O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ТОSHKENT MOLIYA INSTUTI
Asadullayev Nurjov Murodullayevich
IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
fanidan
O’zbekistonda elektron huqumat va aholiga masofada xizmat qo’rsatish samaradorligi.
MUSTAQIL ISH
Тоshkent – 2022
Bugungi kunda "elektron hukumat" tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatgadavlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes vakillari, davlatorganlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishdaaxborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.
Umuman olganda elektron hukumat Elektronhukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlatorganlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishniosonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimchaimkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorliginioshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan(tizimlardan) iborat:
G2C(Government to Citizens) - Hukumat-fuqarolarga
G2B (Government to Business) - Hukumat-biznesga
G2G(Government to Government) - Hukumat-hukumatga
"Elektron hukumat"ning yakuniy maqsadiinteraktiv xizmatlarini taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodirbo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.
"Elektron hukumat" joriy etilgach, davlatorganlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlarixizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolargataqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardanfoydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznesvakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilishimkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlatxizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklartaqdim etiladi.
O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabielektron hukumatni shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilishva rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori hamdaushbu qaror bilan tasdiqlangan "2012-2014 yillarda zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish varivojlantirish dasturi "ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarbmasalalardan biri sanaladi.
Ushbu qarorda 2012-2014 yillar mobaynida O'zbekistondaAKT sohasini, shu jumladan "elektron hukumat" nirivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan. O'zbekistonRespublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining milliyaxborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori respublikamizda elektron hukumatnijoriy etish va yanada rivojlantirish yo'lida muhim turtki bo'ldi. Mazkur qarorbilan mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini joriy etish varivojlantirish bo'yicha bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi,ularni amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari aniqlandi. shu bilan birga,
Shuningdek, yuqoridagi hujjatga asosan O'zbekistonRespublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalaridavlat qo'mitasiqoshida 2 ta yangi markaz - "Elektron hukumat"tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta'minlashkazilini et. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborotresurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirish, axborot xavfsizliginita'minlashdek muhim maqsad va vazifalarqo'yildi.
Elektron hukumat Davlat organlarida foydalaniladigan ma'lumotlarbazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirishmexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvnita'minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalarihamda xorijiy mamlakatlartajribasini tahlil va tadqiq etadi, elektron hukumat "tizimini rivojlantirishjarayonida tadbirkorlik subektlari va aholiga vaqt va mablag 'ni tejagan holdasifatli davlat xizmatlari ko'rsatish, yangi-yangi xizmatlarni elektron ravishgao'
Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining asosiy maqsadi esa "elektronhukumat" tizimi ma'lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlarikompleksining axborot xavfsizligini ta'minlash, davlat organlarining tegishli resursva tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishgako'maklashish, "elektron hukumat" tizimining axborot xavfsizliginita'minlash sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish, shuningdek, milliyinternet segmentini takomillashtirish borasida ishlarni amalga oshirishdaniborat.
2013 yilning 1 iyulida respublikamizda "elektron hukumat"tizimning eng muhim vositalaridan biri bo'lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlariportali ishga tushirildi ( www.my.gov.uz ). Yagonaportalning shiori "Xizmatlar yangiqiyofada" deb nomlanib, uning ma'nosi real vaqtrejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqalitaqdim etishni anglatadi.
Bugungi kunda Yagona portal orqali foydalanuvchilarga 220dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda.
Yagona portal O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Obod turmushyili" Davlat dasturigahamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holdaInternet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalifaoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
Yagona portalda tadbirkorlik sub'ektlari va aholi uchun yilboshidan 30 ta yangi xizmat va servislar ishga tushirildi.
Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik sub'ektlariYagona portal orqaliquyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
· tekshirishlarreja-jadvalidan elektron ko'chirma olish;
· tashqisavdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo shartnomalaribo'yicha ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish;
tadbirkorliksub'ektlari uchun ularni gaz ta'minlash tarmoqlariga ulanishlari uchun texnikshartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish
· "SMS-To'lov"to'lov tizimi orqali ba'zi turdagi xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;
· tadbirkorlisub'ektlari uchun to'lov terminallari bilan ta'minlash, mahalliy avtotransportvositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;
faoliyatningba'zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun arizalarni taqdimetish va hk
2014 yilning 1 oktyabrida Yagona portalda tadbirkorliksub'ektining kabineti ishga tushirildi. Ushbu kabinet orqali tadbirkorliksub'ektlari turli soliq, statistikava boshqa turdagi hisobotlarnishakllantirishlari va yuborishlari, turli to'lovlarni amalga oshirishlari,turli ma'lumotlarni olishlari va boshqa turdagi interaktiv davlat xizmatlaridanfoydalanishlari mkin. Respublikamizda "elektronhukumat"ni yanadarivojlantirish va takomillashtirish, interaktiv davlat xizmatlarinitakomillashtirish maqsadida vazirlik va idoralar bilan hamkorlikdatadbirkorlik sub'ektlari uchun quyidagi xizmatlarni joriy etish uchunchora-tadbirlarni ishshigan chiq:
· mutassaditashkilotlar bilan birgalikda yer uchastkalarini tanlash bo'yicha materiallarnikelishish uchun elektron arizani taqdim etish, shuningdekqurilish sohasidaruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etish;
· ishlabchiqariluvchi va olib kirilayotgan mahsulotni Milliy sertifikatsiya tizimidansertifikatsiyadan o'tkazish uchun elektron arizani taqdim etish;
tovarva mahsulotlarni vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) uchun ruxsatnoma olishuchun elektron ariza taqdim etish;
reeksportbojxona rejimida tovarlarni joylashtirish uchun ruxsatnomani olish uchunelektron ariza taqdim etish va hk
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda, bugun “Elektron hukumat” degan tushuncha kundalik turmushimizdan chuqur o‘rin egallamoqda. Garchi respublikamiz aholisining hammasi ham bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmasa-da, vaqt o‘tishi bilan ushbu tizim jamiyat hayotining butun jabhasini qamrab olishini dunyo tajribasi ko‘rsatayapti.
Ta’kidlash joizki, “Elektron hukumat” atamasini an’anaviy hukumat tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga ko‘ra, mazkur tizim mamlakat miqyosida ma’muriy tartib-taomillarni avtomatlashtiradi, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga hamda ortiqcha sarf-xarajatlarning qisqarishiga zamin yaratadi.
Imkoniyatlarni kengaytirish — asosiy maqsad
Elektron hukumat faoliyati uch yo‘nalishda belgilangan. Ya’ni “davlat — davlat”, “davlat — biznes” va “davlat — fuqaro” yo‘nalishlarini qamrab oladi. Bu tizim idoralararo darajada davlat muassasalari o‘rtasida axborot almashish samaradorligini hamda joylarda rejalashtirish va boshqaruvning sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Jamoatchilik fikrini muntazam monitoring etib borish hamda unga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Davlat va biznes munosabatlarida esa ma’muriy tartib-taomillar avtomatlashtiriladi. Natijada biznesni ro‘yxatga olish, soliq hamda statistika hisobotlarini, bojxona deklaratsiyalarini topshirishda tadbirkorlarning vaqti va mablag‘i tejaladi. Elektron hukumat xalq bilan muloqot uchun qo‘shimcha mexanizmlarni yaratish, davlat organlari faoliyatining samaradorligi, tezkorligi hamda shaffofligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ijro intizomini yanada mustahkamlaydi.
Aytish kerakki, davlat boshqaruvi tizimiga “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish ham ustuvor vazifalardan sanaladi. 2013 yili mamlakatimizda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushirildi. Joriy yilning mart oyiga kelib esa ushbu portalda 308 ta elektron xizmat joriy etildi. Bunda xizmatlar axborot (oflayn), yarimavtomat, avtomatlashtirilgan va interaktiv ko‘rinishlarda taqdim qilinayapti. Portal Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, ID.UZ identifikatsiya tizimi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki axborot tizimlari hamda resurslariga, normativ-huquqiy hujjatlar ta’sirini baholash tizimi portali (https://regulation.gov.uz)ga hamda “Tadbirkorlik” tizimiga ulangan. Hozirgi kunda “yagona darcha” axborot tizimi, yagona identifikatsiyalash axborot tizimiga integratsiyalash bo‘yicha ishlar olib borilayapti.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushgan murojaatlar to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, ular soni milliondan oshdi. Yana bir jihati, keyingi paytda portalda interaktiv davlat xizmatlari soni ortgani ham murojaatlar ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Bugungi kunda 2400 dan ziyod davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan, idoralar huzuridagi tuzilmalar ham Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron xizmat taqdim qilib kelayapti.
Xorijda bu qanday yo‘lga qo‘yilgan?
Bugungi kunda elektron hukumat tizimi Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Norvegiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya hamda Germaniya singari mamlakatlarda samaradorligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mamlakatlarda juda ko‘plab davlat xizmatlaridan uydan chiqmagan holda, onlayn rejimida foydalanish mumkin. Davlat organlariga so‘rovlarga javoblar, turli to‘lovlar, rasmiy hujjatlarning namunasini olish, ularni to‘ldirish, elektron imzo bilan yuborish, oliy o‘quv yurtlarida masofadan turib tahsil olish, ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat etish va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, Janubiy Koreyada shaxslar rasmiy sayt orqali o‘zining murojaati ko‘rib chiqilishi qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |