijalarini o’zida mujassamlashtirgan holda mustahkamlik, ishonchlilik xususiyati. Moliyaviy aktivlarning ishonchli bo’lishiga tovarlar iste’moli, ayirboshlash va ishlab chiqarishning barcha jarayonlari hamda vaqt omili sabab bo’lgan.

  2. Likvidlilik. Moliyaviy aktivlarning bu xususiyati ularni istalgan vaqtda, tezda boshqa tovarlarga ayirboshlash xususiyatini ko’rsatadi.

  3. Harakatchanlik. Zamonaviy iqtisodiyotda aynan moliyaviy aktivlar jahonning qaysi bir joyida samarali foydalanish imkoniyati paydo bo’lsa, shu erga tezda etib borish xususiyatiga ega.

  4. Universallik. Hozirgi davrda barcha iqtisodiy munosabatlar moliyaviy munosabatlar bilan birga bo’lmoqda.

  5. Real aktivlar taqsimlanmagan holda moliyaviy aktivlarni bo’linish xususiyati. Ularning bunday xususiyati investitsiyalarni tashkil etishda nafaqat yirik investorlarni, balki kichik investorlar mablag’larini ham jalb etish imkonini yaratadi, vaqt omilini tejaydi, investitsiyalar aylanish tezligini oshiradi, kapitalning daromadligini ko’paytiradi. Kichik investorlar uchun investitsion portfellarini diversifikatsiyalash va o’z daromadlarini ko’paytirish imkonini beradi.

  6. Qimmatli qog’ozlarning tovarga o’xshash xususiyati. Qimmatli qog’ozlarni oldi – sotdisidan keyin u iste’mol qilinmaydi, qimmatli qog’ozlar so’ndirilmaguncha muomaladan chiqmaydi. Qimmatli qog’oz egasi ixtiyoriy vaqtda ularni bozorga olib kelib sotishi mumkin.

Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o’zgarishlarni boshqa bir mamlakat moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog’liq bo’lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog’lik rivojlanganligini o’zida namoyon etadi. Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar bu xalqaro qimmatli qog’ozlar hisoblanadi.
Xalqaro qimmatli qog’ozlar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarda nominal narxi o’rnatiladigan, xalqaro fond bozori qoidalari asosida xalqaro anderrayterlar orqali ushbu bozorga joylashtiriladigan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Xalqaro qimmatli qog’ozlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud.
Agar xalqaro qimmatli qog’ozlar bir mamlakat ichidagi ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada bo’lsa, bir vaqtning o’zida ular mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin, shuningdek, xalqaro qimmatli qog’ozlarni birlamchi joylashtirish mamlakatlar o’rtasidagi kapitalni qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega bo’ladi.



Download 37,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish