Nomoddiy aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora (ko‘rinib turadigan) shaklga
ega bulmagan. lekin korxonaga daromad keltiradigan vositalar kiradi. Umumiy
tarzda nomoddiy aktivlar deganda sanoat va akliy mulk obyektlarining qiymati.
mulk huquqi obyekti sifatida tan olinadigan boshqa shunga o‘xshash mulkiy
shuningdek Uzoq muddatli chiqimlar tushuniladi.
Nomoddiy aktivlar ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida
foydalanilishi va
jismoniy mohiyatga ega bo‘lmasligi (pul emasligi)ni taqozo qiladi. Aktivlarni
yuridik huquqlar, shu jumladan, mulk huquqi tarzida bo‘lgan va ulardan Uzoq
muddat davomida foydalanish mumkin bo‘lgan holda jismoniy ko‘rinishga ega
bulmagan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi.
Aktivning yuridik
huquqini belgilaydigan shartnoma ushbu huquq bilan ifodalash yuli bilan
belgilanishi mumkin emas. Bunday aktivlar muhim ekanligini belgilash uchun
xo‘jalik yurituvchi subyektga ushbu aktivdan qanday foydalar olinishini aniqlash
imkonini beradigan bir kator omillarni hisobga olish lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt xo‘jalik faoliyati jarayonida nomoddiy
aktivlarni harid qilish, rivojlantirish va ko‘paytirish bo‘yicha majburiyatlar oladi.
Korxonaning nomoddiy aktivlari tarkibida patentlar,
litsenziyalar, akdiy mulk va
savdo markalari aks ettiriladi. Tanxo huquqlar, kompyuter dasturlarini ta’minlash,
mualliflik huquqlari, mijozlarning ruyxatlari, litsenziyalar,
marketing huquqlari,
import kvotalari, tashkiliy harajatlar (yangi xo‘jalik yurituvchi subyektni barpo
etish harajatlari ya’ni boshlash harajatlari). nou-xau, bozor to‘g‘risidagi bilim,
texnik kunikmalar va boshqalar amaliyotda uchhaydigan nomoddiy aktivga oddiy
misollar bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari
quyidagilardan iborat:
Nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bulib,
ularni hisobgaolishni tashkil qilish;
Nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya
balansida tegishli
andozalarga doir me’yoriy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;
Korxonaga mavjud va kamyob tushgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha
buxgalteriya hisobi ozalariga va me’yoriy hujjatlarga asosan amortizatsiya
hisoblash;
Mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilarmonlik
bilan samarali foydalanishni tashkil qilish;
Eskirgan, xo‘jalik uchun oshikcha bo‘lgan nomoddiy aktivlarni o‘z
vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
Hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni
to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishni
soddalashtirish maqsadida ularni turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Amaliyotda nomoddiy aktivlarning quyidagi turlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: