5-rasm. Bank faoliyatidagi tahlil turlari 10
Bunday tahlil natijalaridan umuman bank faoliyatida yuzaga keladigan resurslarni boshqarish siyosatini ishlab chiqishda qo‗llaniladi.
Tartibga solish. Bank menejmenti tizimida tartibga solishning o‗ziga xos xususiyati bank faoliyati ustidan davlat nazoratidir. Chunki bank birovning pullarini katta hajmda oborotga jalb qiluvchi muassasa sifatida faoliyat yuritadi. Bu esa eng yuqori riskli faoliyat hisoblanadi.
Riskning oldini olish maqsadida davlat litsenziyalashga, faoliyat ko‗rsatishdagi chegaralarga, kapitalning yetarliligiga, likvidliligiga, majburiy rezervlarni shakllantirishga talablar o‗rnatadi. Bank ichidagi tartibga solish tizimi davlat nazorat organlari tomonidan qo‗yilgan talablar va normativlarning bajarilishiga qaratiladi.
Nazorat. Bank faoliyatida nazorat ikkiga bo‗linadi: tashqi va ichki.
Ichki nazorat bank menejmentining bir qismi bo‗lib, uni bankning o‗zi
Xomitov K.Z., Raximov A.A. Bank marketing va menejmenti. Toshkent. ―Ilm-ziyo‖-2015 yil.
22
tashkil qiladi. Uning funksiyalarini vakolatli menejerlar va ichki audit organlari bajaradi. Ichki nazoratning asosiy maqsadi bank faoliyatiga salbiy ta‘sir qiluvchi omillarni operativ tarzda to- pish tizimini yaratish va ularni chetlashtirish hamda kamchiliklarni yo‗qotishdir.
Tashqi nazorat ichki nazorat bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib, u asosan, davlat qonunlari va normativlarining bajarilishi ustidan nazorat qiladi.
Bank sohasida marketing iqtisodiyotning boshqa sohalaridagidek funksiyalarni bajaradi va xuddi shunday tamoyillar asosida quriladi. Marketing yaxlit konsepsiya sifatida bank sohasida AQSHda o‗tgan asrning 80-yillari oxirida qaror topgan. Banklarning marketing strategiyasiga o‗tishining asosiy sababi banklar o‗rtasida ham, shuningdek, banklar va bankdan tashqari kredit tashkilotlari o‗rtasida ham raqobatning kuchayishidan iborat.
Bank marketingining o‗ziga xos xususiyati bankdagi butun boshqaruv tizimini kredit-moliya sohasida yuz berayotgan jarayonlarga qaratishdan iborat. Marketing xatti-harakatlari obyekti puldir, shuning uchun bank sohasida marketing birinchi navbatda pul aylanmasini tezlashtirishga qaratilgan.
Bank mahsulotlari bu-bank hisob raqami, depozit, veksel, chek ko‗rinishidagi hujjat; kiritma yoki kredit bo‗yicha foiz va h.k. Bank mahsulotlarining asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
-noashyoviy yoki hujjatli shakl;
-mahsulot vaqt doirasi bilan cheklangan;
-shartnoma shaklini olgan;
-boshqa kredit-moliya muassasalari tomonidan tez nusxalanadi.
Bank xizmati - pul aylanmasini tashkil qilish va mijozlarga turli bank mahsulotlarini taklif qilish bo‗yicha o‗ziga xos faoliyat. Kredit tashkilotlari xizmatlari mijozlar guruhlari va operatsiyalar turlari (aktiv va passiv) bo‗yicha tasniflanadi, bunday guruhlash- dan kelib chiqib marketing usullari va vositalari belgilanadi. Passiv operatsiyalar bo‗yicha bank pullarning «xaridori» sifatida, aktiv operatsiyalarda esa o‗z xizmatlari ishlab chiqaruvchisi va sotuvchisi sifatida ish tutadi. Marketing xususiyati shundan iboratki, har ikkala holda banklar mijozlar
23
bilan munosabatda bo‗ladilar.
Bank tadbirkorligida marketing faoliyatining konsepsiyasi - bu iste‘molchiga qaratilgan maqsad falsafasi va bank strategiyasi. U, umuman, moliya-kredit tizimiga va, xususan, bankga ta‘sir qiluvchi barcha ko‗rsatkichlarni tahlil qilishga asoslanadi. Marketing konsepsiyalari asosida bank faoliyatini optimallashtirish bo‗yicha takliflar tayyorlanadi, bankning ichki va tashqi faoliyati kompleks tarzda rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |