O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“MOLIYA” MUSTAQIL ISHI
MAVZU ; Uy xo‘jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar
Bajardi: SBI-54 gurux talabasi Yusupov B.M
Qabul qildi:
TOSHKENT-2022
Reja;
Uy xo’jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar
Moliyaviy qarorlarni qabul qilish
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo’yicha mustaqil faoliyat ko’rsata oladigan, o’z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to’g’ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlari paytida talabalarga etkazish qiyin. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
1. Uy xo’jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar
Uy xo’jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan me’yorlar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi. Bunday tashqi omillarga quyi-dagilar kiradi:
ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish;
umumiy iqtisodiy vaziyat;
tarkibiy o’zgarishlar;
inflyatsion kutishlar;
investitsion muhit;
davlatning ijtimoiy siyosati;
va boshqalar.
Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institutsional chegaralarni aniqlab beradi. Bir vaqtning o’zida, iqtisodiy faoliyatning sub’yekti sifatida uy xo’jaliklari maqsad va unga erishish vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar).
Uy xo’jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog’liq:
sotsio-madaniy muhit, xususan, sotsial holati, savod-xonlik darajasi, uy xo’jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi sotsial aloqalar, dam olish shakllari va boshqa-larga;
uy xo’jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga (o’z-o’zini ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan rasmiylashtirilganligiga va boshqalarga;
axloqiy printsiplarga, shaxsiy salohiyatiga – bunga fikr yuritishning o’ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va h.k.lar kiradi.
Uy xo’jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiri-ladi:
dastlabki (boshlang’ich) manbalar;
jamg’ariladigan manbalar;
joriy manbalar.
Resurslar dastlabki (boshlang’ich) manbalarining tarkibi meros bo’yicha yoki ko’chmas mulk, naqd pullar, moliya-viy aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat. Uy xo’jaliklarining jamg’armalari va investitsion qo’yilma-lari resurslarning jamg’ariladigan manbasini tashkil etadi. Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilma-lar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, sotsial transfertlar) va bir martalik xarakterga ega bo’lgan pulli daromadlar (masalan, iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xo’jaligi-ning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag’larining barcha manbalari uy xo’jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Funktsional mo’ljallanganligiga ko’ra uy xo’jalik-larining moliyaviy resurslari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bo’lishi mumkin:
joriy xarajatlar uchun mo’ljallangan pul mablag’lari – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xara-jatlari, davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmat-larning haqi va h.k.;
kapital xarajatlar uchun mo’ljallangan pul mablag’lari – uzoq davr foydalanishga mo’ljallangan tovarlar (mebel, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xo’jaligi a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat ko’rsatish, sayyohlik yo’llanmalari) haqini to’lash;
pul jamg’armalari.
Uy xo’jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorla-rining majmui ularning moliyaviy xatti-harakatini bel-gilab (aniqlab) beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda sub’yektiv motivlar, ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bo’lganligi uchun bunday xatti- harakat juda xilma-xildir. Buning ustiga, uy xo’jaliklarining moliyaviy xatti-harakati dinamikali, tez o’zgaruvchan jarayon hisoblanadi. Shu munosabat bilan uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriy va sifat pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot, sotsiologiya va sotsial psixologiya nuqtai-nazarlaridan tadqiq etiladi. Bu narsa uy xo’jaligining jamg’arma va investitsion salohiyatini o’rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti-harakatini tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda sodir bo’layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda olib boriladi.
Uy xo’jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bo’lishidan qat’iy- nazar, baribir ularning pul fondlarini shakl-lantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq. Shu nuqtai-nazardan, uy xo’jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog’langan quyidagi bloklarni qamrab oladi:
uy xo’jaligining daromadlarini shakllantirish;
iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzil-masi(uy xo’jaligining iste’mol fondi);
jamg’ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |